Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
poshshoning qasriga borsamikan, ishqilib? 
– Bu tomondan yursanglar ham bo‘ladi, – dedi kampir. – Ammo-lekin, sal uzoqroq-da. Agar 
Iblisjardagi so‘qmadan
13
kesib o‘tsanglar, rosa bir hafta oldin yetardinglar. 
Ochlik azobi jonini kemirib turgan Meshpolvonga bu gap malhamdek yoqib, kampirdan so‘radi: 
– O‘sha yo‘lni ko‘rsatib qo‘yolmaysizmi, xolaginam? Qasrga tezroq yetvolsak bo‘lgani, keyin o‘ch 
olishni bizga qo‘yib berasiz. 
– Voy, bo‘yingga girgitton bo‘laylar! Voy, senlardan xolang aylansin! – deya tag‘in iljayib sannay 
ketdi kampir. – Yo‘l ko‘rsatish nima bo‘pti? Sizlarni o‘zim boshlab boraqolaman. Sepkilshohning dod-
voylarini qulog‘im bilan eshitmasam, armonda o‘lmaymanmi? 
Kampir tuyaga mingashib yo‘l boshladi. Kun botayotgan mahalda Iblisjar yoqasiga yetib kelishdi. 
Jarlik to‘rt terak bo‘yi chuqurlikda bo‘lib, yonbag‘irlari qilichda kesilgandek tippa-tik edi. Pastga 
qarashgan chog‘da ko‘zlari juvillab, boshlari aylanib ketayozdi. 
Jar bo‘yidan picha yurib borishgach, yog‘och ko‘prikka duch kelishdi. Bu yerda jar ichidan qad 
ko‘targan ustunsimon tik qoya bo‘lib, uning cho‘qqisi bilan yonbag‘ir oralig‘i o‘n besh qadamcha 
chiqar, qoyaning berigi tarafi tik, naryog‘i esa jar ichiga bemalol tushish uchun ataylab yasalgandek 
suyri edi. Qoya bilan yonbag‘irlikni yo‘g‘on yog‘ochlar tashlanib qurilgan kenggina ko‘prik 
birlashtirib turardi. 
Ular ko‘prikdan o‘tib, qoyadagi aylana yo‘lakdan jar tubiga tushib borishganda, kun qorong‘ilasha 
boshladi. Buloq suvidan to‘yib ichib olishgach, yiltirab ko‘rinayotgan jilg‘a yoqalab ancha yo‘l 
yurishdi. Tun rosmana quyuqlashib, hech nimani ko‘risholmay qolgandagina, sero‘t joyni tanlab, 
tunashga to‘xtashdi. 
Ertalab uyg‘onib qarashsa, kampir joyida yo‘q. Uyoqqa yugurib chaqirishdi – topilmadi, buyoqqa 
yugurib chaqirishdi – topilmadi, oxiri hayron bo‘lganlaricha bir-birining ko‘ziga tikilishdi. 
Meshpolvonning nazarida sheriklari unga hadiksirab qarayotgandek tuyuldi. Shundan keyin: 
«Menga bunaqa qaramanglar. Nima, kampirlaringni yeb qo‘yibmanmi?» – deb o‘zini oqlashga tushdi: 
Ochlikda loy totganman
Aravamoy totganman, 
Kalishpatoy
14
totganman, 
Odam yegan emasman. 
Ba’zida jun yeb ko‘rdim, 
Kabobtutun yeb ko‘rdim, 
Atirsovun yeb ko‘rdim, 
Odam yegan emasman. 
Gohi tivit chaynadim, 
Gohi chigit chaynadim
Dam semizqurt chaynadim, 
Odam yegan emasman. 
Rostdir boyqush yeganim, 
Shamni noxush yeganim
Xamirturush yeganim, 
Odam yegan emasman. 
13
Сўқма – айлана йўлни кесиб чиқувчи ёлғизоёқ йўлак. 
14
Калишпатой – калишнинг патаги, демоқчи. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling