Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Uyga xotinsifat erkaklar kiritilmaydi
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayz – odat ko‘rish
Uyga xotinsifat erkaklar kiritilmaydi
Islomiy uy pok va go‘zaldir. U yerga ayolsifat erkaklar va erkaksifat ayollar kiritilmaydi. Shuning uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ayoldek harakat qilgan erkaklarni va erkakdek harakat qilgan ayollarni la’natlaganlar va: “Ularni uylaringizdan chiqaring!”, deganlar. O‘zlari bundaylarni uylaridan chiqarganlari kabi, hazrat Umar (r.a.) ham chiqarganlar. Hazrat Oysha (r.a.) jonli bir voqeani so‘zlaydilar: “Madinada ayolsifat bir odam bor edi. Ayolga ehtiyoji yo‘q hisoblanardi. Ora-chora Payg‘ambarimizning (s.a.v.) xotinlari yoniga kelib turardi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) ichkari kirdilar. U xotinlaridan birining yonida so‘zlardi: “Oldindan qaralsa, qornida to‘rt, ortdan qaralsa, sakkiz buklangan ko‘rinadi”. Shundan so‘ng, Rasululloh (s.a.v.) xotinlariga: “Ko‘rdingizmi, bunday-bunday narsalarni biladi. Endi yoningizga hech kelmasin”,-dedilar”. Bir kun Rasullullohning (s.a.v.) huzurlariga qo‘liga xina qo‘ygan ayolsifat bir kishini keltirdilar. “Bu nima ish qildi?”, deb so‘radilar. Sahobalar: “Yo Rasululloh, bu xotinlarga o‘xshashga harakat qiladi”, deyishdi. Rasululloh u odamni Noki o‘rmoniga surgun qilishni buyurdilar. “Uni o‘ldiraylikmi yo Rasululloh”, deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar: “Alloh meni namoz o‘qiganlarni o‘ldirmoqdan man etdi”. Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 18 Balog‘atga yetgan qiz qarindoshlar bir o‘rinda yotadimi? Islom dini (oxirgi chegara sifatida) o‘n yoshga kirgan qiz bolalarning erkak qarindoshlari tugul, hatto qiz qarindoshlari bilan bir o‘rinda yotmasligini amr etadi. Bu diniy buyruqdan maqsad – qiz bola nomusini himoya qilmoqdir. Hayz – odat ko‘rish Hayz ham ayol organizmiga xos holat bo‘lib, uni bilish Islomda muhim ahamiyat kasb etadi. Hayzning odat ko‘rish, oy ko‘rish, nopoklik, betahoratlik, benamozlik kabi nomlari bor. Hayz ilmini o‘rganish ayollarga farzi ayndir. Hamda eng muhim masalalardandir. Imomi Muhammad hayz haqida alohida bir kitob yozganlar. Chunki poklik, namoz, ro‘za, Qur’on o‘qish, e’tikof, haj, balog‘at, jinsiy munosabat, ajrashish, idda kabi bir necha ibodatlar hayzga bog‘liqdir. Nifos Nifos: lug‘atda – ayol ko‘zi yorishi ma’nosida kelgan. Shariatda esa, bola yoki bolaning ko‘p qismi – (hatto a’zolari parcha-parcha bo‘lsin) chiqqandan so‘ng ayol rahmi (bachadon)dan kelgan qondir. Bolaning oz qismi chiqqandan so‘ng qon kelsa, nifos emasdir. Ayol tahorat olib namozini o‘qiydi. Ruku’ va sajdaga iloji bo‘lmasa, imo-ishora bilan o‘qiydi. Kechiktirmaydi, tark etmaydi. – Ko‘z yorigan ayol hech qon ko‘rmasa nifosli bo‘ladimi? – Ha, nifosli bo‘ladi. Bolani tabiiy tug‘ib, rahmi (bachadoni)dan qon kelgan taqdirda nifoslidir. Chunki, ko‘z yorigach qon rahmidan chiqqandir. Qon qornidan, ya’ni kesilgan joydan kelsa, nifos emas, yaralidir. Nifos – tug‘ishdan keyin oqadigan qondir. Ko‘z yorigan holda qon ko‘rmagan ayol g‘usl qilishi shart emas. Bu Abu Yusuf hazratlarining qarashi28 . Imom Muhammad hazratlaridan ham shunday rivoyat bor, faqat bu ayolga tahorat olish vojib. Chunki, bola bilan birga ifloslik ham chiqqan. Imom A’zam Abu Hanifa hazratlariga ko‘ra, bunday ayolning g‘usl etishi zarur. Olimlarning ko‘pchiligi shu qarashni qabul qilgan. Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling