Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
19 Ravshan botir menga ota, Bilaklari juvozxoda, Shirvon askarlarin tog‘da Qilichida mundoq chopgan. Jang qilay, tan bersin olam, Faxrlansin bir kun bolam, Desin: «Dushmanlarin dadam – Qilichida mundoq chopgan!» Oshiqbola o‘zbekning nomiga xos ish qilib, pahlavon ota-bobolarini pesh qilib, bundan kuchiga kuch qo‘shilib, qo‘lida qilichi eshilib, qora papoqlilarni qiyrata ketdi. Lekin, qora papoqlilar ham sara sarbozlar edi, bir tirranchadan chekinishni o‘zlariga ep ko‘rmay, jon-jahdlari bilan savalashishdi, ko‘p talafot berayotganiga qaramasdan Oshiqbolani soy yoqasiga qisib borishdi. Endi qo‘lga tushding deya «hayov-hayov»lab shovqin ko‘tarishdi. Oshiqbola o‘ng tomondagilarning hamlasini qaytarishga chalg‘igan damda chapdagilardan biri kamonda uning kuragini nishonga oldi. Meshpolvon «orqangga qara», deb qichqirmoqchi bo‘lgan ediki, yonginasida «tup» etgan tovush eshitildi. Sarbozning kamoni qo‘lidan uchib, chap ko‘zini changallaganicha otdan yiqildi. Meshpolvon o‘girilib qarasa, boya jallod boshidan oshirib uloqtirgan uzunsoch lo‘li bola tuppakni o‘qlab turibdi. O‘qlab bo‘lgach, og‘ziga solib puflagan edi, yana «tup» etgan ovoz taralib, endi boshqa bir sarboz ko‘ziga kaft bosib, otdan ag‘darildi. – O‘qiga qalampir qo‘shganman, jo‘ro, – deb Meshpolvonga irshayib boqdi mazang bola. – Ko‘z deganni yondiradi! Shu tariqa u hash-pash deguncha besh-olti dushmanni cho‘ziltirib qo‘ydi. Bu orada Oshiqbola qurshovni yorib chiqib, endi qora papoqlilarni quvlab yurib chopishga tushdi. Nahang o‘lponchi ko‘rdiki, ahvol chatoq. Shartta otining boshini burib, «sharaqa-shuruq» qochib qoldi. Ajali yetmagan uch-to‘rt sarboz yarador jo‘ralarigayam, karvondagi o‘ljalarigayam qaramay, jonholatda unga ergashdi. Yovning yengilib qochganini ko‘rgan mazanglar g‘ala-g‘ovur bilan Meshpolvonni o‘rab olishdi, umrimizda bunaqa pahlavonni uchratmagan edik, deb maqtay ketishdi. Bundan Meshpolvonning behad dimog‘i ko‘tarilgan bo‘lsayam, o‘zini kamtarroq ko‘rsatishga urindi. – Bas endi, lo‘lijonlar, maqtovni to‘xtatinglar, – dedi u mo‘miqdek 10 g‘o‘dayib. – Bular nima bo‘pti? Aslini olganda, ertakdagi qizil devniyam men sulaytirganman. Maqtanishni yomon ko‘rganimdan, hech kimga aytmay yuruvdim. Bo‘ldi endi, uyaltirmanglar meni. Odamlar mana shunaqa oyog‘imga yiqilavermasin deb qirq boshli ajdarhoni tinchitganimniyam birovga bildirmagandim. Bas, odamni xijolat qilyapsizlar. Ochig‘ini aytsam, Badaxshon-u Farg‘onani kemirib yotgan odamxo‘r yalmog‘izniyam, Buxoro-yu Xorazmni tilsimlab qo‘ygan malla jodugarniyam o‘zim o‘ldirganman. Yetar endi, etagimni o‘pib, meni uyaltirmanglar. Quruq maqtayvergandan ko‘ra, ovqat- povqatdan gapiringlar. Buni eshitib, mazanglarning oqsoqoli mehmonni siylash kimni o‘ldiribdi deb, ziyofat ustiga ziyofat beraverdi. Meshpolvon esa, «bo‘ldi, to‘ydim», demay, borini bo‘ksitib uraverdi. Mazanglarning ikki haftaga yetgulik oziq-ovqati qironga uchrab, «topganimiz shu edi», deb uzr so‘rashgandan keyin, Meshpolvon noiloj qo‘lini artdi. Nafsi andak tiyilib, kayfiyati suyulib maysaga yonboshlarkan, Oshiqbolaga qarab dedi: – Manavini odamgarchilik desa bo‘ladi. Mazanglarga qoyil qoldim. Ke, oshna, karvonni mol- dunyosi minan shularga beraylik. 10 Мўмиқ– бирон белги сифатида йўл чети ёки майдонга кўмиб ўрнатиладиган ёғоч устун. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling