Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
6
— Qizalog‘ingizni oti nima? 
— Obod. 
— Obod, Obod... Mirzaxo‘jaboyni qizimi? 
— Shunday, Obod... o‘sha kishidan! 
— Siz kimni zurriyotini bozorga olib chiqqaningizni bilyapsizmi? Kimsan, 
Mirzaxo‘jaboyni zurriyoti! 
Ona miq etmadi. Ona yerga tikildi. 
— Mirzaxo‘jaboyni zurriyoti-ya! — dedi Botir firqa. — Chin, Mirzaxo‘jaboylar sovet 
hukumatini tan olmay, Afg‘onistonga qochib ketdi. Lekin u kishi Saidxo‘ja eshonni 
to‘ng‘ich o‘g‘illari. Bir so‘z bilan aytsak, eshonzoda, eshonzoda! 
Ana shunda, ona tilga kirdi. Jelagi yoqasi bilan og‘zini ushlab tilga kirdi. 
— Bir norasidani tovoniga qolmayin deyapman-da, firqa bova, — deya yig‘ladi. — 
Shugina norasida peshonamga sig‘mayapti! 
— Shugina bir... go‘dakni boqib bo‘lmay qoldimi? 
— Yo‘q-da, firqa bova, yo‘q-da. Xonumonimiz kuydi! Biz kuyib-kuyib... kul bo‘ldik! 
— Mirzaxo‘jaboyni go‘dagi uchun-a? 
— Kunjara bersam, yemasa nima qilayin? Zog‘ora non otliqqa yo‘q bo‘lsa, nima 
qilayin? 
— Bir borib aytsangiz... qadamingiz kira tilaydimi? 
Botir firqa umid suvlari sepib, umid suvlari sepib ketdi. 
7 
Botir firqa oqshom vaqti ayoliga tayinladi: 
— Mirzaxo‘jaboyni bevasiga bitta kulcha olib bo-rib ber, — dedi. — Faqat birov 
bilmasin, zamon yomon. 
— Bitta kulcha nima bo‘ladi? — dedi ayoli. 
— Har tandir yopishingda bittadan kulcha berib kelasan, tushundingmi? Bevasiga ayt
birov bilmasin. Zamon yomon, juda yomon... 
8 
1934 yil oyoqladi. 
Non chuchukdan-da chuchuk bo‘ldi. Non shirindan-da shirin bo‘ldi. Ilik uzildi! 
9 
Kulbalarda bekasi bilan xo‘jasi uzala tushib o‘lib yotdi. 
Bekasi bag‘rida qizalog‘i o‘lib yotdi. Xo‘jasi qo‘yni-da o‘g‘ilchasi o‘lib yotdi. 
Odamzot yo‘llarda o‘lib yotdi. Ariq bo‘ylarida o‘lib yotdi. Daraxt taglarida o‘lib yotdi. 
Birov zog‘ora nondan shishib o‘ldi. Birov kunjara-dan shishib o‘ldi. Birov shularni-da 
topolmay — ochidan o‘ldi! 
Qabristonlar liq-liq to‘ldi. Jasad qo‘yajak yer tugul, oyoq bosajak yer qolmadi. 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling