Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


  Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod  www.ziyouz.com


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

10 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
Shunda Botir firqa boshliq faollar tuman yo‘l oldi. Kattalarga murojaat etdi. 
— Mozoristonda sog‘ joy qolmadi, — dedi Botir firqa. 
— Butun tumanda shunday, — dedi kattalar. — Biz yuqoriga xabar berdik, yordam 
beramiz, dedi. 
— Ungacha jasadlarni qaerga qo‘yamiz? 
— Topiladi, tirikka topilgan yer, o‘likkayam topiladi! 
11 
Qish qaridi. 
El ko‘klamni poyladi. Intiq-intiq poyladi. O’t-o‘lan amal olishini qaradi. O’t-o‘lanlar bilan 
kun kechirishni o‘yladi. Ko‘kat yeb, qorin to‘ydirishni o‘yladi. 
12 
Chin, yuqoridan yordam keldi. Polutorka minib kel-di. 
Uchta NKVD xodimi keldi. Uchovini-da belida mau-zer bo‘ldi. 
Tuman vakili NKVDchilarni tanitdi. 
— Bu o‘rtoqlar ocharchilikka qarshi kurashish uchun keldi! — dedi. 
— Ocharchilikni tugatish uchun! — deya tuzatdi NKVD komandiri. 
— Vinovat, o‘rtoq komandir, vinovat, — dedi tuman vakili. — Siz faollar, mana shu 
hukumat vakillari ocharchilikni bartaraf etishlari uchun yaqindan yordam berasizlar! 
— Biz, siz faollarga suyanamiz! — dedi komandir. — Sizlar qanchalik ko‘p yordam 
bersalaringiz, biz ocharchilikni shunchalik tez tugatamiz. Biz bu borada yetarli tajribaga 
egamiz. Yigirmanchi yillarda Ukrainada xuddi shunday ocharchilik avj olib edi. Million-
million qurbonlar bo‘lib edi, million-million! Moskva bizni Ukrainaga safarbar etdi. Biz 
juda qisqa muddat ichida Ukrainada ocharchilikka nuqga qo‘yib keldik! 
— Biz uchun kelibsizlar, qo‘limizdan kelgan yordamni beramiz, — dedi Botir firqa. — 
Mana, tushunchali-tushunchali faollarimiz o‘tiribdi. 
— Bizga tushunchali odam kerak emas, — dedi ko-mandir. — Bizga yuk tashuvchi 
odam kerak! 
— Xo‘p, mana faollarimiz, tanlab oling. 
NKVDchilar oltita faolni tanlab oldi. 
13 
Aytilmish mahkamani o‘z qabristoni bo‘ldi. O’z mo-zori bo‘ldi. 
NKVD hrdimlari o‘r-jarlarni ko‘rdi. Soy-qirlar-ni ko‘rdi. O’ydim-chuqurlarni ko‘rdi. 
Xaroba-choldevor-larni ko‘rdi. Nihoyat, ana shu... qabristonni topdi! 
Qishloqtsan besh-olti chaqirimda eski bir hovuz bo‘ldi. Gir aylanmish tolzor hovuz bo‘ldi. 
Ko‘pdan buyon qarovsiz yotmish hovuz bo‘ldi. Suv to‘ldirilmasa-da, tagi sernam hovuz 
bo‘ldi. 
— Mana shu joyni tanladik, — dedi komandir. 
Botir firqa tushunmadi. Bir hovuzga qaradi, bir komandirga qaradi. Qishloq qiblasida 
yoyilib yotmish qabristonga qaradi. 
— Ammo-lekin har yurtni o‘z qabristoni bor, — dedi. 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling