Microsoft Word b5ce79ed237e779bce48b75ca8d21c559e8d2a554d2836c7d18d58fb88788c79
Download 296.44 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'zgarish 26.05.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
Oʼzgarishlar strategiyasining turlari tahli qilish Menejment strategiyasi va taktikasi MENEJMENT STRATEGIYASI VA TAKTIKASI KIRISH MUNDARIJA i. bob. Menejment strategiyasi va taktikasining nazariy asoslari. 1. Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona uchun strategiya belgilash (tanlash) ning ahamiyati va uni aniqlash zarurati. 1. Strategiya va strategik rejalashtirish. 2. Strategik rejani amalga oshirishni boshqarish va nazorat qilish, taktika. 3. Strategiya turlari, biznes va kompaniya strategiyasi. ii. bob. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning tahlili. 1. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va usullari. 2. Tarmoqni ta'riflovchi umumiy iqtisodiy ko'rsatkichlar. 1.3 Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta'sirining darajasi. 4. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jixatlari. 5. Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH O`zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy xo`jalik tizimiga chambarchas bog`lanayotganligi va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tayotganligi natijasida xalq xo`jaligi miqyosida yangi mulk shaklidagi korxonalar, kompaniyalar, firmalar, jamiyatlar shakllanayotganligi munosabati bilan boshqarishning mazmunan yangi turi bo`lgan menejmentni o`rganishga bo`lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Prezidentimiz I. A. Karimov ta‘kidlaganidek «Ma‘mur — menejerlarni tayyorlashni yo`lga qo`yish, yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy texnologiyada ishlashga qobil ishchi va mutaxassislarni tayyorlashni yo`lga qo`yish lozim» degan o`gitlari bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Darhaqiqat, hozirgi kunda yuqori malakali yuksak kasbiy mahoratga ega bo`lgan boshqaruvchilargina mamlakatimiz taraqqiyotini jahonning eng rivojlangan davlatlari qatoriga iqtisodiy bo`ronlarsiz olib chiqishi mumkin. Respublikamizdagi iqtisodiy va siyosiy tizimlarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar har bir jamoa, guruh, shaxs uchun, ularning faoliyat ko‘rsatishning barqarorligi uchun katta imkoniyatlar tug‘dirish bilan bir qatorda, jiddiy havf-xatar ham tug‘diradi, amalda kutilmagan holatlar, noaniqlik kiritadi. Bunday vaziyatda qarorni qabul qilish alohida ahamiyatga egadir, chunki rahbar yoki rahbariyat tomonidan qabul qilinayotgan har bir qaror nafaqat korxona faoliyatining natijasiga, balki butun jamiyat sotsial-iqtisodiy Ko‘rsatkichlariga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Respublikamizda amalga oshirilayotgan murakkab va shu bilan bir qatorda tarixiy isloxatlar davomida iqtisodiy va siyosiy va ijtimoiy hayotimizda ma'lum bir muammalarga duch kelmoqdamiz. Shulardan biri - ro‘y beradigan o‘zgarishlar va imkoniyatlarni oldindan ko‘ra olish hamda xo‘jalik siyosati va strategiyasini ishlab chiqishdir. Korxonalar va ularning rahbarlari atrofdagi o‘zgarishlarga oddiy e'tibor beribgina qolmasdan, ilmiy asoslangan usullar asosida bu o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish, muvofiqlashtirish, korxona maqsadlariga va tashqi sharoitlarga moslashtirishni boshqarishlari zarurdir. Xo‘jalik siyosatini va strategiyasini ishlab chiqishda ―Strategik menejmentǁga murojat qilamiz. ―Strategik menejmentǁ nafaqat menejmentning bir qismi, balki alohida fan hamdir. Be‘jizga bu fanni oliy o‘quv yurtlarida ―menejmentǁ fanidan yana alohida o‘rganilmaydi. Har bir menejerga boshqaruvning strategik yo‘llarini bilish muhimdirki, unga alohida to‘xtalib o‘tiladi. «Strategiya» so‘zi grek tilidan olingan bo‘lib «jang maydonida joylashtirish san'ati» degan ma'noni anglatadi. Ammo bu xarbiy termin oxirgi 20 yil mobaynida mutaxasislar faoliyatiga, menejmentning nazariyasi va amaliyotiga keng ko‘lamda kirib keldi va quyidagi ma'noni kasb etdi. Strategiya - bu boshqarish yechimlarini qabul qilishda korxona foydalanadigan tartib va qoidalar yig‘indisidir. Bundan tashqari uni yana quyidagicha izoxlash mumkin. Strategiya - bu korxona missiyasini amalga oshirish va xo‘jalik maqsadlariga oshirishni ta'minlovchi umumiy majmuiy rejadir. Strategik menejment korxona ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish, mehnat jarayonini tashkil etish, korxona kelajagini belgilab, unga yetib borish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, firmaning iqtisodiy salohiyatini boshqarish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi. Strategik menejment boshqarishning ustivor qonuniyatlari, jixatlari bilan bir qatorda korxona faoliyatining yuqori samaradorligini ta'minlash, maxsulot raqobatbardoshligini oshirish va uning bozordagi barqarorligini mustahkamlashda qat'iy qarorlarni qabul qilishni o‘rgatadi. Download 296.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling