Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

 
* * * 
Voh, nuridiydam kitobxonim! Tili biyron bolakaylar! Shirin-shakar qizaloqlar! Sizlar judayam 
omadlisiz. Chunki o‘zbeklarga faxrli, yovlarga qahrli bo‘lmish dovyurak Go‘ro‘g‘libek haqidagi qiziq 
rivoyatlarni eshitmagan, uning mardona janglarini sharaflovchi dostonlarni o‘qimagan sho‘rpeshanalar 
orangizda yo‘q. 
Esingizda turgan bo‘lsa, yengilmas Go‘ro‘g‘libek shuncha davr surib, bittayam farzand ko‘rmadi. 
Hasanxon degan bolani Vayangan elatidan, Avazbekni Xunxor yurtidan olib kelib, tarbiyalash uchun 
bunisini Misqol pariga, unisini Og‘a Yunus pariga tutqazdi. 
Bolalar ulg‘ayib yigit bo‘ldi, biri lochin-u biri burgut bo‘ldi. Ko‘p savdolarni boshdan kechirib, 
g‘animlarning kayfini uchirib yashashdi. Hasanxon suluv xon Dalliga uylanib o‘g‘il ko‘rdi, otini 
Ravshanbek qo‘ydi. Avazbek bilan Gulqizdan esa qiz tug‘ilib, nomi Gulanor bo‘ldi. 
Necha marta qor erib, necha bor chechak undi. Qiz erkaroq, o‘g‘il serkaroq bo‘lib voyaga yetgach, 
Hasanxon Avazbekning xonadoniga sovchi jo‘natdi. Keksa Go‘ro‘g‘libekning o‘zi o‘rtaga tushib, 
oqlik so‘rab bordi. Avazbek bo‘lsa o‘z og‘asi Hasanxonning o‘g‘lini qiziga teng ko‘rmay, boboning 
dilini og‘ritdi. Bu orada Ravshanbek Shirvonshohning qizi Zulxumorga oshiq bo‘lib, yuz xil quvonch-
azob ko‘rib, oxiri unga uylandi. 
Yana kun ketidan oylar o‘tdi, qo‘ldan-qo‘lga choylar o‘tdi, Ravshan bilan Zulxumor sochi jingalak
peshanasi do‘ngalak, zotdor qo‘zidek to‘lpoq, qorako‘z-u oppoq o‘g‘il ko‘rishdi, ismini Oshiqbola 
qo‘yishdi. Oshiqbola uch yoshida ariqdan sakrab o‘tadigan, to‘rtida harf bitadigan, beshida kitob 
titadigan, oltisida o‘zini otda erkin tutadigan, yettisida nonga xanjarda yog‘ surtadigan, sakkizida o‘q-
yoy bilan tangani yirtadigan, to‘qqizida tuxumni xom yutadigan, o‘nida polvonlarni yelkada 
turtadigan, o‘n birida uyida oshna kutadigan, o‘n ikkisida haftalab ovga ketadigan bo‘ldi. 
O‘n uchida ham ovdan ko‘ngli sovimadi. Bir kuni chambillik chapdast jo‘ralari bilan kiyik quvib 
yurib, Bobotog‘da bir gala qizlarga duch kelib qoldi. Ularning sardori – Boysun begining Oytumor 
ismli qiziga ishqi tushib, eliga sarxushlanib qaytdi, dardini Go‘ro‘g‘libek bobosiga aytdi. Bobosi qirqta 
guldek navkarini chaman, ulovlarini saman qilib, sovg‘a-yu mol-hol, yana uchta oqsoqol bilan 
Boysunga sovchi yubordi. Ko‘p o‘tmay sovchilar ikki qo‘li burnida qaytib, noilojlikning sababini 
aytib, Sepkilshohning askarlari Boysundagi sandiqlarni qoqlab, yigit-qizlarni bog‘lab, qul va 
cho‘rilikka olib ketganini ma’lum qilishdi. Buni eshitib, Go‘ro‘g‘libekning yurak sanchig‘i, 
Oshiqbolaning achchig‘i qo‘zidi. Bobosidan G‘irotni tilab, dadasining qilichini tasmaga ulab, 
Sepkilshohga pinhona jag‘ silab, yo‘lga chiqdi... 
Oshiqbolaning gaplarini Meshpolvon o‘shanday g‘o‘dayganicha tinglab bo‘lgach, unga boshdan-
oyoq nazar solib dedi: 
– Dadam onamga sovchi qo‘yganida, opoq otam: «Hali yosh ekansan, kurash tushsang – belingni, 
o‘g‘ri bossa – keli
1
ngni, dushman kelsa – elingni saqlay olarmikansan? Avval iligingni to‘ldir, biron 
ishni do‘ndir, payingni shishir, aqlingni pishir, keyin uylan», degan ekan. Seniyam boshing chumchuq-
deg-u, yondim-kuydim deyishingga o‘laymi? 
– Zotimiz o‘zi shunaqa, – deb g‘ururlandi Oshiqbola. – Dadam Ravshan botir ham o‘n uch yoshida 
Shirvonda qilich savashib, onamni olib kelgan. 
Buni eshitib, Meshpolvon chuqur xo‘rsinib qo‘ydi: 
– Meni dadam o‘ttizida ro‘zg‘or qilgan. 
* * * 
1
Кели – ичи ўйилган ғўла, келисоп билан уриб, унда дон туйишган. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling