Microsoft Word b5ce79ed237e779bce48b75ca8d21c559e8d2a554d2836c7d18d58fb88788c79
Strategiya turlari, biznes va kompaniya
Download 296.44 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'zgarish 26.05.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes strategiyasi
2. Strategiya turlari, biznes va kompaniya
strategiyasi. Strategiya o’z harakat doirasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Raqobat strategiyasi va kooperatsiya strategiyasi. The linked image cannot be display ed. The file may hav e been mov ed, renamed, o… The linked image cannot be display ed. The file may hav e been mov ed, renamed, o… Biznes strategiyasi Strategik rejalshtirish to‘g‘risidagi adabiyotlarda hamda Porter ilmiy ishlaridan boshlab, doimiy ravishda strategiya raqobatlari ko‘rib kelinadi. Porter ta‘kidlaganidek, asosan xarajatlarni kamaytirish va tabaqalanish strategiya raqobatlari mavjud. Ularning biri baholarning kamaytirilishiga, boshqasi esa sifatning yaxshilanishi va tovar iste‘mol qiymatining oshirilishiga yo‘naltirilgan. Mana shu asosiy ikki strategiyalarga biz mustaqil strategiyalar sifatida, yangi tovarning kiritilishi strategiyasini va bozorni rivojlantirish strategiyasini qo‘shamiz. Bu strategiyalarning barchasi o‘sish strategiyasi hisoblanadi. Bu o‘sish strategiyalariga tabaqalanish va integratsiya strategiyalari ham kiradi. Keying yillarda, strategik alyanslarning aniq yoki noaniq tuzilishlari – moslashuv kooperatsiyasi strategiyasi va alyanslar tuzish strategiyasi bilan bog‘liq kooperatsiya strategiyasi faol muhokama qilinmoqda. 2. Xarajatlarni kamaytirish strategiyasi. Xarajatlarni kamaytirish strategiyasi bozordagi raqobat kurashida ancha past baholar hisobiga yutuqqa erishishga yo‘naltirilgan. Gap past baholar to‘g‘risida emas, balki gap raqobatchilar baholariga nisbatan baholarni past darajada ushlab turish imkonini beruvchi xarajatlarni kamaytirish to‘g‘risida ketyapti. O‘ta past baholarda mahsulot ishlab chiqarishning ma‘nosi yo‘q, ularni hech kim sotib olmaydi. Xarajatlarni kamaytirish strategiyasi, asosiy iste‘mol sifatlari saqlab, xarajatlari kam bo‘ladigan mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Xarajatlarni kamaytirish strategiyasi asosida beshta ―qirrali toshlarǁ yotadi va ular hisobiga raqobat ustunligiga erishiladi. Misol uchun, o‘lchamlarning qisqartirilishi. Biznes bo‘yicha adabiyotda bunday yo‘nalish ―Xershi Qaroriǁ degan nom oldi. ―Xershiǁ kompaniyasi shokolad mahsuloti bahosini tushurish uchun, uning o‘lchamlarini qisqartirish qarorini qabul qildi. Bu baho ustunligini ta‘minladi. Xarajatlarni kamaytirish strategiyasini qo‘llashda muvaffaqiyatga erishish uchun, barcha tashkil qiluvchi bizneslar, tashkiliy madaniyat, motivatsiya tizimi, tashkilotning strukturaviy qurilmasini qo‘shgan holda shu masalani yechishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Tashkilot strukturasi mumkin qadar kam darajalarni tashkil qilishi va hisobot tizimi maksimal oddiy bo‘lishi, menejment va ishchi – xizmatchilar tor funksional masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. 2. Tabaqalashish strategiyasi – mahsulotni takomillashtirish, rivojlantirish va xilma-xillikni oshirish. Tabaqalashish strategiyasi, raqobat kurashida mahsulotni takomillashtirish yo‘li bilan, unga a‘lo darajadagi sifatlar berish va raqobatchi mahsulotiga nisbatan uning iste‘mol ustunligini oshirish orqali g‘olib chiqishga intilishdir. Yakuniy natijada mahsulot iste‘mol qiymatining raqobatchi mahsulotiga nisbatan yuqori bo‘lishiga erishish kerak. Bu maqsadga erishishning ko‘plab yo‘llari mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar: o Eng yaxshi ingredientlar, materiallar va xom-ashyolarni qo‘llash; o Mahsulotni takomillashtirish; o Mahsulotlar kombinatsiyasini yaratish; o Qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etish; o Sotish tizimini takomillashtirish. Tabaqalashish strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri – mahsulotning yuqori sifatini ta‘minlash bo‘lib, bunga mahsulot imidji va savdo markasini shakllantirish hamda texnologiyani takomillashtirish orqali erishiladi. 2. Download 296.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling