Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
9 Botir firqa marhumlarga tikilib turdi-turdi... be-ixtiyor qo‘llarini ko‘tardi. Marhumlar haqiga duo o‘qimoqchi bo‘ldi. Birdan esini yig‘ib oldi. Firqa ekanini o‘yladi. Sho‘ro raisi ekanini o‘yladi. Eng yomoni — tepasida NKVDchilar qarab turishi bo‘ldi. Botir firqa qo‘llarini tushirdi. Hadik bilan NKVDchilarga ko‘z qiri tashladi: yo‘q, ular o‘zlaricha gapirishib turdi. «Xayriyat, qo‘llarimni ko‘targanimni ko‘rib qolmadi, xayriyat», deb xotirjamlandi. Botir firqa taxlanib yotmish marhumlarga tikildi... ichida fotiha o‘qidi, ichida qur’on o‘qidi. So‘g‘in, yuqoriladi. NKVDchilar oldiga borib turdi. — Rangingiz oqarib ketibdi, qo‘rqdingizmi? — dedi komandir. — Yo‘q, nega qo‘rqaman, yo‘q... — deya ming‘illadi Botir firqa. — Rangingiz dokaday oqarib ketibdi? Yana-tag‘in, duduqlanyapsiz? — Ha, endi... el-yurtchilik, o‘rtoq komandir, el-yurtchilik. O’z el-yurtingiz emasmi, odamga picha botar ekan. Uncha-muncha malol kelar ekan. — O’rtoq rais, bu haqda buyruq bor, buyruq! — deya ovozini ko‘tardi komandir. — Buyruq! Sovet hukumatining buyrug‘i! Sovet hukumatining xohish-irodasi! Yoki sovet hukumatidan norozimisiz? Ana shunda, Botir firqa bir seskanib oldi. Teva-rakka olazarak-olazarak bo‘lib oldi. — Unday demang, unday demang... — deya kalovlandi. — Axir, men... firqaman, firqa! — Firqa bo‘lsangiz, nega ikkilanasiz? Botir firqa birdan... qaddini rostladi. Qomatini adl-adl etdi. Boshini tik-tik tutdi. — Yashasin, sho‘ro hukumati! — dedi tantanavor. — Sho‘ro hukumatiga shon-sharaflar bo‘lsin! Botir firqa shu qo‘yi qotib turdi. Mijja-da qoqma-di. Nafas-da olmadi! — Ana bu boshqa gap! — dedi komandir. Anaglundan keyin Botir firqa o‘zini... odam his etdi. O’zini erkin his etdi. Odamga o‘xshab nafas oldi. 14 Shu vaqt so‘qmoq yo‘lda polutorka ko‘rindi. Polutorka hovuz kemtigi oldida ko‘ndalang bo‘ldi. Mashinadan bir NKVDchi «tap» etib tushdi. Mashina orqasini ochdi. Mashinaga yelka tutib turdi. Mashina ustidagisi sholchaga o‘rog‘liq bir narsani burchidan sudrab keldi. O’ram bir uchini sherigi yelkasiga qo‘ydi. O’ram ikkinchi uchini o‘z yelkasiga qo‘ydi. Ikkita NKVDchi o‘ramni yelkalab, hovuzga tushdi. O’ramni boyagi ustma-ust jasadlar ustiga qo‘ydi. Sholchani bir chetidan tortdi. Sholcha ichidan... uchta jasad... jasadlar ustiga yumalab tushdi! NKVDchilar sholchani qoqib-qoqib taxladi. Hovuzdan chiqib keldi. Sholchani mashina ustiga tashladi. Komandirlari oldiga keldi. — Tag‘in uchtasini olib keldik, — dedi birovi. — Ikkita desayam bo‘ladi. Bitta maydagina bolacha, — dedi ikkinchisi. — Menimcha, bolasi bo‘lsa kerak, bag‘riga bosib yotibdi. — Bolasi o‘g‘ilmi-qizmi? — so‘radi komandir. — Kim qarabdi, o‘rtoq komandir. Ishqilib, bir go‘dak odamcha-da. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling