Microsoft Word baholash tartibi


Natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi, hamda


Download 2.89 Mb.
bet123/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi, hamda u differentsial renta deb ataladi.
Qishloq xo’jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi - yerning miqdori va sifatini tabiatning o’zi cheklab qo’ygan, uni inson ko’paytirishga kodir emas.
Shuning uchun qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor yer uchastkalarida to’plash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to’lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo’lsa, yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo’jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o’rtacha yoki yaxshi yerlarda xo’jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha mahsulot va yuqori foyda oladilar.
Demak, differentsial renta hosil bo’lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo’jalik yuritishdir.
Differentsial renta o’zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differentsial renta I va differentsial renta II ga bo’linadi.
Differentsial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo’llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Differentsial renta I ning hosil bo’lishini shartli misol yordamida ko’rib chiqamiz (11.1-jadval).
11.1 -jadval
Differentsial renta I ning hosil bo’lishi


Yer
uchast-kasi

Ijti-
moiy
ishlab
chiqarish
xarajat-lari(so’m)

O’rtacha
foyda
(so’m)

Ijti-
moiy
qiymat
(so’m)

Yalpi
mahsu-
lot
(tonna)

Mahsu-
lotning
induvi-dual
qiymati

Ijti-
Moiy
Qiymat
-bozor
Narxi
(so’m)

Yalpi
sotil-gan mah-sulot
(so’m)

Dif-feren-
tsial
renta 1
(so’m)

A

8000

200

10000

20

500

500

10000

-

B

8000

200

10000

25

400

500

12500

2500

V

8000

200

10000

30

333

500

15000

5000

Misolimizdagi uch xil yer uchastkalaridan olingan mahsulotning ijtimoiy qiymati bir xil, ya’ni 10000 so’mni tashkil qiladi. Yalli hosildorlik A uchastkasida 20 tonna, B va V uchastkalarda 25 va 30 tonnani tashkil qiladi. Har bir uchastkadan turlicha hosil olinganligi tufayli ularda yetkazilgan mahsulotlarning individual qiymati ham turlicha bo’lib chiqadi. ya’ni, A uchastkasida har bir mahsulot birligining qiymati 500 so’m bo’lsa, B uchastkasida 400 so’m, V uchastkasida esa 333 so’mni tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifati yomon uchastkada yetishtirilgan mahsulot narxida sotiladi (misolimizda 500 so’m). Natijada yomon yer uchastkasi (A) o’zining yakka ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda R. olish imkoniga ega bo’ladi. O’rtacha (B) va yaxshi (V) yer uchastkalarida esa yomon yer uchastkasi (A)ga nisbatan 2500 va 5000 so’m miqdorda qo’shimcha daromad olinadi.


Bu olingan qo’shimcha daromad yerning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan differentsial renta I ni tashkil qiladi. Differentsial renta II xo’jaliklarni intensiv rivojlantirish, yerning hosildorligini oshirish uchun qo’shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya’ni qishloq xo’jaligida kimyoviy o’g’itlarni qo’llash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog’liq holda vujudga keladi.
Bu holni biz 11.2-jadvalda shartli misol bilan ifoda etishimiz mumkin.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling