Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Ayol begona erkak bilan yolg‘iz qolishi mumkin emas


Download 295.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/82
Sana31.08.2023
Hajmi295.77 Kb.
#1671769
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82
Bog'liq
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Ayol begona erkak bilan yolg‘iz qolishi mumkin emas 
Tabariyning rivoyatida Rasul Akram (s.a.v.) marhamat qiladilar: “Allohga va oxirat 
kuniga iymon keltirgan odam yonida mahrami bo‘lmagan begona bir ayol bilan bir joyda 
qolmasin”. 
Yana, Rasuli Akram marhamat qiladilar: “Siz olti narsani bajarishga menga so‘z bering, 
men ham sizning jannatga kirishingizga kafil bo‘laman: suhbatlashganingizda to‘g‘ri 
so‘zlang, va’dalaringizga vafo qiling, omonatga xiyonat qilmang, iffatingizni saqlang, 
ko‘zlaringizni yuming, qo‘llaringizni torting!”. 
Muslim va boshqalarning rivoyatlarida Jarir (r.a.) deydilarki: “Rasuli Akramdan oniy 
qarash haqida so‘radim. Rasuli Akram marhamat qildilar:
– Tezda ko‘zingni ol (yuzingni o‘gir)”. 
Isfahoniy rivoyatida Rasuli Akram shunday rivoyat qiladilar: “Qiyomat kuni barcha 
yig‘laydi. Faqat haromdan saqlangan, Alloh yo‘lida uyqusiz qolgan va Allohdan qo‘rqqani 
uchun ko‘z yosh to‘kkanlar bundan mustasnodirlar”. 
Islom erkak va ayolning bir-birlari bilan qo‘l berib ko‘rishishlarini ta’qiqlaydi. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) umrlarida ayollar bilan qo‘l qisishmaganlar, qo‘l olishib 
ko‘rishmaganlar. Bu xususda bizga Umayma bint Ruqayya naql etmoqda: 
“Bir necha ayol bay’at etmoq uchun Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldik. Bizdan 
Mumtahana surasi, 11 oyatida sanalgan moddalarni qabul qilishimizni so‘radilar. Biz 
qabul qilamiz, dedik. Bizga “Qo‘lingizdan kelguncha, kuchingiz yetkuncha bularni ado 
eting!”, dedilar. Biz “Bizga Alloh va Rasuli bizdan ko‘ra mehribondir”, dedik va “Yo 
Rasululloh, qo‘limizni siqmaysizmi?”, deb so‘radik. U zot “Men ayollarning qo‘llarini 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
siqmayman, bir ayolga nima desam, yuz ayolga o‘tadi”, dedilar”. 
Hazrati Oysha onamiz marhamat qiladilar: “Allohga qasamki, Rasulullohning (s.a.v.) 
qo‘llari biror ayolning qo‘llariga tegmagan. Rasululloh (s.a.v.) ayollarga so‘z orqali bay’at 
etardilar”. 
Mufassir Ali as-Sabuniy bu hodisalarni shunday sharhlaydilar; Barcha rivoyatlar 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) na bay’atda, na boshqa joyda ayollar bilan musofaha 
etmaganini (qo‘l berib ko‘rishmaganini) ko‘rsatadi. Gunohdan ma’sum bo‘lgan 
Rasulullohning (s.a.v.) bu harakatlari biz ummatlariga bir irshoddir. Allohning Rasuli 
tohir, nazih va pok zot bo‘la turib, bay’atdek muhim voqeada ayollar qo‘lini 
ushlamadilar, boshqa erkaklar begona ayol qo‘lini tutishlari muboh bo‘lishi mumkinmi?! 
U erkaklar shahvatdan amin va fitnadan salim emasdirlar. Shayton ichlarida qon kabi 
kezmoqda. 
Bizning asrimiz va Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yashagan davr orasidagi farq osmon bilan 
yerchalik. Davrimizning ekologik muammolari, yer yuzining juda ko‘p davlatlaridagi 
iqtisodiy tanglik, buning natijasida insonlarning ma’naviy holatlari va boshqa turli 
sabablarga ko‘ra xilma-xil kasalliklar ham ko‘payib bormoqda. Masalan, o‘rta asrlarda 
ayollar uyga doya chaqirib tug‘salar, hozir bunday qilish ona va bola uchun jiddiy xavf 
tug‘diradi. Tug‘ruqxonalarda doyalar kechayu-kunduz ishlashlari kerak. Albatta, u yerda 
u yoki bu kasb egasi bo‘lgan erkaklar ham ishlashlari tabiiy. Shunday sharoitda ayol 
kishi nima qilishi kerak? Bunga to‘rt mazhabda javob yo‘q. Bu borada shaxsiy fikrimiz 
bo‘lishiga qaramay, savolni hurmatli ulamolarimiz ijtihodlariga qoldirsak.

Download 295.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling