Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
Meshpolvon Rayhon qiziqqa tumtayib boqdi: 
– Nima bo‘lgandayam, yurtingizga mehmonmiz. eski-tuski she’rlarni aytgandan ko‘ra, kichik bir 
ziyofat tashkil qilsangiz-chi. 
– O‘zim ham yurtimga musofirman, – deb javob qildi chol. So‘ng oldi ochiq nimchasi ostidan 
bog‘langan qo‘shbelbog‘ning birini yechdi. – Mana, belbog‘imda beshta qatirma bor, shuni tinchitib 
qo‘yaqolamiz. 
U yo‘l-yo‘lakay qatirmalarni taqsimlashga tushdi. 
Menga ikkita bering, otaginam, – dedi Meshpolvon. – Qo‘ynig‘imda egizak ilonlar yotibdi. 
Qornini yaxshilab to‘ydirmasak, hammamizni chaqib o‘ldirishadi. 
– Be, gap buyoqda ekan-da, – deb lab burdi Chumakvoy. – Men ahmoqni ko‘rginki, jallodni 
chertib o‘ldirganingga ishonibman. 
Meshpolvonning qo‘qqis avzoyi buzilib, o‘shqirib berdi: 
– Og‘zingni yum, lo‘li! Qo‘yinga ilon solib yurishgayam yurak kerak! 
– Kimda qancha yurak bor – endi buni bilmadim... 
– Lo‘lilar ot o‘g‘irlashdan boshqa nimaniyam bilardi!
Meshpolvonning jahli qo‘zishi ishtahasiga zarracha putur yetkazolmadi, yarimta qatirmani Chika 
bilan Pukaga bo‘lib berib, biryarimtasini o‘zi yedi. 
* * * 
Ular ulovlarini niqtab, yarim tunda gandiraklab to‘xtab, maysato‘shakda uxlashib, tushida 
qovurmani yo‘qlashib, azonda yana egarni minib, ochlikdan ko‘zlari tinib yo‘lda davom etishaverdi. 
Kunlardan bir kuni uzoqda kattakon chorbog‘ ko‘rindi: Meshpolvonning ko‘ziga quymoq, 
Oshiqbolanikiga qaymoq, Chumakvoynikiga saryog‘ ko‘rindi. Rayhon qiziq esa ularning hafsalasini 
sovitib dedi: 
– Uchalang namuncha tamshanib qolding? Xomtama bo‘lmanglar, bu chorbog‘ning egasini Mutal-
maynavoz deydilar. Tillosi ming ko‘za, uyida har kuni ro‘za, umrida tovuqqa to‘rt dona don, kuchukka 
bir tishlam non bermagan. Onasi tirilib kelib «ochman» desa, oldiga yovg‘on sho‘rva qo‘yadi. 
Rayhon qiziqning gapiga ko‘ra, Mingpoda bilan Qahratoniya chegarasida yashovchi bu boy 
Sepkilshohga birinchi bo‘lib sotilgan ekan. U avvaliga shu o‘ramdagi odamlarni «o‘zimizga o‘zimiz 
ko‘proq xo‘jayin bo‘lamiz, kamroq soliq to‘laymiz», deb aldab, Sepkilshohga yaxshilikcha 
bo‘ysundiribdi. Keyin qabiladoshlarining birini fitnachi, birini isyonchiga chiqarib, hammasining 
yerini tortib olibdi, o‘zlarini qulga aylantiribdi, hatto yaqin qarindoshlarini, jigarbandlarini ham 
ayamabdi. Endi biron kishi uning izmisiz bu joydagi toshni u joyga jildirib qo‘yishgayam botinolmas 
ekan. 
Hozir vaqtimiz ziq, Mutal-maynavozingiz bilan keyin hisob-kitob qilamiz,– dedi Oshiqbola.– 
Lekin, bizga qo‘rslanib ko‘rsin-chi! 
To‘rtovlon chorbog‘ga yetib borib, darvozani taqillatishdi. Darvozabonlarni po‘pisalab, bu yerning 
xo‘jayinini surishtirishayotgan chog‘da: «E, kelinglar, kelinglar. Xo‘jayin, mana, bizmiz», deb 
iljayganicha Mutal-maynavozning o‘zi paydo bo‘ldi. To‘rt xil ulov minib, to‘rt turda qurollangan 
mehmonlarning ko‘ziga sinchkovlik bilan bir-bir boqib chiqdi. 
– Qani, qani, buyoqqa marhamat qilinglar, – deya ta’zimini poyondozga aylantirdi u. 
Yo‘lovchilar ichkariga kirib, ulovlarini bog‘lab bo‘lishgach: «Xo‘sh, xizmat, akang aylangurlar», 
deb so‘radi. 
Tashqining bir tarafi qator-qator uy-hujra, ikkinchi tomoni mevalar g‘arq pishib yotgan mo‘l-ko‘l 
bog‘ edi. Bog‘dan ko‘z uzolmay, kekirdagi lik-liklab qolgan mehmonlar bir-biriga gap bermasdan
ko‘nglidagini bayon qila ketishdi. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling