Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
32
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 30 Botir firqa bosh vrach bilan uzun dahliz bo‘ylab yurdi. Tevarakka qarab-qarab yurdi. Dahlizni ikki tarafida qator palatalar bo‘ldi. Palatalar panjara-devorlik bo‘ldi. Panjara- devorlar yo‘g‘on barmoqday temirdan bo‘ldi. Panjara-devorlar orasi barmoq sig‘ar darajada zich-zich bo‘ldi. Ichkarida... bemorlar sulayib-sulayib o‘tdi. Davra bo‘lib o‘ynadi. O’zlaricha raqsga tushdi. Bir-birini quchoqlab tantsaga tushdi. Bir-biriga navbat bermay ashula aytdi. Bemorlar panjara-devordan... tilini chiqardi, tilini osiltirdi, tilini o‘ynatdi. Beo‘xshov- beo‘xshov tirjaydi... — Men bu dargohga birinchi kelishim, o‘rtoq bosh vrach. Bunday, uyoq-buyoqni tanishtiring-da? — Tanishtirmayman, Botir Esonovich, tanishti-rolmayman. — Men raykomni birinchi sekretariman, partiya posboniman. Mendan nimani bekitasiz? Kisqacha spravka bering, bilib qo‘yay. Partiyaviy-tashkiliy ishlarda kerak bo‘lib qoladi. — Faqat, gap shu yerda qoladi. — Partbiletim bilan javob beraman! — U holda, umumiy spravka beraman. Mana bu korpusimiz besh qavatdan iborat. Har qavatida o‘n ikkitadan palatamiz bor. Bemorlarimiz yigirma xilga bo‘linadi. Ya’ni yigirma xil ruhiy kasalni davolaymiz. Yigirma xil ruhiy notavonga shifo beramiz. Masalan, mana bu palatalarda diniy-ruhiy bemorlar davolanadi. Diniy-ruhiy kasal deganimiz shuki, jamiyatimiz kommunizm qurayotgan bir davrda... bular shariat ishlari bilan shug‘ullanganlar. Namoz o‘qiganlar. Toat-ibodat qilganlar. O’zlari kamday, sof vijdonli sovet kishilari orasida diniy targ‘ibot ishlari olib borganlar. Shu sabab, bular — diniy- ruhiy bemorlardir. Mana bular esa — huquqni himoya qiluvchi bemorlar hisoblanadi. Aniqrog‘i, tarixchi-ruhiy kasallardir. Bu tarixchi-ruhiy kasallar tarix darsliklariga qarshi chiqqanlar. Xalqqa tarixni qing‘ir-qiyshiq qilib targ‘ib qilganlar. Bu qing‘irliklari bilan «ozod va hur» sovet xalqi ongini zaharlaganlar. Masalan, anavi tirjayib turgan bemor... akam o‘zlaricha Rossiya O’zbekistonni qo‘shib olmagan aksincha, bosib olgan, deb targ‘ibot qiladilar. Biz bu dononi davolayapmiz. Manavilar — boyvachcha bemorlar. Bularda uy-joy, mashina, mol-dunyo mo‘l. Bular ana shu mol-dunyosini birovga meros qoldirishni istamaydi. Merosxo‘rlari esa ko‘p. Oqibat, merosxo‘rlar o‘zaro janjal qiladi. Boyvachcha esa, xasta bo‘lib qoladi. Keyin, bir merosxo‘ri, mana bo‘lmasa deb, boyvachcha bemorni... bizga olib kelib topshiradi. Mana bu bemorlar esa — harbiy qonun-qoida qurbonlari. Bular o‘z vaqtida harbiy xizmat qilishdan bosh tortgan. Armiyada xizmat qilishni istamagan. Harbiy xizmat vaqtida armiyadan qochib ketgan. Sovet armiyasi sha’niga haqoratomuz so‘zlar aytgan. Sovet armiyasi qamoqxona, degan. Xullas, sovet armiyasining dushmanlari. Manavilar — ixtirochi-kashfiyotchilar. Bu bemorlar o‘z kasblari bo‘yicha ulkan kashfiyotlar qilgan, ixtirolar yaratgan. Kashfiyotlarini o‘z aqllari bilan yaratgan. Ixtirolarini o‘z qo‘llari bilan yaratgan. Manavi bemor o‘zining kashfiyot — ixtirosi sovet faniga qabul qilinayotgan vaqtda... tentakligini namoyish qilib qo‘ygan. Bilasiz, sovet jamiyati kollektivizm asosiga qurilgan. Kollektiv bo‘lib mehnat qilish, kollektiv bo‘lib yaratish, kollektiv bo‘lib yashash... Shu jumladan, sovet fani ham kollektiv mehnat samarasidir. Shu sabab, ilmiy tekshirish instituti direktori, direktor o‘rinbosari, laboratoriya mudiri... jami besh kishi mana shu bemor... bilan soavtorlik qilmoqchi bo‘ladi. Bu tentak esa... soavtorlikni rad etadi! Yelg‘iz o‘zi kashfiyot qilib, fan yaratmoqchi bo‘ladi. Bundan keyin, buni kim deb atash kerak? Jinni- da, jinni. Ana, o‘tiribdi. Botir firqa eshitib bordi. Tevarakka qarab bordi. Bosh irg‘ab-irg‘ab bordi. «Bu kasalxona emas, qamoqxona. Shunday, qamoqxona», deya bosh irg‘adi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling