Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
Arzimas-u arzirni ham
Karnaychi-yu nozirni ham, 
Nosfurush-u vazirni ham 
Sichqon bilib emaklatdim. 
Tekin xo‘rda bo‘ldi qopqon, 
Keldi ko‘plar taqib unvon
Keldi to‘ra, keldi sulton, 
Ermak qilib emaklatdim. 
– Shu vaqtgacha Sepkilshohning doriga osilmaganingizga shukur qiling, – xachiriga minib, egar 
qoshidagi qozonqopqog‘-u o‘qlovni qo‘lga olarkan, cholga salmoqlanib gapirdi Meshpolvon. – Endi 
qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi, yaqin orada biz uni mijig‘lab qo‘yamiz. 
Mitti chol ularning niyatini payqab: «Sepkilshohning amaldorlari ozgina yerimniyam tortvolishib, 
meni darbadar qilishdi. Endi sizlar bilan borib, undan qasos olayin», deb arzi hol aytdi. Chumakvoy
«qo‘lingizdan biror ish kelsamikan o‘zi», deb so‘ragan edi, chol bo‘ynidagi cho‘zmaga ishora qilib, 
«chumchuqni burnidan uraman», dedi. 
– Bizga zap ajoyib askarlar uchrayapti-da, – deb jilmaydi Oshiqbola. – Biri ko‘zni mo‘ljallasa, 
boshqasi burunga yopishadi. 
Meshpolvon esa yana aqlini namoyish qilgisi kelib, qochiriq gap tashladi: 
– Chumchuqda burun nima qiladi, otaginam? Chumchuqda tumshuq bo‘ladi. 
– Biz shunaqa o‘ylaymiz, – deb peshanasini tirishtirdi chol. – Chumchuqlar bo‘lsa, o‘zlarini 
burunli, odamlarni tumshuqli deyishadi. 
U birpas tortishib, bolakaylarni sherikchilikka ko‘ndirgach, qirchinzor tarafga «me-e, me-e-e», 
deya ovoz qilgan edi, shoxdor bir qo‘chqor takir-tukur yugurib chiqib, egasining yonida to‘xtadi. Chol 
«qani, ketdik bo‘lmasa», deb qo‘chqorga mindi, ikkala shoxidan mahkam ushlab, uni oldinga niqtadi. 
«Xayriyat-ey, mendan pastroqda yuradiganlar ham topilib qoldi», deya o‘zicha sevinib qo‘ydi 
Meshpolvon. 
Picha yo‘l yurishgandan so‘ng, mitti chol yo‘ldoshlariga qo‘chqordan bo‘ylanib boqib: «Durustroq 
so‘rashib olaylik. Meni otim Rayhon qiziq», dedi. Keyin boshqalarning ismi-sharifi, tag-zotini 
surishtirdi. Hammasi bilan tanishib chiqqach: 
– Ie, hali Oltiariqdanmisan? – deya Meshpolvonga iljayib yuzlandi. – U tomonlik odamlarni juda 
shinavanda deyishadi. Bolaligimizdagi bir aytishuv hozirgacha esimda turibdi. 
O‘sha aytishuv mana bunaqa ekan: 
– Oltiariq – zo‘r ariq! 
– Bu ariqda nima bor? 
– Yelkani ko‘k kema bor. 
– Kemasida nima bor? 
– Jo‘ra minan Juma bor. 
Jo‘ravoyni uni bor, 
Jumavoyni juni bor. 
– Qayga borar Jo‘ravoy? 
– Istambulga yetvolsa, 
Unni junga almashar. 
– Qayga borar Jumavoy? 
– Istambulga yetvolsa, 
Junni unga almashar... 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling