Microsoft Word Bas db access L. doc


Shakllarni aks ettirish holatlari


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/96
Sana24.09.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1686902
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   96
Bog'liq
Access 1

8.1 Shakllarni aks ettirish holatlari 
Har bir Access-shaklni ekranda quyidagi holatlarda aks ettirish mumkin: 
¾
konstruktor holatida
¾
shakl holatida; 
¾
jadval holatida. 
Ko‘rsatilgan holatlarni o‘zgartirish Вид menyusi buyruqlari yordamida yoki uskunalar panelidagi 
holatlar nomlari ro‘yxatini ochuvchi Вид tugmasi yordamida amalga oshiriladi. 
Konstruktor holati. Shakllarning konstruktor holati Вид menyusining Конструктор buyrug‘i 
yordamida o‘rnatiladi va shakllarni loyihalash uchun mo‘ljallangan.
Shakl holati. Вид menyusining  Режим формы buyrug‘i shakllarning ishchi ko‘rinishini o‘rnatadi. 
Bu holatda foydalanuvchi shakl yaratilgan jadvalda qo‘shish, o‘chirish, yangilash va ma’lumotlarni 
aks ettirish ishlarini bajarishi mumkin. Ma’lumotlar yozuvlar bo‘yicha (faqat bitta yozuv 
ma’lumotlari ko‘rinadi) yoki jadval ko‘rinishida (ekranda bir nechta yozub paydo bo‘ladi) aks 
ettiriladi. Yozuvlar bo‘uich tasvirlashni ma’lumotlarni qo‘shish va o‘zgartirish uchun ishlatish tavsiya 
etiladi. 
Jadval holati. Shakllarni jadval holatida tasvirlash Вид menyusining Режим таблицы buyrug‘i 
yordamida analga oshiriladi. Bu holatda foydalanuvchi bir paytda bir nechta boshqaruv elementlarisiz 
formatlanmagan yozuvlarni ko‘rishi mumkin. Jadval holatida tasvirlangan shakl har doim ham shakl 
uchun asos bo‘lgan jadval bilan bir xil bo‘lmaydi. Maydonlarning shaklda va joriy jadvalda joylashish 
tartibi farq qilishi mumkin. 
Shakldagi yozuvlarni ko‘rish shakl oynasining pastki qismida joylashgan strelkali tugmalar 
hamda [PageUp] va [PageDown] tugmalari yordamida amalga oshiriladi. Aktivlashtirilgan maydon 
tashkil qiluvchilari belgilanadi. Shakl maydonlarini tashkil etuvchilarini almashtirish mumkin bo‘lgan 
tahrirlash holati [F2] tugmasini bosish yordamida o‘rnatiladi. Maydon tashkil etuvchilari 
o‘zgartirilganda shakl oynasining belgilash ustunida qalam tasviri paydo bo‘ladi. 
Shaklga yangi yozuvlar kiritish mumkin. Buning uchun Записи menyusining Ввод данных 
buyrug‘i mo‘ljallangan. Uni ishga tushirganda yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirish mumkin bo‘lgan 
bo‘sh yozuv paydo bo‘ladi. Shakldan yozuvlarni o‘chirish [Delete] tugmasi yordamida amalga 
oshiriladi. O‘chiriladigan yozuv belgilanishi hart. Buning uchun belgilash ustunida sichqonni bosish 
etarli. Yozuvlarni belgilash ustunidan tashqarida sichqonni bosish bilan bekor qilinadi. Belgilangan 
yozuvlar Правка menyusining Вырезать и Копировать buyrug‘i yordamida almashish buferiga 
olib qo‘yilishi mumkin. Shakllarda izlash va almashtirish amallarini bajarish mumkin. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling