Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
30 Ular jang bo‘layotgan tomonga qarab-qarab, kabob bazmiga ahillik bilan hozirlik ko‘rishaverdi. Qiziqishda bir quchoqdan six tayyorlab tashlashdi hamki, na u, na bu to‘ng‘iz hadeganda o‘lavermadi. Olishuv juda cho‘zilib ketdi. Yaxshiyamki, nasya o‘ljaga ishonib birovni mehmonga aytishmagan, yo‘qsa, rosa o‘sal bo‘lishardi. Hayvonlarning tepalashuvi peshingacha davom etdi. Oxiri ikkalasiyam holdan toyib, gandiraklay boshlashdi. Buni ko‘rib, Meshpolvon sheriklariga xursand ko‘z qisdi, quruq sixni og‘ziga sirg‘antirib, endi kabob yeymiz degan ishorani qildi. Kutilmaganda, qo‘chqor qattiq ma’rab yubordi. Terisidan oppoq bug‘ ko‘tarilayotgan to‘ng‘izlar hansiraganicha bir daqiqa harakatsiz turib qolishdi, atrofga diqqat bilan quloq solishdi, begona sharpani sezganlaridan keyin oyoqlariga mador kirib, ikki tarafga tiraqaylab ketishdi. Meshpolvon alamdan yig‘lab yuborishiga oz qoldi. Betamiz qo‘chqorni miriqib savalash niyatida o‘qlovni qo‘lga olgan ediki, buni payqagan Rayhon qiziq ustamonlik bilan uni shashtidan tushirdi – qo‘chqorni yengil tarsakilab, do‘q urdi: – He, betasir! Duch kelgan hayvonga achinaverasanmi? Ming yordam qilgin, to‘ng‘iz zoti baribir senga el bo‘lmaydi... – Boplang, otaginam! – deb dalda berdi Meshpolvon. – Bu betigayam tarsillating! – He, kallang qursin! – deya tergashni kuchaytirdi Rayhon qiziq. – Ko‘rpangga qarab oyoq uzat, deb nechchi marta aytganman, g‘irt garang ekansan-ku. Meshpolvondek odam turganda, sen bilan menga gapirishni kim qo‘yibdi? Qachon esing kiradi, vey? Hozir mana shu cho‘zma bilan burningga qaratib... – Otmang cho‘zmani! – qichqirdi Meshpolvon. – Bo‘pti, bu nodonni kechirdim. U uzangiga tirmashayotib qo‘chqorga bir-ikki bor ola qarab qo‘ydi. Egarga paxsakashdek o‘rnashib olgach, cho‘loq xachirini likonglatib, sheriklarini yo‘lga boshladi. Hivich urib tuyasini o‘rnidan qo‘zg‘atayotgan Chumakvoy, jahllanib po‘ng‘illadi: – Battar bo‘l, haromi to‘ng‘iz. Bizdek pahlavonlar yemoqchi bo‘ldik, sen ahmoq noz qilding. – Hali uyga borib rosa attang deydi, – deb jilmaydi Oshiqbola. Ochlik hamma narsaga, jumladan, kayfiyatga ham zavol ekan. Ular turnaqator tizilib olib talay manzilni bosib o‘tishdi, ammo na o‘zaro chaqchaqlashishdi, na Meshpolvonning «bog‘bon buva» qo‘shig‘ini tinglash sharafiga muyassar bo‘lishdi. Xuddi «dim-dim» o‘ynagandek goh xayol surib, goh tevarakka befarq ko‘z tashlab ketishaverdi. Quyosh og‘ayotgan pallada oldinda kattakon ko‘l ko‘rindi. Yaqinroq borib qarashsa, sohilda keng dasturxonning peshi ochilib, bir dunyo noz-ne’mat sochilib yotibdi. Popukdor dasturxonning yonida to‘p-to‘p zodagoncha kiyim, kiyimlar ustida xanjaru qilichlar uyum-uyum, o‘n chog‘lik yigit ko‘l o‘rtasida cho‘milib, baqato‘nga ko‘milib yuribdi. Egasi yo‘q tulporlar esa jilovsizlikdan erkalab, bir- birovini yelkalab, chetda maysa chaynashyapti. Shu payt boshqa tarafda otliqlar galasi ko‘zga chalindi. Sepkilshohning qora papoqli suvorilari o‘z hoqoni sha’niga xushomadnamo qo‘shiq aytganicha shu tomonga yaqinlab kelishayotgan edi. To‘rttalasi darhol panaga o‘tib, sharbat o‘rniga tuprik yutib turaverdi. Meshpolvon ko‘rsaki, ko‘ldagilar chalqancha ag‘anavolib, asta-sekin qirg‘oqqa qarab suzishyapti. «Shuncha ovqatdan birortasiniyam totmay ketadigan ahmoq menmas», deb o‘yladi u va sheriklarining «hay-hay»iga qaramay, halpillaganicha borib, dasturxon yoniga cho‘kkaladi, qo‘liga ilingan masallig‘ning nomini surishtirmay, lunjiga tiqaverdi. Qora papoqli suvorilar zodagoncha kiyimlarni tepalab, sara ovqatlarni to‘porilarcha yamlayotgan Meshpolvonga hayrat bilan birin-sirin boqib qo‘yishib, ashulani to‘xtatmasdan yo‘lda davom etishdi: Bordir paxmoq soqoli– Bir bog‘ sholi poxoli. Poshsho bobo sog‘ bo‘lsin, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling