Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
32 – Ana, to‘q qoringa ashulani vajanglatib ketishyapti. – Otlarni egarlanglar! – deb sheriklariga qichqirdi barvasta zodagon. – Bu tagi pastlar poshsholikning ayg‘irini minvolib, hovliqib ketganga o‘xshaydi. Yeganini burnidan buloq qilamiz. Ketdik! Ular shosha-pisha kiyinib, qurollarini taqishdi, otlarni pala-partish egarlab, qora papoqli suvorilarning ketidan poyga qo‘yishdi. – Hamma ovqatlar xurjunlarga tiqilsin! – deya Meshpolvon ham o‘zinikilarga buyruq berdi. – Bu yerdan vaqtida jilmagan – nomard. Xurjundagi oziqlarni iloji boricha tejashib, oshqozonlarini shohona taomlarda «bezashib», qorinlari chirmanda, o‘zlari darmonda bo‘lib, yana to‘rt-besh kun yo‘l yurishdi, oxirgi uchta non tuyqus yo‘qolganini Meshpolvondan ko‘rishdi. * * * To‘rt o‘chkorning dilidagi maqsad bir-biriga yaqindan-yaqin, ularni maqsadga eltuvchi yo‘llar esa uzundan-uzoq edi. Tug‘ilganidan buyon bir joyda muqim yashagan kishi o‘z maskanini yer yuzining eng ko‘rimli, eng tortimli, eng qiyossiz, hatto eng katta bo‘lagi deb tasavvur qilaveradi. Yaydoq adir etagiga makon qurgan cho‘ponlarning xayolida ko‘rk-u qudratda tengsiz Jazoir mamlakati ham yaylovning bir chetiga bemalol sig‘adigan mo‘jaz shaharcha shaklida namoyon bo‘ladi, yunonlar elatini esa faqat sayr-u tomosha, savdo-sotiq qilib qaytishgagina yaraydigan yirik bozor deb bilishadi. Bularning hammasi xomxayolligini, o‘zi kun kechirib kelgan qurama, viloyat yoki yurt poyonsiz dengizning bittagina o‘zanchasi, nari borsa, biron-bir ko‘rfazidek gap ekanligini kishi safarga chiqqanda anglay boshlar ekan. Ular necha-necha qishlog‘-u shaharlardan o‘tishdi, qanchadan-qancha ovul-u qal’alarga duch kelishdi, turli urf-odatdagi kishilar bilan muloqotda bo‘lishdi, lekin hech qaysi joyda sabab-zaruratsiz u yoki bu tarafga borib yashashni, o‘sha yoqdagi qabristonga ko‘milishni orzu qilgan insonni ko‘rishmadi. Har kim o‘z o‘zanini, o‘z ko‘rfazini eng muhim, eng muqaddas deb tushunarkan. Balki butun boshli dengizning barhayot-u barqarorligi ham shundadir. Jahd-u jadallik bilan kuyib-yonib yo‘l bosishgani sayin Meshpolvon bir narsaga qayta-qayta shukrona aytardi: yaxshiyamki xachirda miya yo‘q, agar miyasi ishlab yo‘lkiraga haq so‘rab qolsa, surunkasiga besh-olti yil mardikorchilik qilib, qarz uzishi lozim bo‘larmidi? Axir qishloqda birovning daladagi bug‘doyini shunchaki uyiga tashib bersang ham, har qopidan bir g‘alvir xachirhaqi olasan. Meshpolvon esa kam deganda to‘rt qop bug‘doychalik tosh bosadi. Shuncha yuk! Shuncha yo‘l! Uning bo‘yniga tushishi mumkin bo‘lgan qarzni endi o‘zingiz hisoblab chiqaravering. Xayriyatki, xachir zotida aql-farosat yo‘q. Bunga ming marta shukur qilish kerak. Ular shu tariqa qo‘nim-tinimni bilmay borishayotib, bir kuni yo‘lda qora matoga burkangan, iyagi burniga surkangan, beti kalishdek burishgan, peshanasi tirishgan, og‘zining ikki chetida to‘ng‘iztish, sopolnusxa ko‘zida allaqanday tashvish, o‘ng qo‘lida qiyshiq hassa ushlagan, chapida belini mushtlagan kampirni uchratishdi. To‘rttalasi tengdan salom bergan edi, u: «He, o‘sha salomlaring qursin, hammangni ajina ursin. Bekor sang‘ib yurguncha, zolim Sepkilshoh bilan olishsanglar bo‘lmaydimi», deb qarg‘ana ketdi. – O‘sha poshsho mengayam yoqmaydi, xolaginam, – dedi Meshpolvon qo‘rsayib. – Mana, askarlarimni olib, uni tinchitgani ketyapman. Bu gapdan keyin kampirning birdan chehrasi ochildi. Endi tirjayganicha ularni alqashga tushdi: – Voy, bo‘yingga qoqindiqlar! Voy, senlardan o‘rgilib ketay! Sepkilshohni qo‘lga tushirsanglar, dorga osilgan o‘g‘illarimniyam o‘chini olinglar. Bo‘lmasa, ikkala qo‘lim tepada ketadi. – Hay, mayli, shunaqa qilamiz, – deb o‘zicha va’da berib yubordi Chumakvoy. – Shu yo‘l to‘g‘ri |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling