Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
21 * * * Sepkilshohning soliqchilari boplab jazolanib, karvondagi boyliklar mingpodalik kambag‘allarga tarqatib chiqilgach, Meshpolvon bilan Oshiqbola tuya va otlarni mazanglarga berib, xurjunlarini yeb- ichgulik narsalarga to‘ldirib, yo‘lga shaylanishdi. Oshiqbola Meshpolvonga: «O‘lja tushgan otlardan bittasini minib olsang-chi», degan edi, Meshpolvon: «Xachirni qo‘shnimga sog‘-omon qaytarmasam, omonatga xiyonat bo‘ladi», deb ko‘nmadi. O‘yinchi mazang kampir bu orada Chumakvoyni qo‘shxurjunli tuyaga o‘tqazganicha yetaklab kelib, yana «pahlavonlar ustozi»ga ro‘para qildi. – Shuni manga layzon 11 qilib ber, pahlavon Mesh, – dedi u. – O‘lsa, yo‘lning bo‘yiga ko‘mib, go‘riga tuppagini os. Ajabmas, uni topib, ziyorat qilsam. Meshpolvon odatdagidek maqtanib yuborganini o‘zi bilmay qoldi: – Tashvishlanmang, lo‘li xola, biron yil yonimda yursa, suvda baliqni quvib ushlaydigan qip qo‘yaman. Ana, Go‘ro‘g‘li boboning chevarasi menga qo‘shilib, kam bo‘ptimi? Uchalasi mazanglar bilan quyuq xayrlashib, yo‘lga chiqishdi. So‘qmog‘i o‘nqir-cho‘nqir, o‘pqoni sayoz-chuqur, maysasi qovjiroq, shamoli buqadek hirqiroq dashtda past-baland bo‘lib borishaverdi. Meshpolvon tuyasini lo‘killatib ketayotgan Chumakvoyga zimdan tikilib: «Xayriyat-ey, kalondimog‘ Oshiqboladan balandroqda yuradiganlar ham bor ekan-ku», deb ich-ichidan quvonib qo‘ydi. – Tuyaga nega ikkita xurjun o‘ngarding?– deb so‘radi so‘ng Chumakvoydan. – Shular hammasi ovqatmi? Chumakvoy: «Yo‘q, jo‘ro, bittasiga tuyilgan qalampir bosdim. O‘qsiz tuppak bilan qaysi ahmoq urushga boribdi?» – deya qo‘lidagi qurolini ta’riflashga tutindi: Topsa agar bir masov, Nay bo‘lardi bu g‘arov, Endi mendan ham asov Qo‘lda turgan tuppagim. O‘zi go‘yo qalamdir, Yoqtirgani – qalampir, Boshqa ovqatni bir-bir Chetga surgan tuppagim. Birga-birga el kezib, Dardlarimni tez sezib, Yuragimni goh ezib, Suhbat qurgan tuppagim. Birovga dil yashnatar, Birovga o‘q sachratar, Do‘st-dushmanni ajratar Ko‘pni ko‘rgan tuppagim. Chiqdi juda nozikta’b, Suygan yog‘i – doim chap, Kimki menga otsa gap, 11 Лайзон ёки лайзонгул– остига қўрғошин қуйилгани боис ирғитиб юборсангиз ҳам тик туриб қолаверадиган қўғирчоқ. Уни «диккивой», «мирза диккак» ҳам дейишади. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling