Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
12 bor. Xotin hamma ishini tashlab qo‘yib, kallangni po‘saxonaga 6 midib 7 yotqizadi, shishgan joyingga yalang oyog‘i bilan yetti marta tepadi. Bir haftadan keyin sen ko‘rmading, men ko‘rmadim bo‘lasan. Oshiqbola indamay otiga qamchi urdi. Meshpolvon ham xachirini oldinga qistab, sevimli qo‘shig‘ini xirgoyi qila boshladi: Olma yedim baqalog‘idan, Gilos yedim chaqalog‘idan, Anjir yedim yapalog‘idan, Bog‘bon buvaning shapalog‘idan... Ular turtinib-surtinib, talay yo‘l bosishdi. Egizak bolali xotin uyoqda tursin, qarg‘ish tekkan bu sahroda biron-bir tirik jonning o‘zini uchratish amrimahol edi. Shunga qaramay, Oshiqbolaning bo‘ynidagi shish bir haftada o‘z-o‘zidan qaytib ketdi. * * * Xayriyatki, sahroning naryog‘i Meshpolvon o‘ylaganidek, «er tugagan joy»ga borib taqalmas ekan. Avvaliga yakka-chekka ovullar uchrab, oxiri kattakon daryoning bo‘yidan chiqib qolishdi. Qirg‘oq yoqalab borib, kechga yaqin Mingpoda shahriga duch kelishdi. Yo‘ldagi ovullarda mehmon bo‘lish- ganda, mingpodaliklar Sepkilshohga o‘z xohishlari bilan bo‘ysunib, daryodan quyidagi yerlarni talashiga yo‘l ochib berishganini cho‘pon-cho‘liqlardan eshitishgan edi. Qo‘sh-omoch arang siqqulik tor ko‘chalarida har xil chuqur qazilgan, qurumli gumbazlariga o‘rgimchakto‘r osilgan, devorlari nuragan, g‘ijirloq darvozalari moy so‘ragan bu shaharda ikkalasi karvonsaroy qidirib ancha sarson bo‘lishdi. Birov itmisan, bitmisan demadi. Hamma o‘z ishini bitirish, o‘z nafsiga qayg‘urish bilan band edi. Begona-ku – begona, bu yerning odamlari hatto bir-biriga ham oqibatsizligi shundoqqina ko‘rinib turardi. Agar yaqin tanishlar uchrashib qolsa, birovi bosh qimirlatsayam obro‘yi to‘kiladigandek, shunchaki qosh uchirib qo‘yar, unisi bezrayganicha sal qovoq yumib alik olardi. Qarama-qarshi darvozalardan ko‘chaga teng chiqib kelgan qo‘shnilarning biri g‘o‘dayib ko‘z qissa, ikkinchisi jiyinib mo‘ylov uchirardi. Dushman ularni hech bir qiyinchiliksiz tobe etib, endi osongina tizginlab yurganining boisi ham shu bo‘lsa kerak. Faqat bolalargina g‘alati qurollanib, ho‘kizteri yopingan jangchini alohida qiziquv bilan tomosha qilishib, ko‘chama-ko‘cha ergashib borishdi. Yo‘llar torligi uchun ulovlar oldinma-ketin yurar, otning tuyog‘i taratgan changdan Meshpolvonning tomog‘i qichishib, xachiri ham nafasi qaytayotgandek tinimsiz bezanglardi. «G‘irot bo‘lsang o‘zingga!– deya tixirlandi Meshpolvon. – Xumbosh egang izzatini bilib, orqada yuraversa o‘larmidi?» Oldda doim asilzoda, Qolgan odam go‘yo poda. Mayli, oldda yursa yursin, Biroq changitgani qursin. Achishadi tanglay-tomoq, Ko‘zlaringga to‘lar tuproq. Yo‘l qayoqda, ko‘rolmaysan, Jilovniyam burolmaysan. 6 Пўсахона – остона. 7 Мидиб – ёпиштириб, жипслаб. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling