Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Qiz ko‘rgan qon uch kundan oz bo‘lsa
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
Qiz ko‘rgan qon uch kundan oz bo‘lsa...
Qiz ilk ko‘rgan qon 3 kundan oz vaqtda to‘xtasa, hayz qoni emas va tark etgan namozlarini qazo qilib o‘qishi lozim. Bir qiz ilk marta sahih qon bilan hoyiz bo‘lsa, so‘ngra to‘la muddat sahihi poklik holni kechirsa, hayz va poklik kunlari shundayicha aniqlangan bo‘ladi. Keyingi odatlarida qon to‘xtamay oqsa ham, avvalgi ilk odat va poklik holidagi odati qabul qilinadi va shunga amal qiladi. Hayz va nifos (ko‘z yorigan ayol)da odat bir marta aniqlanib qarorlashtiriladi. Ya’ni, bir ayol ilk hayz va nifoslik vaqtlarida necha kun qon kelsa, shu muddat uning odati bo‘ladi. Masalan, bir qiz ilk daf’a 7 kun odat ko‘rgandan so‘ng qon to‘xtasa, boshqa hayzlarida odat muddati 7 kun. Qon davom etsa, uzrdir. Bir qiz balog‘atga yetganda ilk sahih qon (eng ozi 3 kun) va so‘ng sahih poklik (eng ozi 15 kun) ko‘rmay ilk qoni davom oqib, sahih poklik holni ko‘rolmasa, bularning hech biriga e’tibor etilmaydi. Bu holda qon kela boshlagan kunning avvalidan boshlab 10 kun hayz, 20 kun tozalik vaqti hisoblanadi. Masalan, bir qiz 11 kun qon ko‘rib 14 kun toza bo‘lgandan keyin, yana qon kelishi davom etsa, qon 10 kundan ziyod kelgani uchun fosid (haqiqiy emas)dir. Tozalik ham 15 kundan kam bo‘lgani uchun fosiddir. Bu holda 10 kun hayz, 20 kun tozalik muddati deb qabul qilinadi. Odat qonining ranglari va aniqlanishi 1. Xira, loyqa suvga o‘xshash; 2. Tuproq rangli, to‘rga o‘xshash xira oqindi; 3. Qirmizi; 4. Qora; 5. Yashil; Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 21 6. Sariq, ba’zilari pilla sariqligida, ba’zilari somon rangida, ba’zilari tish sariqligida bo‘lishi aytilgan. Ammo e’tiborlisi: ilk ko‘rgan paytdagi rang o‘zgarishiga e’tibor qilinadi. Masalan, ayol oq rangda bir oqindi ko‘rdi-yu, qurigach sarg‘ayishi mumkin. Yoxud qirmizi yoki sariq ko‘radi, qurigach oqaradi (keyingi holi e’tiborsiz). Agar ayol bo‘z ustida yangi, tiniq, tomchilagan bir oqlik ko‘rsa va bu quriganda sariqlashsa, uning hukmi oq hukmidadir. Hayz muddatidagi qonlarning barchasi hayzni bildiradi. Oqindining oqarishi bilan hayz tugagan bo‘ladi. Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling