Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
39 tsivilizatsiyali latish bilan... o‘z yozuvi yo‘q chukchani... bab-baravar etib qo‘ydi. Sovet tuzumi Sankt-Peterburgdan Saxalingacha yoyilgan mamlakatni... bir xil etib qo‘ydi. Sankt-Peterbugdan Saxalingacha yoyilgan turli darajadagi xalqlarni... tenglar ichra teng etib qo‘ydi. Vaholanki, Ulug‘ Oktyabr revolyutsiyasigacha yolg‘iz... Sankt-Peterburg Yevropa tsivilizatsiyasi darajasida edi. Sovet tuzumi kelgunicha O’zbekiston... feodal o‘lka edi, feodal! Sovet tuzumi o‘zbek xalqi turmushiga... tsivilizatsiya olib keldi! Chin, bizda oldinlari-da tsivilizatsiya bor edi. Buxoroda tsivilizatsiya bor edi. Samarqandda tsivilizatsiya bor edi. Xivada tsivilizatsiya bor edi! U... osiyocha tsivilizatsiya edi! Sovet tuzumi... yevropacha tsivilizatsiya olib keldi! Ilg‘or tsivilizatsiya olib keldi! O’zi, imperiya — tsivilizatsiya, demak! Imperiya azal-azaldan tsivilizatsiya tarqatadi. Imperiyani imperiya etib turuvchi qudratlardan biriyam — tsivilizatsiyadir. Shu bois, imperiyani qadami borgan joyga tsivilizatsiya-da boradi. Masalan, Iskandar Zulqarnayn zabt etgan el-yurt madaniyati gullab-yashnadi. Ikki-uch asr yashnadi! Ushbu barq urib gullagan davr tarihda ellinizm davri, deya nom oldi. Ana shu ellinizm davridan keyin Iskandar Zulqarnayn imperiyasi-da tugadi. Keyin, rimliklar Yevropaga yurish boshladi. Rimliklar... varvar Yevropani tsivilizatsiyaga da’vat etdi. Rimliklar varvar yevropaliklarga... varvarlarcha munosabatda bo‘ldi. Varvar yevropaliklarni... tsivilizatsiyalashtirdi! Ko‘p o‘tmadi, rimliklar imperiyasi-da barham topdi. Sovet imperiyasi-da... ana shunday bo‘ldi! Sovet imperiyasi... feodal o‘zbek xalqini tsivilizatsiyalashtirdi! Sovet imperiyasi... feodal o‘zbek xalqini... o‘ris xalqi saviyasiga ko‘tardi, ukrain xalqi saviyasiga ko‘tardi. Bilmadim, sovet imperiyasi bo‘lmasa... saviyamiz qanday bo‘lar edi...» — Yashasin sovet tuzumi! — dedi Botir firqa. — Sovet tuzumiga shon-sharaflar bo‘lsin! 39 U darvozadan inqillab kirdi. Tokso‘ri ostida cho‘kdi. Dami chiqmish koptok misol o‘tirdi. Kampiri oshxona derazasidan yuz ko‘rsatdi. — Keldingizmi, rais bova? — dedi. — Charchadim, itday charchadim. — Yig‘ilish yaxshi o‘tdimi? — Dunyoni... surbet bosib ketibdi, kampir. Kechagina tug‘ilgan bolalar... shunday surbet, shunday bezbet! Oldi-ketiga qaramay, akillaydi. Bugunni ertasi bor, demay akillaydi. — Esi kirib qoladi. Bir to‘xtamga kelib qoladi. Oshkoralik bo‘lib, bolalar o‘zvdan ketib qoldi. Oshkoralik — yangilik. Odamzot yangilikni ko‘rsa, bosar-tusarini bilmay qoladi. — Chin, oshkoralik — yangilik. Ammo-lekin oshkoralik — shallaqilik emas. Oshkoralik — bezbetlik emas. — Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq, deydilar. Siz zamongayam... bunday bir qarang-da, rais bova. Hozir hammayoq... oti nima edi? — Demokratiya! — Hammayoq... ana o‘shanaqa bo‘lib ketdi! — Kampir, demokratiya — konstitutsiyaga amal qilish, demakdir. Demokratiya — konstitutsiyaviy yashash, demaqdir. Demokratiya — qonun-qoidalarni to‘la-to‘kis bajarish demakdir, qonun-qoidalar chegarasidan chiqmaslik, demakdir. Bu demokratlar konstitutsiyani oyoqosti qilmoqda, qonun-qoidalarni yer tepkilamoqda. — Hali, demokratiyani... aql tishi chiqib qoladi. — Sen qaerdan bilasan? — Itga bitgan-bitga bitgan aql tishi... demokratiya-ga bitmaydimi? Bitadi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling