Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
Shu kuyi ikkalasi gapni gapga ulab, yomonning nomini balchiqqa bulab, yaxshini osmonga 
ko‘tarib, garmseldan yuzlari ko‘karib, saksovullarni oralab, poyonsiz sahroni bo‘ralab boraverdilar. Bir 
yoqda jizg‘anak azobi, ikkinchi yoqda suv va ovqat tejami, yana uyqusizlig-u sargardonlik balosi 
qo‘shilib, uch-to‘rt kundayoq Meshpolvonning holi tang bo‘ldi: og‘zi qaqrab, tomog‘i taqilladi, jag‘i 
ochilib, tili osildi. 
Oshiqbola o‘zini ancha bardam tutib kelayotgan edi. Ammo, ertalab qulog‘i tagida qandaydir shish 
paydo bo‘ldi-yu, isitma chiqib, ko‘zlariga qon quyildi, belidan mador ketdi. 
– Buqoq bo‘lganga o‘xshayman, – deya ruhi so‘niqib po‘ng‘illadi u. – Shu bashara bilan 
Oytumorga qanday yo‘liqaman? 
Meshpolvon pishillaganicha qo‘l siltab dedi: 
– Xafa bo‘lma, oshnaginam, buni yo‘li oson. Ozgina noningdan bersang, qanday tuzatishni 
aytaman. 
Oshiqbola G‘irotning yuganini tortib, sekin yerga tushdi. Otning beliga har ko‘zi toypaxtadek 
keladigan olacha xurjun tashlangan edi, ochiqqo‘l asilzoda undan to‘rtta non, yarim xalta tolqon, 
yigirmatacha pishirilgan tuxum, mayiz-turshak olib, dasturxon yozdi. Yozilayotgan dasturxonning 
shabadasidan uchgan qumlar hali to‘xtab-to‘xtamasidan, Meshpolvon allaqachon shu joyga chordana 
qurib ulgurgan edi. Oshiqbola narsalarni birin-ketin o‘rtaga keltirib qo‘yayotganda u yutoqib 
tamshanganicha, har safar: «Rahmat, oshna. Kam bo‘lma», deb duogo‘ylanib turdi. 
Nihoyat «oling-oling»ga navbat yetdi. Oshiqbola dastlabki non burdasini og‘ziga solayotib, 
tuxumga sepishga tuz yo‘qligini ko‘rdi-yu, borib yana xurjunni titkiladi. Tuzni olib kelib qarasa, 
dasturxon shipshiydam. Nima bo‘lganini tushunmay, bir muddat angrayib turganidan so‘ng, 
Meshpolvondan so‘radi: 
– Hoy, dasturxondagilar qani? 
– Nima balo, seniyam qorning ochmidi? – deya bezrayib boqdi Meshpolvon. – Shuni oldinroq 
aytmaysanmi? Qo‘lingdagi yeydigan narsami o‘zi? 
– Tuz. 
– Qani, buyoqqa uzat-chi. 
Meshpolvon tuzni olib, shartta og‘ziga to‘kdi. Yutayotib hatto yuzini burishtirib qo‘ymadi. 
Ular ovqatlanib bo‘liboq yana yo‘lga tushishdi. Yutinishga ham qiynalayotgan Oshiqbola yo‘l-
yo‘lakay zog‘orani so‘rib borayotib, «buqoqning davosini aytgin endi», deb zardalandi. 
– Hozir aytaman, – dedi Meshpolvon. – Oldin ozgina ovqatdan cho‘zgin. Chika minan Puka esdan 
chiqibdi-ku. 
– Kim deding? –zog‘orasidan bir to‘g‘ramini uzatayotib so‘radi Oshiqbola. 
– Ilonlarim, – deya oziqni uch qismga bo‘lib, birini o‘ng qo‘yniga, ikkinchisini chapiga tiqdi 
Meshpolvon. Uchinchi bo‘lakni esa o‘zi yamlay boshladi. – O‘ng qo‘ynig‘imdagisi – Chika, 
chapdagisi – Puka. Umringda oshiq o‘ynaganmisan o‘zing? Otgan oshig‘ing yutuq tomonga 
yonboshlasa – chika, teskari tarafi tushsa, puka bo‘ladi. 
Ana endi Meshpolvonning Oshiqboladan kulishini ko‘ring: 
Sho‘ring qursin, baxmal chopon, 
Ulg‘ayibsan juda nodon. 
Oshiq nima, bilmasmisan? 
O‘zbakmisan, habashmisan? 
Bordir yana yong‘oq o‘yin, 
Yutsang – ovqat ikki qo‘yin. 
Yoz kelganda kirib boqqa
Otganmisan zo‘ldir-soqqa? 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling