Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
18 — Dilbarchik. — Ha-a, Dilbar. Mana shu mehmonlarga bir o‘ynab ber, Dilbar. Ashula bilsang, ashula aytib o‘yna, xo‘pmi? Dilya ashula aytib-aytib xirom etdi: Muncha uyqu bosdi sizi, onalar, Fikr etingiz, o‘ylab u peshonalar, Ilm, maorif bila begonalar, Bo‘ldingiz olamga siz afsonalar, Mazlumalar, jonlara jononalar, Qizlaringizni o‘qiting, onalar! Ayollar qars-qars qarsak chaldi. Qiyqirib-qiyqirib olqishladi. — Qizlar... erkaklab ketdi! Ana, qizlar erkaklab ketdi! — dedi Zaynab momo. Zaynab momo 8 mart davrasi davomida televizor diktordan... betini bekitib o‘tirdi! 24 Botir firqa oliy partiya maktabida o‘qib keldi. 25 Yuqoridan katta kelsa — faollar yig‘ilishidan qaytar edi. Yuqoridan katta kelsa — bog‘lar qo‘ynidan qaytar edi. Yuqoridan katta kelsa... baliq ovidan qaytar edi. Bir saratonda Sharof Rashidov keldi. Quyosh sharq burjidan... falak gilamiga qadam qo‘yar bo‘ldi. Olamni sodiq zotlar qalbiday ravshan ham musaffo etar bo‘ldi. Sharof Rashidov tumanma-tuman aylandi. Kolxozma-kolxoz aylandi. Dalama-dala aylandi. — Endi, mana buyoqqa haydang! Sharof Rashidov shunday deya, adir tarafni ko‘rsatdi. Mayda mashinalar karvoni adir oralab yo‘l oldi. Mashinalar adir oralab yurdi-yurdi... biyday cho‘ldan chiqib qoldi! — Mana shu yerda to‘xtating! — buyurdi Sharof Rashidov. Sharof Rashidov mashinadan tushdi. Tevarakka nazar soldi. Kaftini peshonasiga soyabonlab qaradi. Ko‘zlarini qisib qaradi. Qiblai olam biyday cho‘l bo‘ldi. Dunyo misoli cho‘ldan iborat bo‘ldi. Kunbotar-da ko‘rinib turdi, kunchiqar-da qo‘rinib turdi. Saraton... oshiq yuragiday yondi! Ma’shuq yuragiday yondi! Bir chaqirimcha olisda oppoq bir tasma uzala tushib yotdi. Oppoq tasma bir... mashina yo‘l bo‘lib ko‘rindi, bir... so‘qmoq yo‘l bo‘lib ko‘rindi. Bu — Amudaryo bo‘ldi. Amudaryo sokin-sokin oqdi. Shu bois, oqib ketyaptimi yo to‘xtab turibdimi — bilib bo‘lmadi. Sharof Rashidov faollarga qarab-qarab yurdi, oyoqlari osti qum-tuproqlarga tikilib qoldi. Tuproqdan ko‘z olmay bosh chayqadi. — Ishlamabsiz, o‘rtoq Rajabov, ishlamabsiz, — dedi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling