Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
13 Kechasi el-yurtni uxlatdi. To‘rtta halol dehqonni ergashtirib, xonaqoga bordi. Darvoza- derazalarni buzdirib oldi. Kolxoz o‘tinxonasiga tashitdi. Bir burchakka qalatdi. Ustidan tut kundalarini bostirdi. Kundalar ustidan shox-shabbalar tashlatdi. O’tinxonani qulfladi. Kalitni cho‘ntakka soldi. — Tuya ko‘rdilaringmi-yo‘q? — dedi. — Yo‘q, — dedi dehqonlar. — Agar hidi chiqsa, beshtamiz ham manavi yoqqa boramiz. Botir firqa barmoqlarini panjara-qamoqxona qilib ko‘rsatdi. Ertasi kuni xonaqo buzildi. Izlar bosti-bosti bo‘ldi. 19 Kinoteatr kun sayin qad ko‘tardi. Markazdan ashyo-anjomlar keldi. Botir firqa kinoteatr eshik-derazalarini maktabga qo‘ndirdi. Boisi, maktab eshik- derazalari qiyshayib yotib edi. Qish esa, bo‘sag‘ada edi. Kinoteatr eshik-derazalarini qo‘ndirish vaqtida quruvchilar qarasa — eshik-da, deraza-da yo‘q bo‘ldi. Quruvchilar markazga xabar berdi. Markazdan taftish keldi. Tekshir-tekshir boshladi. Shunda, Botir firqa taftishchilarga maktabni ko‘rsatdi. Vaj-sabablarini aytdi. — Ammo-lekin o‘quvchi avlodni sovuqdan saqlab qoldim! — dedi. Taftishchilar bosh irg‘adi. Botir firqani qo‘llab-quvvatladi. — To‘g‘ri qilibsiz, — dedi. — Xo‘sh, endi nima qilmoqchisiz? — Endi... Endi, gap bunday, — dedi Botir firqa. — Xabarlaringiz bo‘lsa kerak, anavi suv bo‘yida bir... eskilik sarqiti bo‘lar edi. — Eskilik sarqiti? — Shunday-shunday. Xonaqomi, machitmi... shunday bir balo deyilar edi. Ishqilib, dindorlar yiqilib-turadigan namozxona edi. Men otam zamondan qolgan ana shu namozxonani buzdirib tashlab edim. Shara-baralarini tashlatib yuborib edim. Eskilik sarqitini shara-barasi kimga kerak, to‘g‘rimi? Ana shu shara-baralarni qorovullar o‘tin qilish uchun o‘tinxonaga olib borib tashlabdi. Qorovullar biladi-da, archa yog‘och yaxshi yonadi. — Archa yog‘ochdanmidi? — dedi taftishchi. — Bari ashqol-dashqol archa yog‘ochdan edi-da, archa yog‘ochdan! Endi, ana shu eski-tuskilardan foydalanib tursak deb edim. — Qani, o‘sha eski-tuskilar? Botir firqaga jon kirdi. Taftishchilarni o‘tinxonaga olib bordi. Taftishchilar enkayib qaradi. Taftishchilar qiyshayib qaradi. — Voy-bu-uy, qani, ko‘rinmaydi-yu? — dedi. — Mana shularni «tagida yotibdi, — dedi Botir firqa. — Tayyor jihozniyam shunday qiladimi-a? — deya bosh chayqadi taftishchi. — Bu o‘zi bir... eskilik sarqiti bo‘lsa, nimasini ayaydi? — dedi Botir firqa. — Bu ish xalqni eskilikka nafrati-yu, sovet tuzumiga hurmatidan! — To‘g‘ri, lekin shunday jihozlar bekordan-bekor o‘tin bo‘lgandan ko‘ra... foydalansa bo‘lmaydimi? — Bo‘ladi, bo‘ladi. — O’zi, qayta tiklasa bo‘ladimi? Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 14 — Juda bo‘ladi-da! Shunday qo‘li gul ustalarimiz bor, boplab tashlaydi. — Unda, o‘sha ustalaringizni chaqirib, darhol tuzattiring! Keyin, foydalanishga topshiring! Botir firqa uchun shu gap kerak edi. U yuqorini buyrug‘ini bajardi. Download 420.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling