Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
Meshpolvon larzanglab borib, jallodning qo‘lini changalladi. Uni qattiq qismoqchidek «Hayt!» deb 
qichqirgan paytda ilon begona kaftni chimillatib chaqib oldi. Barzangi bir dodladi-yu, shilq etib 
tushganicha nafasi to‘xtadi. 
Meshpolvon g‘olibona qiyofada atrofga alangladi. Nahang o‘lponchi so‘rrayib, sarbozlar angrayib, 
mazanglar dong qotib turganini ko‘rdi. Birgina Oshiqbola odatdagidek xotirjam edi. 
– Shunday mutaxassisni nima qip qo‘yding? – deya achinib baqirdi Nahang o‘lponchi. – Bunaqa 
vahshiy endi yo topiladi, yo topilmaydi. 
Ikkinchi jallodning barmoqlari kaftda bo‘g‘izlanib, tumshug‘i to‘ng‘izlanib, vahimalar tog‘ini 
Meshpolvonning ustiga ag‘dargudek bo‘ldi: 
– Kunim bitdi deyaver, bola. Qo‘lingni uzib, itlarga beraman. Oyog‘ing hakkalarga hakaltayoq 
bo‘ladi. Kindigingni sug‘urib, buzoqqa chilvir qilaman. Qulog‘ingdan parrak, burningdan hushtak 
yasayman. 
– Ko‘p kerilma!– dedi Meshpolvon. –Peshanangga bitta chertsam, pitillab qolasan. 
– Men pitillaymanmi?– deb na’ra tortdi ikkinchi jallod. – Mana, chertvol! Armonda ketma! 
U g‘ijinganicha peshanasini tutgan chog‘da Meshpolvon chap qo‘ynidagi ilonni turtib: «Ko‘zingni 
och, Puka!» – deb shivirladi. Puka asta o‘rmalab, yengining uchiga kelganini sezganidan so‘ng, 
dabdaba bilan raqibiga yaqinlashdi. 
– Mayli, odamgarchilik qilib chap qo‘limda chertaqolay,– dedi u. – O‘ngida chertsam, kallang 
uchib ketmasin. 
Shunday deya «Hayt!» deb jallodning peshanasiga chertdi. Yeng ichidan boshini chiqarib turgan 
ilon zaharli tishini kallaga botirdi. Jallod aravadan tashlangan to‘ngakdek oyog‘i osmondan bo‘lib 
yerga ag‘anadi. Mazanglar ham, sarbozlar ham baravar: «Vo-o-h!» deb yuborishdi. 
Shundan keyin Meshpolvon sarbozlarga mayda hasharotlarga qaragandek qarab, gapni 
gupirtirishga tushdi: 
– Hov, hani-hunilar! Meni tanimayapsanlar shekilli? Yuz tomonga dong‘i ketgan dahshatli 
Meshpolvon – menman. Senlarga o‘xshagan chittak-pittaklar minan pachakilashishga vaqtim yo‘q. 
Kuch sinashmoqchi bo‘lsanglar, ana, shogirdim Oshiqbola turibdi, Go‘ro‘g‘libekning chevarasi 
bo‘ladi, shu bola minan urishaveringlar. 
Ilonlarning zahari tugab, Meshpolvon noiloj qolganini sezgan Oshiqbola bir sakrab G‘irotga mindi. 
Qilichini sug‘urib, sarbozlarning ustiga hayqirganicha ot soldi: 
Kelavergin taraf bo‘lsang, 
Mendan gina qilma o‘lsang, 
Go‘ro‘g‘libek bobom, bilsang, 
Qilichida mundoq chopgan. 
Senlarga sal beray saboq, 
Boshlar bilan uchsin papoq, 
Qarindoshim Avaz baboq
9
Qilichida mundoq chopgan. 
Opoq otam Hasan polvon 
Urushganda bo‘lib qoplon, 
Qonxo‘rlarni qo‘ymay omon, 
Qilichida mundoq chopgan. 
9
Бабоқ хўроз демоқчи. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling