Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
— Ha, oynang boshingdan qolsin, boshginangdan qolsin! 
— U bir dilbuzar, xola, dilbuzar! 
— Qarigan chog‘imda yuruvsiz bo‘ldim-a, yuruvsiz-a! 
— Xola, anavi ichkarida firqa bovalar o‘tiribdi, ko‘p javramang. 
— Ichkarilang. Ikki piyola choy iching. Non egasi bilan chuchuk! 
Shunda, momo uy taraf qaradi. Botir firqaga qaradi. Hassasini uy tarafga qo‘yib 
do‘qillatdi. Ohista iziga burildi. 
— Mayli, tuz tortgan ekan, kiraman, — dedi. — 
Lekin birovingniyam betingga qayrilib qaramayman! 
Botir firqa momoni tanidi. U Mirzaxo‘jaevani keksa onasi Zaynab momo bo‘ldi. 
Zaynab momo hassasini do‘q-do‘q urib ichkariladi. Ostonada hassasini devorga suyab 
qo‘ydi. Bo‘sag‘ada tik turdi. Tevarakka razm soldi. 
Televizor qiblagohda — Zaynab momoni chap tarafida bo‘ldi. Shu bois, Zaynab momo 
chap tarafidan yuzini burdi. Ro‘molini peshonasiga tortib qo‘ydi. Ro‘moli chap tarafi 
burchidan ushladi. Ro‘moli burchini yuzi uzra ko‘tarib... yuzini yashirdi. Televizorda 
so‘zlovchi diktordan... yuzini yashirdi. 
Zaynab momo shu holda ichkariladi. Hali o‘zi o‘tirmish to‘rdan joy oldi. Sandiqqa qarab 
o‘tirdi. Ro‘moli burchini ushlab, televizorga... yelka burib o‘tirdi. Televizordan yuzini 
bekitib o‘tirdi. 
Uzatilmish choyni yengi ichida oldi. Ro‘molini qo‘yib yubormay oldi. Qayrilib qaramay 
oldi. 
— Dasturxonga qarab o‘tiring, xola, — dedi bir faol. 
— Yo‘q, qaramayman, — dedi. — Nomahramlarga qaramayman! 
— Dasturxon nomahram emas-ku? 
— Dasturxon bo‘lmasa, anavi qutida javrayotgan betavfiq nomahram! 
Faollar og‘iz ushlab kuldi. Bir-birini turtib kuldi. Bir-birini chimchilab kuldi. 
Botir firqa barini bilib o‘tirdi. Zimdan kuzatib o‘tirdi. Ko‘ngli, Zaynab momo bilan 
salomlashay, dedi. Piyola gardishiga tikilib gap boshladi: 
Zaynab momo, maza qanday? — dedi. — O’ynab-kulib yuribsizmi? Suyak dadilmi? 
— Shukur, firqa bova, shukur. O’zingiz qanday, bola-baqra katta bo‘lyaptimi... 
— Shukur, shukur. Ammo-lekin ovozingiz baland-baland chiqyapti, tinchlikmi? 
— Tinchlik bo‘lmay nima bo‘lardi, firqa bova. Xudoga shukur, qizlarim o‘zidan tingan. 
Shu qizlari qurg‘ur, o‘ylamay-netmay, nomahram erkaklarga ro‘para qiladi-da. 
O’lganimni kunidan o‘tiraman-da. 
— Endi, u televizor-da, Zaynab momo, televizor. 
— Ha... qutisi boshidan qolsin! Bir surbet... qutidan boshini chiqarib qaraydi deng. 
Gunohlarga botib o‘ldim, gunohlarga-ya! 
— U bir diktor-da, Zaynab momo, dikgor. 
— Ha... Unday erkakni oti o‘chsin, otginasi o‘chsin! Erkak zoti bunchalik surbet 
bo‘lmaydi-da! Shunday kelib o‘tirishimni bilaman — menga ko‘zini lo‘q qilib... gap otib 
qolsa bo‘ladimi? 
— Shunday tuyuladi, Zaynab momo. Aslida, diktor hammaga qarab gapiradi. 
— Qirchiningdan qiyilgur, menga qarab gapirdi! Ko‘zimga baqrayib gapirdi! Ishshayib 
kuldi ham! 
Shu vaqt televizor bir kuy chaldi. Bir faol Obod Mirzaxo‘jaevani yetti-sakkiz yoshli 
ko‘hlikkina qizini silab-siypadi. 
— Oting nima? — deya so‘radi. 
— Dilya! — dedi qiz. 
— Yo‘q, o‘zingni oting nima? 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling