Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
Qo‘chqor sho‘x-u beorom, 
Ot tepog‘ich va g‘irrom, 
Xachir go‘shti g‘irt harom, 
Tuya so‘yib yesak-chi? 
Kun ochlikda o‘tmasdan, 
Et suyakka yetmasdan
Uvol bo‘lib ketmasdan, 
Tuya so‘yib yesak-chi? 
Behol burun tortguncha, 
Yomon o‘yga botguncha
Barmoq so‘rib yotguncha, 
Tuya so‘yib yesak-chi? 
To‘rt kishiga qo‘y kamdir, 
Otlar azal serchandir, 
Xachirga-ku na g‘amdir, 
Tuya so‘yib yesak-chi? 
– Nega birdaniga tuya deysan? – cho‘zilib yotgan joyida shang‘illadi Chumakvoy. – Qo‘y go‘shti 
turganda, ipirisqi tuyaga balo bormi, jo‘ro? 
– Men-ku qarshi emasman-a, – deb paysallandi Rayhon qiziq, – lekin bu qo‘chqorni yesak, 
dunyodagi hamma cho‘ponlarning qarg‘ishiga uchraymiz. Olamdagi eng zotdor qo‘chqorning oxirgi 
nusxasi – mana shu. Hozir buni yetaklab borsam, qozoq biylari qirq ming tillo berishadi. 
Oshiqbola esa gapni cho‘zib o‘tirmay, uyqusiragan alfozda asta po‘ng‘illadi: 
– G‘irotdan gapirganning tilini sug‘urvolaman... 
– Unda bilganlaringni qilinglar, – deb achchig‘landi Meshpolvon. – Xohlasalaring, ana, xachirimni 
yeyaveringlar. 
Ochlikka hatto Chika bilan Puka ham dosh berolmadi, Meshpolvonning qo‘ynidan chiqishib, 
bilanglaganlaricha butazorga kirib ketishdi. 
– Ha, yo‘l bo‘lsin, ilon afandilar? – deb ularning ortidan chinqirdi Meshpolvon. – Qarindosh-
urug‘larni ko‘rganimi? 
Ilonlar shu kuyi bedarak yo‘qoldi... 
Shu kech Meshpolvonning tushiga ota-onasi kirdi. 
Ular jazirama daladagi to‘p-to‘p qullar qatorida ketmon chopib, yer ag‘darishayotganmish. Bir vaqt 
onasi holdan toyib yiqilgan ekan, uer-buerda g‘o‘dayib turgan qora papoqlilardan biri yaqin kelib, 
«tur» deya biqiniga tepibdi. Onasi o‘rnidan qo‘zg‘almoqchi bo‘libdi-yu, gandiraklab yana yiqilibdi. 
Shunda qora papoqli quldor qamchini do‘laygan ekan, dadasi yugurib kelib xotinini gavdasida to‘sib 
olibdi. Quldor uni ayamay savalashga tushibdi. Savalayveribdi, savalayveribdi... 
– Urma! Urma dadamni! Dadajon! Onajonim! 
Meshpolvon titrab-qaqshab uyg‘onganida, allaqachon tong ota boshlagan ekan. Ko‘zlarida jiqqa 
yosh. Sheriklari unga hayron tikilib turishibdi. 
– Tushimda dadam minan onamni urishdi, – deya ko‘z yoshlarini artdi u. – Sho‘rliklarni yomon 
xo‘rlashayotganga o‘xshaydi. Men ularni qutqarish o‘rniga, ochdan o‘lishimni poylab yotibman. 
Shunday deya Chumakvoyga o‘qrayib boqqan edi, u boshini quyi solib, «hay, mayli, men rozi, 
tuyamni yeyaver», deb shivirladi. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling