Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
29 boshladi. Mutal-maynavoz sipo cho‘kkalab olib, lag‘mon ketidan o‘rama, o‘rama ketidan dimlama, dimlama ketidan dumba-jigar, dumba-jigar ketidan lo‘lakabob buyurib turaverdi, cho‘rilar xonaga quruq kirib, quruq chiqaverdi. Nihoyat, nomi bor-u o‘zi yo‘q osh tortilib, apil-tapil «eb bo‘lingach», mehmonlar bu xo‘rlikdan tezroq qutulish uchun uy egasidan fotiha so‘rashdi. Tashqarida chala-chulpa xayrlashib, shoshilinch yo‘lga chiqishdi. Alami ichiga to‘lib turgan Meshpolvon darvozadan o‘tiboq, Mutal-maynavozni bo‘ralashga tushdi: – Hozir urushga ketmayotgan bo‘lsam, bu battolni qiymalab tashlardim. Obro‘yimni ikki pul qildi- ya. – Shapaloq solay desang, qo‘ling bormaydi, – yoniqib boqdi Chumakvoy. – Bir ta’zim qiladi, bir iljayadi. – Sizlarga aytuvdim-ku, juda pixini yorgan deb, – deya kulimsiradi Rayhon qiziq. – Nafsning nog‘orasiga o‘ynab, meniyam hijolatga qo‘ydinglar, ukavoylar. Oshiqbola ularning g‘alvasiga barham berishga tirishib dedi: – Bo‘ldi-da endi, hozir bunaqalar bilan o‘chakishib yurmaylik. Oldimizda tog‘dek dushman turibdi. * * * Ertasi kuni ular Qahratoniya yurtining chegarasidan o‘tishdi. Otning tuyog‘ini yutadigan sho‘rxok tuproqda imillab, har shamol uvlaganda quloqlari qimirlab, chang qoplagan kiprik tagidan yo‘lga mo‘ralashib, siyrak o‘sgan chakalakzorni oralashib olg‘a yurishaverdi. Shamol tinib, endigina yengil nafas olishayotganda boshqa ofatga duch kelishdi: avvaliga onda- sonda g‘ashga tegayotgan chivinlar daqiqa sayin ko‘payib bordi, oxiri ularni chimmatdek o‘rab, shafqatsiz talay ketdi. Bu bedavo hasharotlar xonadonlardagi ming‘irloq iskabtoparlardan biroz kichikligi, o‘limdan qaytmasligi bilan ajralib turardi. Eng yomoni – kishi nafas olganda to‘rt-beshtasi shuvillab og‘izga kirib tanglayga yopishar, Oshiqbola va Chumakvoyning bundan ko‘ngli behuzur bo‘lib tinimsiz tupurishar, Rayhon qiziq tupurishdan tashqari har safar tesha tegmagan so‘kishlarni ishlatardi. Birgina Meshpolvonning parvoyi falak edi. U kekkayganicha og‘zini odatdagidan kattaroq ochib borar, chuqur-chuqur nafas olar, o‘zini ajalga urayotgan «oqqanot»larni imkon qadar ko‘proq yutishga harakat qilardi. Ammo, chivinlar bitmas-tuganmas bo‘lsa-da, haddan ziyod chinqarchaligi uchun qorniga urpoqchalik yuqmasdi. Xudoyim, hech bo‘lmaganda, chuvalchangni uchadigan qilmabdi-da, deb ichida afsuslanayotganida, uzoqdan xirilloq o‘kiriklar eshitildi. Ular ovoz kelgan tomonga yurishib, kichkina yalanglikda qonga belanib urushayotgan ikkita to‘ng‘izning jangi ustidan chiqib qolishdi. Olishuvni changallar ortidan birpas tomosha qilishgach, Meshpolvon: «Qani bo‘linglar, bekor turguncha six tayyorlaylik», deb buyruq berdi. Rayhon qiziq taajjublanib yelka qisdi: – Sixni nima qilamiz? Achamizga to‘y bo‘lyaptimi? – To‘ng‘izkabob yeymiz, – dedi Meshpolvon. Buni eshitib Oshiqbolaning burni bujmaydi: – Avval ko‘raylik-chi, hali birontasi o‘ladimi, yo‘qmi. – Ana bu gap to‘g‘ri, – deb quvvatladi Chumakvoy. Meshpolvon o‘jarlanib turib oldi: – Men aytdimmi – gap tamom. Ko‘rmayapsizlarmi, to‘ng‘izlarning ikkalasiyam urg‘ochi. Bedanavoz qo‘shnimiz «ikkita urg‘ochi bir-biriga qasdlashsa, bittasi o‘lmasdan qolmaydi», derdi. Rayhon qiziq: «Bunaqa olishuvning chatoq joyi shuki, o‘lgan haqmidi, nohaqmidi – bilolmaysan», degan edi, Meshpolvon: «Qozilikka savod kerak, men yengilganini yeyaveraman», deb kekirdagini g‘o‘lqillatdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling