Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
2
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 3 Qo‘shchini Botir firqa demagichlar bo‘ldi. Birov — firqa so‘ziga tushunolmay aytmadi. Birov — qo‘shchi so‘ziga o‘rganib qolib aytmadi. Tag‘in birov — qo‘shchiga firqa so‘zi yarashmaydi, deya aytmadi. Ana shunda, Botir qo‘shchi... chillasida chiroq ko‘rmagan bo‘ldi. Qo‘shchi birovni mehnat haqini qirqib tashladi. Birovni tomorqasini suvdan qisdi. Birovni mol-holini yemishdan tortdi. Otiga «firqa» so‘zini qo‘shib aytmagichlarni: «Xalq dushmani», deya aybladi. Shu-shu, qo‘shchi bir og‘izdan — Botir firqa bo‘ldi. 3 Botir firqa O’zbekiston poytaxti Samarqandda olti oylik siyosiy o‘qishni bitirib keldi. 4 1933 yil to‘ldi. Non chuchuk bo‘ldi. Non shirin bo‘ldi. Ota o‘z o‘g‘lini bir zog‘ora nonga almashdi. Ona o‘z qizini bir hovuch kepakka almashdi. Odamzot kunjara yeyishgacha bordi. 5 Ona bir eshakli o‘tkinchiga kaftlarini uzatdi. — Mana shu qizaloqni olib keting, katta bo‘lsa, eshigingizni supuradi! — dedi. — Bir hovuch kepakka beraman, bir hovuchgina! O’tkinchi o‘zini eshitmaslikka oldi. Bozor uchun narx-navoni so‘ramadi. Boshli-ko‘zli bolani so‘rab-surishtirmadi. Ona o‘ngga qaradi, ona chapga qaradi. Bozorda o‘zidan boshqa qolmadi. Shunda, ona bolasiga boqib ho‘ng-ho‘ng yig‘ladi. Bolasiga boqib uvv-uvv yig‘ladi. Ona enkaydi. Bo‘yin egdi. Bolasini bo‘yniga mindirmoqchi bo‘ldi. Ammo bolasi o‘zini orqaga oldi. Yo‘q, ishorasini berdi. Shunda, ona, bolasini yelkalariga qo‘yib-qo‘yib oldi. Bolasi ovozi boricha yig‘ladi. Ona o‘ng gapirmadi — chap gapirdi: — O’chir, bozori kasod! O’chir, zog‘ora non! Ona endi bolasini quloq-chakkasi aralash qo‘yib-qo‘yib oldi. Nihoyat, tayoq o‘tdi. Bolasi jonholatda turdi. Jonholatda onasi yelkasiga osildi. Bo‘ynidan quchoqlab oldi. Ona ro‘moli uchiga tutiklik bir nimani qo‘ltig‘iga oldi. Tugunni ehtiyotlab-ehtiyotlab qo‘ltiqladi. Yo pirim, deya, joyidan qo‘zg‘oldi. Oeqlayotib, qalqib-qalqib oldi. O’zini o‘nglab oldi. Bir-ikki qadam bosdi. Ona yelkasida bola, yo‘l oldi. Ona qo‘ltig‘ida tugun, yo‘l oldi. Bola onasi boshini opichlab bordi. Ovoz berib, yig‘lay, dedi. Onasidan qo‘rqdi. Onasi oyoqlarini chimchilab olishidan qo‘rqdi. Bola bor-yo‘g‘i ing-ing etib bordi. Baribir, ona ko‘ksida shalvirab borajak bolasi oyoqlaridan o‘yib-o‘yib oldi. Ona o‘ng gapirmadi — chap gapirdi: — O’chir, bozori kasod! Sidirg‘a o‘tir, bozori kasod, sidirg‘a o‘tir! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling