Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
15 — Beshinchi may, — dedi bir xodim. — Vaqt picha o‘tibdi, — dedi Botir firqa. — Pichagina o‘tibdi. Ammo-lekin haliyam kech emas. Botir firqa bir hafta qo‘mita binosi ichiga kirmadi. Hovlida xodimlar bilan xandaq qazidi. Xodimlar bilan turli-tuman nihol ekdi. O’rik ekdi. Olma ekdi. Gilos ekdi. Deraza ostida atirgul ekdi. Bo‘sag‘a oldida namozshomgul ekdi. Botir firqa ulkan darvoza oldida o‘ylab qoldi. Ketmon suyanib o‘yladi. Tevarak alanglab o‘yladi. «Hovlini to‘ldirib mevali daraxt ekdik, — dedi. Endi, darvoza oldiga-da mevali daraxt eksak. Masalan, olma eksak. Olmani soyasi o‘ziga yarasha bo‘ladi. Bersa, besh-olti kishiga soya beradi. Bu darvoza o‘z oti o‘zi bilan ijroqo‘m darvozasi bo‘ladi. Kelim-ketim ko‘p bo‘ladi. Xalq darvoza oldida yig‘iladi. Ichkari kirish uchun navbat kutadi. Olma qaysi biriga soya beradi? Yo‘q, besh-oltita ulkan daraxt kerak, ulkan!» Botir firqa o‘iladi-o‘yladi — darvoza oldida... yong‘oq ekar bo‘ldi. Yong‘oq ham mevali daraxt, ham ulkan daraxt, deya o‘yladi. Keyin, ushbu fikridan-da qaytdi. «Yong‘oq o‘zidan odam uchun ziyon hid chiqaradi, — dedi. — Ijroqo‘mga ko‘zidan yoshi oqqanlar keladi. Birortasi yig‘lab-yig‘lab, yong‘oq ostida... uxlab qolsa nima bo‘ladi?» Botir firqa tag‘in o‘yladi. Nihoyat, chinor ekajak bo‘ldi. — O’n tup chinor kerak, — dedi Botir firqa. — Birdan unib o‘sadigan, dadil-dadili kerak. Xodimlar mashinada kolxoz-sovxozlarga yo‘l oldi. Yaxshi-yaxshi chinor topib keldi. Xodimlar chinor tomirini xandaqqa soldi. Chinor bo‘g‘zidan bir qo‘llab ushladi. Botir firqa chinor ostiga bir satil suv soldi. Ustidan nurab tushgan devor tuprog‘ini soldi. Chinor tomirlarini devor tuproq bilan ko‘mdi. Ustidan yengil-engil tepkiladi. Tag‘in bir satil suv soldi. Endi, xandaqqa o‘zidan chiqqan tuproqni soldi. Tepkilab-tepkilab tekisladi. Botir firqa shu qabilda o‘n-o‘n beshtacha chinor ekdi. — Nasib bo‘lsa, qulf urib o‘sadi! — deya kuldi u. — Nasib bo‘lsa, bu chinorlar butun tumanga soya beradi! Botir firqa ertasi kuni ijroqo‘m raisi kreslosidan joy oldi. 23 1956 yil bo‘ldi. O’zbekistonda televizor joriy bo‘ldi. O’zbek xalqi televizor ko‘rajak bo‘ldi. Shu bois televizor otliqqa yo‘q bo‘ldi. Ushbu antiqadan bir donasi tuman xotin-qizlar qo‘mitasi ixtiyoriga keldi. Qo‘mita faollari mazkur mujda otini topolmay qiynaldi. To‘poriroq, faol «quti», dedi. Ilg‘orroq faol, «oyna», dedi. O’qimishliroq faol «dilbuzar», dedi. Faollar mujdani qo‘yib ko‘rajak bo‘ldi. To‘pori faol mujda qog‘oz xaltasini, yirtdi. Ilg‘or faol mujdani xaltadan sug‘urib oldi. O’qimishli faol mujdani «qizil burchak»ka ko‘tarib qo‘ydi. Bo‘ldi — undan uyog‘iga birovini-da aqli yetmadi! Televizor shu turishida oylab turdi. «Qizil burchak»ni bezab turdi. Begim kunlar — 8 mart keldi. Qo‘mita sovg‘a-salomlar tayyorladi. Xayr-ehsonlar tayyorladi. Ana shu televizor Obod Mirzaxo‘jaevaga sovg‘a etilar bo‘ldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling