Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
38 Yo‘lda turgan ahmoqdan. Tangri o‘zi saqlasin Ajinafe’l o‘rtoqdan. Hojixonajina uning gapini eshitib: «O‘ylab ko‘r. O‘rtog‘im bo‘lsang, seni bu jardan qutqarishim mumkin», dedi. – Meni xolosmi? Bularni-chi? – deb savol berdi Meshpolvon, sheriklarini ko‘rsatib. – Hamma gap shunda-da. Yo ularni deysan, yo meni. – E, yo‘q... – Shoshilma. Oldin yaxshilab o‘ylab ko‘r. Meni desang, birga borib, Sepkilshoh bilan jang qilamiz... – Nimaga ketayotganimni sen qayoqdan bilasan? – Men hamma narsani bilaman... Xullas, menga qo‘shilsang, ziyon qilmaysan, qo‘limdan ko‘p ish keladi. Bularni desang, shu jarda birga o‘lib ketaverasan. Baringni o‘zim yeyman. Meshpolvon ikkilanib qoldi. «Nima bo‘lgandayam, ota-onamni, kishandagi odamlarni qutqarishim kerak, – deb ko‘nglidan o‘tkazdi u. – Oshnachilik deb jarda harom o‘lsam, kimga foyda-yu, kimga ziyon? Umuman, bular kim bo‘pti menga? Insof qilib aytganda, tirik qolsam, uchalasigayam yaxshi-ku – Sepkilshohni yengib qaytayotganimda hammasining suyagini to‘plab, izzat-ikrom bilan ko‘mdiraman, ustiga sag‘ana qurdiraman. Mehr-oqibat shunchalik bo‘lar-da...» Keyin birdan o‘zining fikriga o‘zi qarshi chiqdi: «Nimalar deyapman, yo tavba! Mabodo, bular biron sabab bilan tirik qolishsa-chi? Unda, ko‘zlariga qanday qarayman? Hatto o‘lib ketishgandayam, bir kuni to‘g‘ri gap yuzaga chiqsa, yurtda qanday bosh ko‘tarib yuraman? Hali shu ahvolda odamlarni qutqarishga ketyapmanmi? Agar qo‘rqoqligimni onam bilib qolsa, meni yaxshi ko‘rmay qo‘yadi, xiyonatkorsan, deydi. Dadam-ku itdek kaltaklaydi. Bizni bunaqa isnodga qo‘yib qutqargandan ko‘ra, o‘ldirib qo‘yaqolsang bo‘lmasmidi, deb butunlay oq qiladi...» Mahallalarida bir baxshi bola bo‘lardi. Sepkilshohning askarlari kelib, uni devorga bostirib ketmaslaridan sal ilgari, Meshpolvon undan shunday qo‘shiqni eshitgan edi: Anqovlikni oqlash mumkin, Yalqovlikni oqlash mumkin, Xiyonatni oqlab bo‘lmas. Yulishqoqni oqlash mumkin, Qunushqoqni oqlash mumkin, Xiyonatni oqlab bo‘lmas. Kekkayganni oqlash mumkin, Enkayganni oqlash mumkin, Xiyonatni oqlab bo‘lmas. Gumonchini oqlash mumkin, Yolg‘onchini oqlash mumkin, Xiyonatni oqlab bo‘lmas. Sullalikni oqlash mumkin, Tullaklikni oqlash mumkin, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling