Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
Qosh qorayib-qorayib qoldi. 
Ona kulbasiga yetib keldi. O’choq boshida cho‘nqaydi. 
Bolasi yelkasidan sirg‘alib tushdi. Joyida o‘tirib qoldi. O’rmalab-o‘rmalab oldi. Oyoqqa 
qalqdi. Toy-toy yurdi. Atak-chechak yurdi. Tetapoya-tetapoya yurdi. Oyoqlarini yoydi. 
Tevarak-boshga ser soldi: qaerlarda non bo‘ladi? 
Bola ana shu joylarni titkiladi. Dasturxonni ochib qaradi. To‘ntariqlik toboqlar ostini 
qaradi. O’rog‘lik suprani yoyib qaradi... 
Onani enka-tenkasi quridi. Entikib-entikib na-fas oldi. O’zini o‘ngladi. Uziga keldi. 
So‘g‘in, qo‘ltig‘idan tugunni oldi. O’choq boshiga yoydi: tugunda kaftday zog‘ora non 
bo‘ldi! 
Uzalib, obtovani oldi. Jo‘mragidan yerga ikki tom-chi tomizdi. Jo‘mrakni og‘ziga qo‘yib 
ko‘tardi. Ko‘tarib suv ichdi. Entikib suv ichdi. 
Zog‘ora nonni olib... chappa burildi. Nonni katta-katta tishladi. Nonni katta-katta 
chaynadi. Nonni kat-ta-katta yutdi... 
Zog‘oradan ushoq-da qolmadi! 
Tag‘in... o‘ng burildi... 
Bolasi hali-hamon toboqlar ostidan... non qidirdi! 
— Beri kel! — dedi ona. — Beri kel, mana non! 
Bola hadahalab keldi. 
Ona bolasini bag‘riga oldi. Ona bolasi og‘ziga... ko‘krak soldi. Bolasiga ko‘krak berdi. 
6 
Onalar... tasbehday-tasbehday tizilib o‘tirdi. Ona bir yo‘lovchiga qo‘l cho‘zdi. 
Mana shu qizaloqni ola keting, sizga qiz bo‘ladi! — dedi. — Bir kulchaga 
almashaman, bir kulchaga! 
Ona bir yo‘lovchiga bolasini ko‘rsatdi. 
— Mana shuni zog‘ora nonga almashaman! — dedi. — 
Kaftday zog‘ora non bo‘lsa bo‘ladi! 
Mazkur yo‘lovchi... Botir firqa bo‘ldi. U e’tibor bermadi. Beparvo o‘tdi. 
Besh-o‘n qadam o‘tib, oyoq ildi. Boisi, ovoz tanish tuyuldi. Ketiga qayrilib qaradi. Ketiga 
qaytib keldi. 
Chin, tuyulganicha bor bo‘ldi. Bolasini oldiga olib o‘tirmish ona... Mirzaxo‘jaboyni bevasi 
bo‘ldi. 
Botir firqa qo‘llarini beliga qo‘ydi. Bevaga qarab turdi. 
Ona yerga qaradi. Bolasini butlari orasiga tortibroq o‘tirdi. Bolasini yelkalaridan 
quchoqlab o‘tirdi. Peshonasini bolasi boshiga qo‘yib o‘tirdi. Ona betlarini bekitib o‘tirdi. 
— Izimdan yurilsin! 
Botir firqa shunday deya, yo‘lida odimladi. 
Ona joyidan qo‘zg‘oldi. Bolasini ust-boshini qoqdi: boladan xas-cho‘p tushdi. Boladan 
chang-tuproq tushdi. Bola... gupillab-gupillab changidi! 
Ona o‘z ust-boshini tuzatdi. Etagini qoqdi. Jelagini betiga tortib qo‘ydi. Bolasini qo‘lidan 
yetakladi. 
Botir firqa ketiga qayrilmay qadamladi. Yerdan ko‘zini olmay qadamladi. 
Xolilatib-xolilatib oyoq ildi. Onaga qayrilmay gap ochdi. Yerdan ko‘z olmay gap ochdi. 
Ohista-ohista gap ochdi: 
— Siz Mirzaxo‘jaboyni kenja zaifasi... Zaynab... Zaynab xotinmisiz? 
— Shunday, shunday. 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling