Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
11 — Yo‘q, yo‘q, unday xayolga bormang, o‘rtoq komandir, unday xayolga bormang. Gap shundaki... — Xo‘sh, gap nimada? — Gap shundaki, o‘rtoq komandir, ular juda aziz zotlarni bevasi, juda tabarruk zotlarni zurriyoti. — O’rtoq rais, siz aytgandek, kazo-kazolarga qaraladigan bo‘lsa, ocharchilikni tugatib bo‘lmaydi. Ukrainada generallarning bola-baqrasini ko‘mdik, generallarning! Ko‘plarini tiriklay ko‘mib tashladik, tiriklay! Bo‘lmasa ocharchilikni tugatib bo‘lmas edi! Mirzaxo‘jaboyni bevasi Botir firqaga mo‘ltiradi. — Suv, suv... — dedi. — Bolamga suv bering. — Uchir! — deya o‘shqirdi bir xodim. — O’ladigan odamga... suv nima kerak? — To‘g‘ri, o‘likka... suv nima kerak? — dedi ikkinchi xodim. Mirzaxo‘jaboyni bevasi ana shunda qaerda ekanini bildi. Olazarak bo‘ldi. Botir firqaga yolvordi. — Firqa bova, meni olib keting, — deya inqilladi. — O’zimga en bo‘lolmayman, sizga qanday bo‘y bo‘la-man? — deya o‘ksindi Botir firqa. — Men otasini yolg‘iz tirnog‘ini odam qilishim kerak... Bir xodim birdan hushyor bo‘ldi. Alang-jalang bo‘ldi. — Nima-nima?! — dedi. — Uyga ketasan? Ketasan-a, ketasan, ketib bo‘psan! Endi, sening... o‘ligingni orqalab kelish uchun yana boramizmi? Nima, sening... o‘ligingdan boshqa ishimiz yo‘qmi? — Uliklarga do‘q qilmang, o‘rtoq, o‘liklarga do‘q qilmang, — ded Botir firqa. — Do‘q qilmay bo‘ladimi? O’zi, allaqachon o‘lib bo‘lgan. Yana-tag‘in, uyga ketaman, deydi. — Oldin o‘lsin... — dedi Botir firqa. — O’ladi! O’limga mahkum etydgan, o‘ladi! Ana, rangida hayot asari yo‘q. Birgina shu... o‘lik uchun tag‘in boramizmi? Bunaqada ocharchilikni qachon tugatamiz? — Yo‘q, ular o‘limga mahkum etilmagan, — dedi Botir firqa. — Men oldin ularga bittadan kulcha berar edim. Endi, ikkitadan kulcha beraman... Komandir sheriklariga nazar soldi. — Ana, o‘rtoq rais, ikkitadan kulcha beraman, deyapti, — dedi. — Bitta shu... o‘likka rahm-shafqat qilaylik? Kelinglar, uyiga olib borib qo‘yinglar. NKVDchilar o‘zaro qarashib-qarashib oldi. Noiloj qoldi. Bittasi mashinadan sholchani olib keldi. Alam bi-lan yoydi. Bittasi ona-bolani oyog‘idan oldi, bittasi boshidan oldi. Achchiq ham zarda bilan sholchaga o‘radi. O’ramni qo‘ltiqlab, mashinaga yo‘l oldi. 15 Birinchi kinoteatr qurilajak bo‘ldi. Loyiha tasdiq bo‘ldi. Botir firqa kinoteatr dovrug‘ini olamga yoyajak bo‘ldi. Respublika miqyosida doston etajak bo‘ldi. Shu maqsadda Yo‘ldosh Oxunboboevni taklif etdi. Qurilish boshida katta yig‘in bo‘ldi. Karnay-surnay chalindi. O’yin-kulgi bo‘ldi. Qozon osildi. Yo‘ldosh Oxunboboev qarsaklar ostida poydevor ora-siga esdalik yodnomasini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling