Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
45 sharofati, ana!» Odaticha, saroy bir burchidan joy oldi. Tevarak-boshdagilar bilan bosh irg‘ab salom-alik etdi. «Sovet hukumati... yetmish yilda yetolmagan yutuqqa, qayta qurishni dastlabki kunlaridayoq... yetdilar! — deya fikrladi Botir firqa. — Ha, jamiyat qayta qurilyapti. Yangi hayot boshlanyapti. Ha, o‘zbek xotin-qizlari qayta hayot quryapti. Bu tahsinga loyiq. Ana buni qayta qurish desa bo‘ladi». Xotin-qizlar biri qo‘yib, biri minbar ko‘tarildi. Birovi Orolni himoya etdi. Birovi tabiatni muhofaza etdi. Birovi atrof-muhitni ifloslanishiga qarshi nutq so‘zladi. Birovi alyumin zavodiga qarshi bong urdi. «Mana shular... qozon-tobog‘idan beri kelmas edi, — dedi Botir firqa. — Ana endi... o‘s, o‘zbek xotin-qizlari, o‘s! Olg‘a, o‘zbek xotin-qizlari, olg‘a! Barchasi... Ulug‘ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasi tufayli. Barchasi... sovet tuzumi tufayli». 8 mart yig‘ilishini boshqarib boruvchi aytdi: — Endi so‘z, otashnafas qayta quruvchimiz, demokratiya bayrog‘ini boshi uzra ko‘tarib yuruvchimiz... Dilbar Mirzaxo‘ja qiziga! Baland peshtoqli deraza ostidan oppoq bir narsa qimirladi. Oppoq narsa... bosh-adoq oppoq bo‘ldi. Bosh-adoq oppoq matoga burkanmish bo‘ldi. Oppoq narsani... boshi qaerda, bilib bo‘lmadi. Yuzi qaerda, bilib bo‘lmadi. Yelkasi qaerda, bilib bo‘lmadi. Oyoq-qo‘li qaerda, bilib bo‘lmadi. Oppoq narsa minbar sari qimirlab bordi. Ha-ha, qimirlab bordi! Oppoq narsa qimirladi-qimirladi — minbarga chiqib bordi. Yig‘ilganlar sari yuzlandi. Botir firqa ana shunda oppoq narsani bet-boshini ko‘rdi: kulchaday bir yuz bo‘ldi, qoramag‘iz bir yuz bo‘ldi. Kulcha yuz xaloyiqqa tik qaramadi. Xaloyiqdan nigoxini bekitdi. Qo‘lidagi qog‘ozdan ko‘z olmadi. Botir firqa oppoq narsaga tigashdi-tikildi — kim ekanini bilmadi. Tevarak-boshdan so‘ray dedi — ayol kishini surishtirishdan orlandi. «Iya, bu otinbibi kim bo‘ldi? — dedi Botir firqa. — Bunday otinbibilar yo‘q edi-ku? Bunday oppoq kiyim-bosh kiyish yo‘q edi-ku? Yo shunday oq kiyim-bosh moda bo‘ldimi?» Oppoq narsani lablari... bulk-bulk etdi. Aftidan, oppoq narsa... kalima o‘qidi. Kulcha yuzlariga fotiha tortdi. Oldin o‘ng tarafiga tuf-tuf-tuf etdi. Keyin chap tarafiga tuf-tuf-tuf etdi. Botir firqa minbar ko‘rdi — bunday minbar ko‘rmadi. Notiq ko‘rdi — bunday notikni ko‘rmadi. «Chindan-da, bosh-adoq oppoq kiyinish... moda bo‘ldimikin-a?» Botir firqa shu xayolda saroy alangladi. Chindan-da, saroyda oppoq matoga burkangan xotin-qizlar mo‘l bo‘ldi. Har uchta xotin-qizni bittasi oppoq matoga o‘ralgan edi. «Ha-a, buyam yaxshi, — dedi Botir firqa. — Oqlik — ezgulik!» Oppoq narsa tag‘in tevarak-boshiga tuf-tuf, etdi. Yonboshlariga tuf-tuf etdi. Keyin, nutqini boshladi: — Bismilloxir raxmonir rohiym. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam ansorlariga iymondan o‘git berib, hayo iymondandur, deydilar.... Botir firqa ana shunda oppoq narsani tanidi. «Iya, bu Dilya-ku, Dilya! — dedi. — O’sha o‘zimizni Dilya...» Botir firqa oppoq narsani og‘zidan ko‘z uzmadi. Ko‘zlari oppoq narsani og‘zida bo‘ldi, xayollari oppoq narsani o‘tmishida bo‘ldi... Oppoq narsa davomi etdi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling