Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
Shunda, Botir firqa ajabtovur bir ovoz eshitdi. Firqa alang-jalang bo‘ldi. Ovoz ko‘kdan 
kelyapti yo yerdan chiqyaptimi, bilolmadi. Bir ko‘kka qaradi, bir tevarakka qaradi, bir 
NKVDchilarga qaradi. Komandir iyagi bilan hovuzga imo etdi. 
— O’radan kelyapti, o‘radan, — dedi. 
Botir firqa hovuzga tikildi. Chin, ovoz hovuzdan kelmish bo‘ldi. Nazarida... nazarida, 
jasadlar qimir-qimir etmish bo‘ldi. 
Botir firqa yoqa tutamlab-yoqa tutamlab, angraydi. Botir firqa yoqa tuflab-yoqa tuflab, 
angraydi. 
— Iya! — deya komandirga qaradi. — Iya-iya... 
O’z-o‘zidan... hovuzga tushib bordi. Qo‘rqa-qo‘rqa bordi. 
Ovoz qadam sayin yaqin eshitildi. 
Botir firqa joyida qotib qoldi. Qadam bosishini-da bilmadi, ketiga qaytishini-da bilmadi. 
Ovoz tobora yaqindan keldi. 
Botir firqa yoqasini mahkam tutamladi. Ko‘zlarini yarim yumdi. Ham qo‘rquv, ham 
shijoat bilan yumdi. Ichida pichir-pichir kalima qaytardi. Dadil-dadil qadam qo‘ydi. 
Jasadlar boshiga bordi. Ko‘zlarini chirt yumib turdi-turdi... birdan yalt-yalt ochdi. 
Shunda... shunda, Mirzaxo‘jaboyni bevasini ko‘rdi! Mirzaxo‘jaboyni zurriyotini ko‘rdi! 
Botir firqani ichidan... bir nima o‘pirilib tushdi. Tan-joni jimir-jimir etdi. Tan-joni uvishib-
uvishib oldi. Sochlari orasida misoli qumursqa yurdi. Ko‘zlarini tag‘in chirt-chirt yumdi... 
Ularni tanidingizmi, o‘rtoq rais? 
Botir firqa ana shunda ko‘zlarini ochdi. Yonlarida NKVDchilarni ko‘rdi. 
Botir firqa tanidim, demishday bosh irg‘adi. Tag‘in jasadlarga tikildi. 
Ana shunda, Mirzaxo‘jaboyni bevasi ko‘zlarini yarim ochdi! Boshidagilarga o‘lik nigoh 
bilan boqdi. 
Botir firqa... biqinini changallab-changallab inqilladi. 
— U-u-uh!.. — deya oh urdi. — Tirik, tirik! O’rtoq komandir, ular tirik! 
Komandir sheriklariga yuz soldi. 
Darhaqiqat, ular hali nafas olmoqda-ku? — dedi. 
— To‘g‘ri, tirik, to‘g‘ri! — dedi birovi. — Lekin hozircha tirik, hozircha! 
— Baribir... o‘ladi! Bugun, bugun bo‘lmasayam... ertaga o‘ladi! — dedi ikkinchisi. 
Mirzaxo‘jaboyni bevasi jonsarak-jonsarak boqdi. Mo‘lt-mo‘lt boqdi. 
— Yo‘q, yo‘q... — deya pichirladi. — Firqa bova, non yo‘q. Bo‘lmasa, kelmas edim... 
Gapidan, Mirzaxo‘jaboyni bevasi qaerga kelib qolganini bilmadi, qaerdaligini bilmadi. 
— Tag‘in bitta kulcha bering, firqa bova, — dedi beva. — Bolamga berayin, non 
deyapti... 
— Beraman, beraman... — Botir firqa shunday deya, komandirga yuz soldi. 
— Urtoq komandir, tiriklarni ko‘mish qanday bo‘ladi? 
— Endi, nima qilaylik, o‘rtoq rais? Zamon shunday! Ocharchilikni bartaraf etmasak 
bo‘lmaydi. 
— Ammo-lekin... tirik-da, tirik! Ana, bag‘ridagi bolasi-da tirik! Sho‘ro hukumatiga 
ishchi kuchi kerak, o‘rtoq komandir, ular hali ish beradi. 
— Tushunaman, o‘rtoq rais, tushunaman. Ammo ular baribir... o‘ladi-da, o‘ladi! Nima 
yeb, jon saqlaydi? 
— Men ularga bittadan kulcha berib turar edim, o‘rtoq komandir. Bunday bo‘lishini 
bilsam, ikkitadan kulcha berar edim, o‘rtoq komandir. Men endi ularga ikkitadan kulcha 
berib turaman, o‘rtoq komandir, ikkitadan! 
Komandir Botir firqaga o‘smoqchilab-o‘smoqchilab qaradi. Bir ko‘zini qisib-qisib oldi. 
— U bilan... apoq-chapoqmisiz deyman? — dedi. — Balki qo‘lidagi bolasiyam... 
o‘zlariga qarashlidir, o‘rtoq rais? 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling