Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
12 joylashtirdi. Yodnoma ustidan birinchi g‘ishtni qo‘ydi. G’isht ustini andava bilan loyladi. Keyin, andavani Botir firqaga uzatdi. — Marhamat, o‘rtoq Esonov, marhamat! — dedi. Botir firqa Oxunboboevni qo‘lidan andavani oldi. Bir qo‘liga g‘isht oldi. Botir firqa kinoteatrni... ikkinchi g‘ishtini qo‘ydi! Qars-qars qarsaklar bo‘ldi. Ura-ura, hayqiriqlar bo‘ldi. Botir firqa Yo‘ldosh Oxunboboevni nazariga tushdi. Botir firqa Io‘ldosh Oxunboboevni dasturiga tushdi. — Bizga sizdek kommunistlar kerak! — dedi Oxunboboev. — Oldin Toshkentda o‘qitamiz, keyin Moskvada o‘qitamiz. Biz sizni ko‘taramiz! Turmush baxtiyor bo‘ldi, Botir firqa undan-da baxtiyor bo‘ldi! 16 Besh-olti kundan keyin... NKVD xodimlari keldi. Qurilishni aylanib qaradi. Bosh irg‘ab- irg‘ab qaradi. — Madaniy-maishiy inshootlarga keng yo‘l! — dedi. Keyin, tevarak-atrofni aylandi. Shunda, Saidxo‘ja eshonni xonaqosini ko‘rib qoldi. Xonaqo kinoteatrdan yuz qadamlar xolisda bo‘ldi. Ariq bo‘yida bo‘ldi. Ariq shovullab-shovullab oqdi. Suvi toza ham tiniq oqdi. El-yurt ana shu ariqdan suv ichdi. Qo‘shhovuchlab-qo‘shhovuchlab suv ichdi. El-yurt ariqqa yomon narsa tashlamadi. Ariqni harom etmadi. Suvni bulg‘amadi. Shu boisdan-da Saidxo‘ja eshon ana shu suv bo‘yida xonaqo qurdi. NKVDchilar xonaqoni gir aylanib ko‘rdi. Ichkarini aylanib ko‘rdi. Ilma-teshik etib ko‘rdi. — Buzilsin! — deya buyurdi. — Yangi turmush yonida eskilik sarqiti bo‘lishi mumkin emas! Buzilsin! NKVD gapi — qonun! NKVD gapi — otilgan o‘q! El-yurt nafas yutdi. El-yurt suv sepmishday jimjit bo‘ldi. El-yurt aza tutdi. 17 Xonaqoni mumtoz ustalar qurib edi. Xonaqo darvozalari naqshinkor-naqshinkor darvozalar edi. Derazalari jimjimador- jimjimador derazalar edi. G’oyat ohanjomali eshik-darvozalar edi, deraza-peshtoqlar edi. Deraza-darvozalar qadimgi Sharq me’morchilik san’atini noyob namunasi edi! Ayniqsa, mazkur ohanjoma deraza-darvozalar... archa daraxtidan edi. Archadan yasalib edi. Archadan yaratilib edi. 18 Botir firqa faollarga yuz soldi. Faollardan maslahat so‘radi. Faollar... Birov yuzini olib qochdi. Birov eshitib-eshitmaslikka oldi. Faol zoti bor — o‘zini olib qochdi. Botir firqa endi... yakkash o‘zi o‘yladi. Bir eskicha o‘yladi, bir yangicha o‘yladi. Eskicha bilan yangichani qo‘shib o‘yladi. Ana shunda, Botir firqa yurak yutib... bir ishga qo‘l urdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling