Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
22 Ko‘zdan urgan tuppagim. Yov ko‘zidan ursak soz, Meni quchmang, iltimos, Vazifam puflash xolos, Asli mergan – tuppagim. Oshiqbola kulib qo‘yib so‘radi: – Chivinniyam ko‘zidan ura olasanmi, Chumakvoy? – Buni qiyin joyi yo‘q, jo‘ro, – deya pinak buzmay gapirdi Chumakvoy, – ishqilib, ko‘zi qaerdaligini ko‘rsatib turgin. Ho‘kizteri yopingan Meshpolvon o‘qlovni qozonqopqoqqa «taqira-tuqur, taqira-tuqur» urib, eski ashulasini boshladi: Olma yedim baqalog‘idan, Gilos yedim chaqalog‘idan, Anjir yedim yapalog‘idan, Bog‘bon buvaning shapalog‘idan... Tuya-otlari harsillab, qovirg‘alari qirsillab borayotgan Oshiqbola bilan Chumakvoyning o‘n kun umri dashtda shu ashulani takror-takror tinglash bilan o‘tdi. Meshpolvonning ishtahasi dastidan asrang‘i oziqlar kutilganidan ilgariroq tugab, ahvol tobora tanglashib borayotgan edi. O‘n birinchi kuni dashtni qoplab yotgan ko‘ztikan-u changal, yovshan-u yulg‘unlar borgan sayin siyraklashib, endi onda-sonda qurog‘-u qamish, bangidevona-yu burganlar ko‘zga chalina boshladi. Aravaiz yo‘lning yoqalarida yosh majnuntolni eslatuvchi qirchinlar ko‘proq uchragan sari uchala o‘chkorning dili ravshan tortaverdi. Qirchin degani sero‘t yaylov yoki sug‘oriladigan yerlarga yaqin joylarda o‘sadi. Tabiiyki, qaerda chorva boqilib, ekin ekilsa, o‘sha o‘rtada odamzod yashaydi. Ochlikdan sulayib, jag‘ini qozonqopqoq qirrasiga tiyaganicha oshqovoqmanti, yalpizsomsa, po‘stirmapalov, hatto piyovoniyam so‘lak yutib o‘ylab ketayotgan Meshpolvon yo‘lning o‘rtasida qalamsimon rangdor narsa yotganini ko‘rib, hushyor tortdi. Sinchiklab qaradi-yu, darrov tanidi: navro‘z va hayit kunlari popukli qog‘ozga o‘rab sotiladigan, salmog‘i ko‘zda tortiladigan chaynamayshiming meni yalaydigan mard bormi, qand qurg‘ur shunchalik xormi, deb porpirab turibdi. Bironta anqov bozorchining tugunidan tushib qolgan bo‘lsa kerak degan fikr boshiga urilib, Meshpolvon og‘zi suvlashganicha xachirning yuganini tortdi. Oshiqbola bilan Chumakvoy ham tuya va otni teppa-teng to‘xtatganidan bezovtalanib, zudlikda yerga sakradi. Sheriklari xuddi o‘chakishayotgandek oldinma-ketin pastga tushganidan battar xavfsirab, popukqandga yaqinroq bordi, ularning nigohini chalg‘itish maqsadida tevarakka elovladi. – Ha, nimaga to‘xtading? – deb so‘radi Oshiqbola. – Hay, endi tinchlikmi o‘zi? – deb ming‘irladi Chumakvoy. – Tinchlik, – dedi Meshpolvon. – Xachirimning ayilini tortvolay, egar qiyshayib ketyapti. U, xachirning qorni ostiga bosh tiqib, ayil-pushtani tortayotgandek ivirsishga tushdi. Qancha piypalanmasin, sheriklari erinmasdan kutib turishaverdi. – Nima, men minan ichaklaring birmi? – deb xitlandi Meshpolvon. – Birov to‘xtasa, to‘xtayverasanlarmi? Yo‘lingdan ketaver-da ikkalang. – Sherikka qaramasdan ketvorish yaxshimas, – dedi Oshiqbola. Chumakvoy ham donolangan bo‘ldi: – Baski birga yo‘lga chiqdik, endi azobniyam, rohatniyam baham ko‘raylik. «Baham ko‘raylik» degan gap Meshpolvonni cho‘chitib yubordi. «Nimani shama qilyapti bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling