Microsoft Word b5ce79ed237e779bce48b75ca8d21c559e8d2a554d2836c7d18d58fb88788c79
Download 296.44 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'zgarish 26.05.2023
Yangi tovarlarni yoyish strategiyasi.
Yangi tovarlarni yoyish strategiyasi, bozorda mutlaqo yangi, butunlay boshqa iste‘mol sifatlariga ega bo‘lgan tovarlarni yoyish bilan bog‘liq. Haqiqatda gap bu yerda birinchi o‘tuvchilar, yangi bozor va yangi tarmoq yaratuvchilar to‘g‘risida ketyapti. Yangi mahsulotlarni bozorda yoyishning ko‘plab misollari mavjud – ko‘paytirish texnikasi, xususiy kompyuterlar, videokamera va boshqalar. Yangi mahsulotni yoyish tavakkalchilik bilan bog‘liq va o‘tkazilgan tadqiqotlardan kompaniyalar barcha holatlarning yarmidagina muvaffaqiyatga erishganligi ko‘rinadi. Biroq statistika yana shuni ko‘rsatmoqdaki, birinchi o‘tuvchilar, mahsulotni yoyish strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish hisobiga bozordagi kata ulushni egallab olmoqda. Birinchi o‘tuvchilarning asosiy muammosi – boshqa kompaniyalar tomonidan o‘z harakatlari nusxalarining kochirilishini himoya qilishdir. 2. Bozorni rivojlantirish strategiyasi. Bozorni rivojlantirish strategiyasi – bu tovarning yangi bozorlarda harakatlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘sish strategiyalaridan biri. Yangi bozor geografik mazmunda bo‘lishi mumkin – yangi hududlar, bundan tashqari mavjud geografik hududlarda yangi segmentlarni qamrab olish mazmunida ham. Geografik bosib olish tovar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning boshqa hududlarda rivojlanishi bilan bog‘liq. Yangi segmentlarni qamrab olishning ko‘plab yo‘llari mavjud – tovarlar harakati tizimini rivojlantirish, mahsulotni takomillashtirish, yangi yosh kategoriyalarni qamrab olish va boshqalar. Misol uchun, ―Johnson & Johnsonǁ kompaniyasi yangi bolalar shampuni ishlab chiqdi va uni tegishli segmentdan o‘tkazdi. Keyin kompaniya yangi segmentni – yoshi kata iste‘molchilarga, bolalar shampunini kattalar tomonidan ishlatilishi afzalliklarini reklama qilib butun bozorni zabt eta boshladi. 2. Adaptiv kooperatsiya strategiyasi. Tasavvur qilaylikki, bozorda ikkita kompaniya ustunlik qilmoqda. Agar bu kompaniyalar bozorad baholar siyosatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida shartnoma qabul qilishsa, unda bozorning monopollashuvi muammosi vujudga keladi. Ikkala kompaniya ham o‘z mahsulotlarini ancha yuqori baholarda sotish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi. Ko‘plab mamlakatlarda bunday aniq kelishuvchilik taqiqlangan. Ikkita kompaniya ham bir-biri bilan raqobat qilishdan voz kechib, bu to‘g‘risida ochiqdan-ochiq kelishib olmasadan, bozorda vujudga kelgan holat bo‘yicha yo‘nalish olishni boshlab, o‘zaro bir-birlarining harakatlarini oldindan ayta borib, unga shunday darajada o‘zaro foyda olishga erishishga moslasha borish mumkin. Adaptiv kooperatsiya strategiyasi ana shunday tashkil topgan. 2. Strategik alyanslar. Alyanslar tuzish strategiyasi bir necha firmalarning u yoki bu faoliyat yo‘nalishlari yoki qandaydir aniq maqsadga erishish uchun kuchlarni muvofiqlashtirish va bo‘lishdan iboratdir. Masalan, 1997-yili beshta yirik aviokompaniyalar – Germaniyaning ―Lyuftganzaǁ, Skandinavaning ―GAGǁ, Kanadaning ―Air Kanadaǁ, Amerikaning ―United airlinesǁ va Tailandning ―Tai airlinesǁ, ―Zvyozdny soyuzǁ strategik alyansini tuzishdi. Alyansda ishtirok etuvchi barcha kompaniyalar mustaqil bo‘lib qoladi, lekin chiptalarni sotishda, tariflarni belgilashda, uchish jadvallarini tuzishda hamkorlik qilishadi. 1. Diversifikatsiya. Diversifikatsiya strategiyasi kompaniyaning o‘z biznesini kengaytirayotganligini bildiradi. Diversifikatsiya darajasi turli xil bo‘lishi mumkin. Odatda, qachonki kompaniya faoliyatida qandaydir bitta biznes yetakchilik qilib, lekin kata hajmga ega bo‘lmagan boshqa bizneslar ham rivojlanganda chegaralangan diversifikatsiyani alohida ajratishadi. Bog‘langan diversifikatsiya – qandaydir yo‘l bilan o‘zaro The linked image cannot be display ed. The file may hav e been mov ed, renamed, o… bog‘langan (ishlab chiqarish, texnologiya, sotish va boshqalar) bir nechta bizneslarning rivojlanishidir. Uchinchi guruh – bu bog‘lanmagan diversifikatsiya, qachonki kompaniya bir nechta, turli hil o‘zaro bog‘lanmagan bizneslarni rivojlantiradi. 2. Kirib borish strategiyasi. Kirib borish strategiyasi – bu tarkib topgan tarmoqda holatni egallash strategiyasidir. Ma‘lum ma‘noda, bu tarmoqqa kirish to‘siqlarini yengish va keyinchalik unda mustahkamlanib qolish maqsadida bosib o‘tish strategiyasidir. Bu strategiya barcha umumiy strategiyalar o‘lchamida bozorni rivojlantirish va diversifikatsiyalashda ishlatilishi mumkin. Yangi bozorda ishlayotgan kompaniyaga ega bo‘lish – vaqtni yoqotish nuqtai nazaridan ancha tejamli usul, lekin u moliyaviy masalada ancha qimmat. Kirib borish strategiyasi, kompaniyaning bozorda ishlashi bo‘yicha mavjud tajribasi bilan kerakli texnologiyani rivojlantirishning taqqoslanishiga bog‘liq holda shakllantiriladi. 3. Vertikal integratsiya. Vertikal integratsiya ta‘minotchi – ishlab chiqaruvchi – iste‘molchi zanjirida, mahsulot ishlab chiqaruvchining u yoki bu shaklda ishlab chiqarishni xom ashyo va materiallar ta‘minotchilarining birortasi bilan yoki o‘z mahsulotlari iste‘molchilarining biri bilan birlashtirish holatida vujudga keladi. Bu usulni ham o‘z ustunliklari va kamchiliklari bor. Vertikal integratsiya strategiyasining qo‘llanishi, kompaniyaning singib ketish yoki qo‘shilish muammosini keltirib chiqaradi. 4. Qo’shilish va singib ketish. Zamonaviy biznesda qo‘shilish va singib ketish o‘lchamlari kata. Faqat 1994- yilning uchinchi choragida 5800 ta shunga o‘xshash operatsiyalar sodir etilgan. Diversifikatsiya strategiyasi ayrim hollarda qo‘shilish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Qo‘shilish jarayoni nafaqat ishlab chiqarish sohasini qamrab oladi. U moliya sohasida ham keng yoyilgan. Masalan, yirik Niderlandiya moliya guruhi 1991-yili ―Национале Нидерланденǁ sug‘urta kompaniyasining ―НМБ - Постбанкǁ bilan qo‘shilishi natijasida vujudga keldi. Biznes amaliyotida qo‘shilish va singib ketish quyidagi turlarga ajratiladi: o Vertikal – bunda ta‘minotchi yoki iste‘molchi singib ketadi; o Gorizontal – bunda raqib singib ketadi; o Mahsulotni rivojlantirish maqsadi – bunda firma yagona butun mahsulot yaratish maqsadida singib ketadi; o Bozorni kengaytirish maqsadi – bunda boshqa bozorlarda faoliyat ko‘rsatayotgan bir xil firmalar singdiriladi; o Konglomertlar yaratishga yo‘naltirish yoki o‘zaro strategik maqsadlar bilan bog‘liq bo‘lmagan kombinatsiyalar ishlatiladi. Qo‘shilish ikkita kompaniyaning o‘zaro kelishuvlariga binoan amalga oshirilishi mumkin. Biroq boshqa holat ham bo‘lishi mumkin – kompaniyani maqsadlariga zid holda egallab olish va qo‘shilib oluvchi kompaniyaning qarori bilan birlashtirish. 5. Qo’shma korxonalar. Qoshma korxonalar tuzish – strategik alyanslarning bir shaklidir. Uning tuzilishi kompaniya darajasida amalga oshiriladi. Shuning uchun bu strategiyaga kompaniya strategiyasi sifatida qaraladi. Qo‘shma korxonalar bu mustaqil korxonalar bo‘lgan ikki yoki undan ortiq korxonalardir. Sheriklar qo‘shma korxonaga kapitalni pul, material aktivlar, sotish tugunlari yoki intelektual ko‘rinishda kiritadi. Ko‘pchilik hollarda qo‘shma korxonalar, yirik korxona biznesining qandaydir qismi bo‘yicha kichik kompaniyaning tashkil etilishiga qiziqib qolganda tashkil etiladi. 6. Global strategiyalar. Bugun global raqobat, samolyotsozlik, elektronika, nusxa ko‘chirish texnikasi, avtomobilsozlik, soat ishlab chiqarish kabi tarmoqlarda o‘rin olgan. Global strategiyani ishlab chiqish, to‘g‘ridan- to‘g‘ri global bozordagi barqaror raqobat ustunligiga erishish uchun ikkita asosiy usul mavjud. Birinchi – global bozorga yaxshi xizmat ko‘rsatish maqsadida, turli xil faoliyat turlarini turli mamlakatlarga qulay joylshtirish. Ikkinchi – kompaniyaning jahon bo‘ylab tarqalib ketgan tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish qobiliyati. 7. Ayrim xavfli strategiyalar. Strategiyani ishlab chiqishda, turli kompaniyalarda afzal bo‘lgan o‘ziga xos xato va xavflarning mavjudligini yodga olish lozimdir. Quyida ushbu xato va xavflarning asosiylarining qisqa ro‘yxati keltirilgan: 1. Yetakchi imitatsiya. Xavf kompaniyaning kuchli va kuchsiz tomonlari farqiga yetarli e‘tibor bermasligidan iborat. Lider – kompaniya uning faoliyati yuzaki, tahlilda ko‘rinmaydigan yoki qiyinchilik bilan nusxa olishga yo‘l qo‘yadigan strategik qobilyatga ega bo‘lishi mumkin. 2. Birinchi o‘tuvchi sifatida bir bor yutib, ushbu jarayonni davom ettirish va yana yangi nimadir izlab topish yo‘nalishi vujudga keladi. Natijada egallangan bozordagi ustunlikni ham yoqotish mumkin. 3. Qandaydir kompaniya bilan raqobat kurashiga chiqib, bozor ulushlarini ko‘paytira borib sekin yutish mumkin. Bunda, qo‘shimcha xarajatlar (reklama va boshqalar) qo‘shimcha foydaga nisbatan yuqori bo‘lishi mumkin. 4. Katta imkoniyatlarning mavjudligida – barcha ishlarni bajarish. Download 296.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling