Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
37 O’zi, oppozitsiya nima? Oppozitsiyani uchta talab-tamg‘asi bor: nima qilsa — kelajak yaxshi bo‘ladi? Nima qilsa — kelajakda yurt obod bo‘ladi? Nima qilsa — kelajaqda xalq to‘q bo‘ladi? Ana shu uchta talabga javob beruvchi zot... oppozitsiya shon-shavkatiga loyiq bo‘ladi. Ana shu uchta talab uchun kurashuvchi zot... oppozitsiya shon-shavkatiga munosib bo‘ladi... O’tmishga qayrilib bosh eguvchi zot, kelajakka talpinib yeng shimaruvchi zot — chin oppozitsiyachidir! Manavilar esa o‘z tarixiga tosh otishdan boshqa nimani bilmaydi. O’z o‘tmishiga tupurishdan boshqa narsaga kuchi yetmaydi. O’z ajdodlari sha’niga loy chaplashdan boshqa ish qo‘lidan kelmaydi». 38 Botir firqa partiyaviy o‘yladi: «Yetmish yil Ulug‘ Oktyabr revolyutsiyasi... deya sig‘inib keldik. Ulug‘, ulug‘... deya hamdu sanolar aytib keldik. Endi, Oktyabr to‘ntarishi, Oktyabr suiqasdi... degich gaplar chiqib qoldi. Hatto, o‘n yettinchi yil oktyabrida toj-taxt xo‘jasiz edi. Bolsheviklar bittayam o‘q otmay, taxtni egallab oldi, degich gaplar oralab qoldi. Yo‘q, men ishonmayman, yo‘q». Botir firqani ichini it tirnadi. Muvozanatini yo‘qotdi. Qo‘li ishga bormay qoldi. Gazeta- jurnal titkilab boshladi. Shu hakda bir tarixiy hujjat topdi. Chin, 1917 yil 25-oktyabrida Nikolay II taxtini topshirib ketadi. Kerenskiy lashkar to‘plash uchun Pskovga jo‘nab ketadi. Oq podsho taxti xo‘jasiz qoladi! Smolniy harbiy- inqilob qo‘mitasi a’zosi Pestkovskiy shu kuni polyak hamshahri Dzerjinskiy bilan uchrashib qoladi. Dzerjinskiy bu favqulodda uchrashuvdan foydalanadi. «Hozir biz senga mandat yozib beramiz, sen shu mandat bilan borib, pochtamptni egallaysan», deydi. Pestkovskiy hamshahrini topshirig‘ini bajarishga kirishadi. Yo‘lda yana bir tanishini ergashtirib oladi. Ikkovi yo‘lovchi mashina ushlaydi. Pochtamptni egallash uchun yo‘l oladi. Eng oldin qorovulxonaga kirib boradi. Askarlar bilan o‘zaro kelishib oladi. Shundan keyin telegraf, telefon stantsiyalarini qo‘lga oladi. Bittayam otishma bo‘lmaydi, bittayam qurbon bo‘lmaydi! Bu vaqtda o‘rtoq Lenin Fofanovlar uyi yerto‘lasida bekinib o‘tiradi. Revolyutsionerlar o‘rtoq Leninni taklif etmaydi. Chunki o‘rtoq Lenin bundan oldin ikki marta qo‘zg‘olon uyushtirib, har ikki qo‘zg‘olonni-da xarob etib edi. Shu bois, revolyutsionerlar o‘rtoq Leninga xabar bermaydi. Hatto... o‘rtoq Leninga bildirmaydilar. Sababi, revolyutsionerlar o‘rtoq Leninni... o‘ta ekstremist, deb biladi. Ammo-lekin o‘sha Oktyabr kechasi o‘rtoq Leninni qalbi nimalarnidir sezadi. O’rtoq Leninni qalbi Oktyabr revolyutsiyasi... Leninsiz g‘alaba qozonajagini tushunib qoladi. O’rtoq Leninni qalbi Rossiya toj-taxti... Leninsiz egallanajagini bilib qoladi. O’rtoq Leninsiz-a? O’rtoq Lenin kechani qorong‘ilatib, ko‘chaga chiqadi. Revolyutsionerlar taklif etmasalar- da, Smolniyga o‘zi kirib boradi! O’sha Oktyabr kechasi soat birlarda bir to‘da revolyutsioner bosh shtab arkidan chiqib... imperator darvozasi tomon yuradi. Ular orasida mashhur Jon Rid ham bo‘ladi. Qishki saroy telefonchisi o‘z jurnaliga: «Taxminan uch yuz kishidan iborat delegatsiya saroyga yaqinlashib kelmoqda», deya qayd etib qo‘yadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling