Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
34 Xom go‘shtdan qon yaladim, To‘yda qozon yaladim, Zangli ketmon yaladim, Odam yegan emasman. Kavshab ko‘rdim munchoqni, Qizlardagi qurchoqni, Chirik piyozpo‘choqni, Odam yegan emasman. Ushlab yedim goh ari, Yulib urdim qush parin, Lekin na yosh, na qari – Odam yegan emasman. – Qo‘rqma, sendan ko‘rayotganimiz yo‘q, – deb Meshpolvonga taskin berdi Oshiqbola. – Kampirni yeganingda, hech bo‘lmasa hakarkovushi qolgan bo‘lardi. – Menimcha, mundoq, – deya taxmin qilishga tutindi Chumakvoy. – Kampir tahorat qilaman, deb azonda chetroqqa chiqqan, ana unda bo‘rilarning qo‘liga tushgan. Meshpolvon unga qarab, aftini burishtirdi: – Lo‘liliging qo‘zib, fol ochvording-ku. Rayhon qiziq havoni diqqat bilan hidlab, «Tutunning isini sezyapsizlarmi?» – deb so‘radi. – Xullas, aldoqchi pistak kampirning qo‘liga tushganga o‘xshaymiz, – deya chimrilib boqdi so‘ng. – Qani, orqaga qaytaylik-chi, agar ko‘prik joyida turgan bo‘lsa, ajalimiz yetmagani. Ko‘prik buzilgan bo‘lsa, unda jarning narigi chekkasidayam, boshqa joyidayam chiqishga yo‘l yo‘q deyavering. Ular yuraklari potir-putur bo‘lib ortga qaytishdi. Kelib qarashsaki, qoya ustidagi ko‘prikning yog‘ochlari jar tubida kuyib yotibdi. – Qopqonga tushibmiz, ukavoylar, – deb asta buloq bo‘yiga cho‘kkaladi Rayhon qiziq. – Endi osmonga termilib yotaveramiz, chuchvara yog‘ishini poylaymiz. Shu mahal qaerdandir jarangdor qah-qaha yangradi, ular cho‘chib tepaga qarashdi. Jar qirg‘og‘ida qora papoqli askarlar terilib turar, kechagi kampir so‘yloq tishlarini yiltiratganicha balanddan chaqchayib boqar, qo‘llarini biqiniga tirab olgan Nahang o‘lponchi esa hanuz qah-qah otib kulardi. – Xo‘sh, qalaysanlar, qaroqchilar? – deb mamnun baqirdi Nahang o‘lponchi. – Endi qaysi biring zo‘r bo‘lsang, nimjonrog‘ingni tutib yeyaverasan. Vox-xox-xo! Vox-xox-xo! Rayhon qiziq bo‘ynidagi cho‘zmani olib, charsillatib otgan edi, yuqoridan «po‘k» etgan ovoz eshitildi. Nahang o‘lponchining kulgisi bo‘linib, burnini changallaganicha enkayib qoldi. Panjalari orasidan qon sizib chiqa boshlagani pastdagilarga ham yaqqol ko‘rinib turardi. Notanish merganning beyuzligi qora papoqlilarga alam qilib, kamonlardan o‘q yog‘dira ketishdi. Jardagilar tezda qoyaning panasiga o‘tib, biqinib olishdi. * * * Birozdan keyin o‘q-yoylarning «viz-viz»i tinib, ko‘p o‘tmasdan qora papoqlilarning o‘zlari ham g‘oyib bo‘lishdi. Jarlikka qamalib qolgan bandilarning o‘limini poylab o‘tirishni ortiqcha dahmaza deb o‘ylashgan bo‘lsa kerak. Qopqondagi to‘rt o‘chkor ikki kunga zo‘rg‘a chidashdi. Uchinchi kuni Meshpolvon: «Odamlardek tirikchilikka kirishmasak bo‘lmaydi, bu ishni tuyani yeyishdan boshlaylik», degan taklifni o‘rtaga surdi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling