Microsoft Word baholash tartibi


-jadval. Asosiy kapitalga investitsiyalar va ularning moliyalashtirish manbalari bo’yicha tarkibi (foizda)


Download 2.89 Mb.
bet147/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

11.4-jadval. Asosiy kapitalga investitsiyalar va ularning moliyalashtirish manbalari bo’yicha tarkibi (foizda)

Ko’rsatkichlar

Yillar

2000

2001

2002

2003

2004

2005

2006

2007

Asosiy kapitalga investitsiyalar, mln.so’m

744,5

1320,9

1442,4

1867,4

2473,2

3012,9

3838,3

5479,7

Jami

100

100

100

100

100

100

100

100

Davlat byudjeti

29,2

21,5

25,0

17,7

14,9

12,8

10,7

9,0

Korxonalar mablag’lari

27,1

31,0

40,0

41,8

43,2

48,5

48,3

59,0

Aholi mablag’lari

12,0

10,3

12,0

11,1

12,4

11,8

11,7

Hukumat tomonidan kafolatlangan xorijiy investitsiyalar

19,8

23,2

15,7

19,2

14,5

6,0

4,9

22,8

To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar

3,4

4,8

4,7

7,1

10,0

13,2

14,1

Bankning markazlashgan kreditlari

5,2

5,9

0,1

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

Tijorat banklari kreditlari

1,7

2,2

1,5

1,9

2,3

2,9

3,4

3,1

Nobyudjet fondlar mablag’lari

1,2

0,5

0,3

0,4

2,4

4,7

6,9

6,1

Boshqa qarz mablag’lari

0,4

0,6

0,7

0,8

0,3

0,2

0,0

0,0

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.

Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:
1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;
2) foiz stavkasi.
Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo’lsa, sotib oladilar.
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi bu – real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo’lgan, band qilingan pul kapitaliga korxona to’lashi lozim bo’lgan pul miqdori hisoblanadi.
Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta’sir ko’rsatadi:
1) mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;
2) tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori;
3) texnologik o’zgarishlar.
SHunga ham e’tibor qaratish lozimki, yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. SHunga ko’ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur.
Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga mo’ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo’shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo’shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat. Boshqacha aytsak, sof investitsiya yalpi investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng. Sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning o’sishini ta’minlaydi.


Соф инвестициялар







Капитал
Yalpi



Амортизация
investitsiyalar


Истеъмол ва давлат сарфлари


Капитал ҳажми

ҳажми


Yil boshiga YaMMning yillik hajmi Yil oxiriga


a) o’sib boruvchi iqtisodiyot


Амортизация


Yalpi

Истеъмол ва давлат сарфлари

investitsiyalar



Капитал ҳажми

Капитал ҳажми




Yil boshiga YaMMning yillik hajmi Yil oxiriga


b) turg’un iqtisodiyot


Амортизация

р




Yalpi

Истеъмол ва давлат сарфлари

investitsiyalar



Капитал ҳажми



Капитал ҳажми

Yil boshiga YaMMning yillik hajmi Yil oxiriga


v) qisqarayotgan iqtisodiyot

11.5-chizma. Yalpi investitsiya hamda amortizatsiya nisbati o’zgarishining iqtisodiyotga ta’siri.
Yalpi investitsiyalar bilan amortizatsiya hajmi o’rtasidagi nisbat iqtisodiyot rivojlanish holatining ko’rsatkichi hisoblanadi. Quyidagi 5-chizmada yalpi va sof investitsiyalar hamda amortizatsiya nisbati o’zgarishining o’suvchi, turg’un va qisqaruvchi iqtisodiyotlarga ta’sirini ko’rishimiz mumkin.
CHizmadan ko’rinadiki, yalpi investitsiyalar tarkibida sof investitsiyalar hajmining ahamiyatli darajada bo’lishi yil oxirida kapital hajmining o’sishiga hamda, pirovardida iqtisodiyotning o’sishiga olib keladi. Turg’un iqtisodiyot sharoitida esa yalpi investitsiyalar faqat amortizatsiya ajratmalari, ya’ni iste’mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmiga teng bo’lib, yil oxirida kapital miqdori o’zgarmay qoladi. Yalpi investitsiyalarning iste’mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmidan ham oz bo’lishi yil oxirida kapital miqdorining qisqarishiga va, buning oqibatida, iqtisodiyot ko’rsatkichlarining pasayib ketishiga olib keladi.
4. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash muammolari.
Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi makroiqtisodiy muvozanatga erishish barqaror iqtisodiy o’sishning sharti hisoblanadi. Biroq, bu muvozanatga erishish doimo oson kechavermaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi hamda jamg’arma darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog’liqligi hisoblanadi.
Investitsiya va jamg’arma o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash borasida bir qator nazariy qarashlar farqlanadi. Bu borada eng avvalo klassik iqtisodchilarning qarashlarini ko’rib chiqamiz.
Klassik iqtisodchilar nuqtai nazaridagi eng markaziy holat – bu ular tomonidan foiz stavkasining ham investitsiyaning, ham jamg’armaning funktsiyasi sifatida qaralishi hisoblanadi (6-chizma).

r S=S(r)

r2
E
r0
r1 I=I(r)

0 S0=I0 S, I




Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling