Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
31 Bosh vrach, raykom gapimni qo‘llayapti, deya o‘yladi. Gapida davom etdi: — Mana bular - partiya-hukumat rahbarlari hayotiga suiqasd qilmoqchi bo‘lganlar. Partiya-sovet arboblarini haqorat qilganlar. Kommunistik partiya biletini yirtganlar. Tabiblikni da’vo kilganlar. Uchar tarelkalar bilan Qor odamni targ‘ib qilganlar. Sovet organlari ishiga qarshi chiqqan nonko‘r yuristlar... Mana bular esa - haqiqatsevarlar. — Kim-kim? — Haqiqatsevarlar, adolatparvarlar. Siz shoir-shoir deysiz. Mana shu palatada... general yotibdi, general! — General? — Ha, sovet generali. General Grigorenko, Grigorenko! Botir firqa matbuot xabarlarini esladi: general Grigorenko Moskvada — partiya konferentsiyasida so‘zga chiqib, KPSS faoliyatini keskin tanqid qiladi. Shundan keyin KPSS general Grigorenkoni partiyadan o‘chiradi. Uzoq Sharqqa surgun qiladi. Shu vaqtda Novocherkasskda ishchilar o‘z haq-huquqlarini talab qilib, namoyish o‘tkazadi. KPSSni buyrug‘i bilan harbiylar... namoyishchilarni otadi. Ushbu fojiani partiya-hukumat bekitadi. General Grigorenko esa, ana shu fojia tafsilotini... varaqa qilib tarqatadi! General Grigorenkoni bu ishi KPSSni g‘azablantiradi. Bir yig‘ilishda KPSS Markaziy Komiteti sekretari o‘rtoq Suslov: «Grigorenko jinni», deb yuboradi. O’rtoq Suslovni ana shu gapi... sovet meditsinasi uchun diagnoz bo‘ladi! General Grigorenkoni Moskvadagi Serbskiy nomli institut ekspert-psixiatrlariga jo‘natadi. Professorlar: «General Grigorenko paranoyya ko‘rinishli ruhiy kasal», deb diagnoz qo‘yadi. Davolash uchun Leningradga yuborgandi. Yaqinda esa, Toshkentga jo‘natdi. — Shunday zot... shu yerda yotibdimi-a? — dedi Bo-tir firqa. — Ha, ichkarida yotibdi. Endi, Toshkent Kremldan yiroqroqda. Bu degan so‘z, general Grigorenko sovet xalqi nazaridan olisda, chet el matbuotidan olisda, jahon ommasi e’tiboridan olisda, degan so‘z. — Ammo-lekin ana shu general halol kommunist, deyishadi. Beyoziqdan-beyoziq yotibdi, deyishadi. — Bo‘lsa bordir. Lekin KPSS diagnoz qo‘ygan! O’rtoq Suslov: «Grigorenko jinni», deb aytgan! Ana, bizda kimlar davolanyapti! Siz bo‘lsa, shoir-shoir, deysiz. Shoiringiz kim bo‘pti? — Davolash kerak, jamiyatimizga sog‘lom kommunistlar zarur, davolash kerak. — Davolayapmiz, sovet meditsinasining so‘nggi yutuqlari asosida davolayapmiz. Botir firqa kasalxonaga qaray-qaray yurdi. Kasalxonaga qaray-qaray mashinaga o‘tirdi. «Qabriston, qabriston! — dedi Botir firqa. — Bu kasalxona emas, tirik insonlar qabristoni. Asl qabristonga o‘lik insonlarni ko‘madi, bu qabristonga... tirik insonlarni ko‘madi». 33 Brejnevdan keyin SSSR ostin-ustin bo‘ldi. Sharof Rashidovdan keyin... O’zbekiston alg‘ov-dalg‘ov bo‘ldi. El-yurtda: qayta qurish, demokratiya, shariat so‘zlari oralab qoldi. Zamon qaltis keldi. Do‘ppi tor keldi. Botir firqa o‘z arizasi bilan... pensiyaga jo‘nadi. Download 420.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling