Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
— Bor, to‘g‘ri, bor, — dedi komandir. — Lekin ana shunday buyruq ham bor! 
— Qabriston ko‘chirilsin, degich buyruqmi? 
— Yo‘q, boshqacharoq buyruq, boshqacharoq... 
— Xo‘p, ayting, qandaychikin buyruq ekan? Men qishloq sho‘rosi raisiman, bilishim 
kerak? ; 
— Qizimang, o‘rtoq rais, qizimang. Biz ishimizni bilib qilamiz. Biz Ukrainada 
ocharchilikka qarshi kurashib, rosa tajriba to‘plaganmiz. Biz ana shu tajribalarimizdan 
kelib chiqib ish qilamiz. 
— Xo‘p, qani, tajribalaringizni ayting? 
— Tajribalarimiz bunday: siz aytgan anavi qabriston o‘z ajali bilan o‘lganlar uchundir. 
Faqat... ochliqdan o‘lganlar uchun emas! 
— Nima farqi bor, o‘z ajali bilan o‘ldi nima, ochlikdan o‘ldi nima? Bariyam o‘lim-da, 
bariyam go‘rga kiradi-da? 
Baribir emas-da, o‘rtoq rais, baribir emas-da. Axir... nega ochliqdan o‘ladi? Sovet 
zamonida-ya? Nega siz bilan biz yuribmiz, ular esa ochlikdan o‘ladi? Sovet zamonida-ya? 
Buni sovet tuzumi dushmanlari eshitib qolsa nima deydi? Jar solib yoyadi, karnay qilib 
chaladi-ku! O’zingizdan qolar gap yo‘q, yosh sovet tuzumining dushmanlari ko‘p. Ular 
sovet tuzumini bo‘g‘ib tashlamoqchi, ha, yosh sovet tuzumini yo‘q qilmoqchi. Siz bilan 
biz firqamiz. Shunday ekan, siz bilan biz sovet tuzumi dushmanlariga qarshi 
ko‘kragimizni qalqon qilishimiz kerak. 
— Firqamiz, firqa! — dedi Botir firqa g‘urur bilan. — Ha, firqamiz! 
— Ha-a, ana, ana! Og‘zing to‘la qon bo‘lsayam, dushmaning oldida tupurma, deydilar. 
Shuning uchun siz bilan biz ocharchilikka qarshi shafqatsizlarcha kurash olib borishimiz 
kerak. Ya’ni ochlikdan o‘lganlarni hech kimga bildirmasdan... imi-jimida... mana shunday 
o‘ralarga... ko‘mib tashlashimiz kerak. 
Botir firqa birdan sergak bo‘ldi. Qulog‘i ding bo‘ldi. Ko‘zlari pir-pir bo‘ldi. 
— Manavigami? Bu... hovuz-ku? — dedi. 
— Nima farqi bor, o‘rtoq rais, nima farqi bor? Tayyorgina chuqur! Birov biladi, birov 
bilmaydi. Bilmasa, hovuzni ko‘mib tashlabdi, deydi-qo‘yadi. Shu bilan gap tamom 
bo‘ladi. Biz mana shunday yo‘l bilan ocharchilikka qarshi kurashamiz. Qarabsizki, tez 
kunda ocharchilikni tugatamiz. 
— Buni... buni tuman kattalari bilan bir maslahatlashib ko‘rish kerak. 
— Tuman kattalari uyoqtsa tursin, butun sovet hukumati kattalari biladi, o‘rtoq rais. 
Bu haqda buyruq bor. Ocharchilikka qarshi ana shunday kurashilsin, degan buyruq bor. 
Ukrainada ocharchilikni ana shunday yo‘l bilan bartaraf etdik. Nasib bo‘lsa, 
O’zbekistonda ham ocharchilikni ana shunday uslubda tugatamiz. Ana ikkitasini olib 
keldik, ana. 
Botir firqa gap bilan andarmon bo‘lib bilmadi. E’tibor etmadi. 
Ana endi e’tibor berdi. Hovuz tagiga qaradi. Qunt bilan qaradi. 
Hovuz tagida... ikkita qora narsa ustma-ust taxlab qo‘yildi. Ikkita qora narsa uzala-uzala 
taxlab qo‘yildi. 
Botir firqa angrayib qoldi. Bir narsalarga ang-rayib qaradi, bir komandirga angrayib 
qaradi. 
— Bular... odam... — deya duduqlandi Botir firqa. — Bular... odammi? 
— Yo‘q, ular ochdan o‘lganlar, — dedi komandir. — Ular... sovet hukumatiga qarshi 
ochdan o‘lganlar! 
Botir firqa beixtiyor... beixtiyor hovuzga tushib bordi. 
Taxlanib yotmish jasadlarni qaradi. Yuzlarni ochib qaradi. Ikkovini-da tanidi: birovi Ashir 
momo bo‘ldi, biri Chori bobo bo‘ldi. 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling