Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
48 Ammo-lekin inson tahoratiga qarshi emas edi! Unda, nega bular birdan... shariatpesha bo‘lib qoldi? Birdan... namozxon bo‘lib qoldi? Birdan... muslim va muslimalar bo‘lib qoldi? Bir ulug‘ zot shu haqda zo‘r gap aytib edi. Bu zot Kamol Otaturk edimi yo Lev Tolstoy edimi? Kim bo‘lsa-da, xo‘p aytib edi. Ana shu dono gapni davri keldi: bechora din... g‘ar- o‘g‘rilar uchun qalqon bo‘ladi. Bechora din... maraz-muttahamlar uchun qalqon bo‘ladi. Bechora din... ablahlar uchun qalqon bo‘ladi. Din, baloga qolgan din! Ishdan haydalgan ojiz banda — o‘zini shariatga uradi. Ish topolmagan qo‘li kalta — xudojo‘y bo‘ladi. Qo‘lidan foydali ish kelmasa — namozxon bo‘ladi. Yegani non topolmay qolsa — qo‘liga tasbeh oladi. Boradigan joy topolmay qolsa — machitga boradi. Yurar yo‘lini bilmay qolsa — shariat yo‘lidan yuradi. Muslim bo‘ladi! Muslima bo‘ladi! Bechora xudo, bechoragina xudo! Bechora payg‘ambar, bechoragina payg‘ambar! Chin, odam o‘z dinidan tashqarida yashay olmaydi. Odamni odam etib turuvchi-da dinidir. Odam qiyofasiga soluvchi-da diniy mazhabidir. Mana, XX asr tamom bo‘lyapti. XX asr yakunlanyapti. Ana shunday kunda... manavilarni ishini! Shunday taraqqiyot kunida manavilarni qilig‘ini!» Botir firqani xayollari o‘tmishlarga uchdi. Oyoqlari zaminda bo‘ldi. Xayollari kechmishda bo‘ldi... «Sovet tuzumi o‘zbek xotin-qizlariga nima karomat ko‘rsatdi? — dedi Botir firqa. — Sovet tuzumi o‘zbek xotin-qizlariga beshta karomat ko‘rsatdi. Karomat desa degulik! O’zi, sovet tuzumidan oldin o‘zbek xotin-qizlari bor edimi? Bor bo‘lsa... oti... ojiza edi! Oti... tavqi la’nat edi! Sovet tuzumi ularga nom berdi: o‘zbek xotin-kizlari! Ular ana shu nom bilan... inson sanaldi. Ana shu nom bilan ijtimoiy-siyosiy kuch bo‘ldi. Ana shu nom bilan madaniy-ma’naviy qudrat kasb etdi. Bu — sovet tuzumini birinchi karomati bo‘ldi. Sovet tuzumini ikkinchi karomati — sovet tuzumi o‘zbek xotin-qizlariga... paranji- chimmat tashlattirdi! O’zbek xotin-qizlari xaltaga o‘rog‘lik... bulbul edi. O’zbek xotin- qizlari yeng ichidagi... bedana edi. Uzbek xotin-qizlari yuziga parda tortig‘lik... oyna edi. Sovet tuzumini uchinchi karomati — sovet tuzumi o‘zbek xotin-qizlarini... xat-savodli etdi! Chin, eskicha maktab-madrasa bor edi. Ammo-lekin maktab-madrasalarda faqat... o‘g‘il bolalar o‘qitilar edi. O’qish zaifalar uchun... gunoh edi! Sovet tuzumi ana shu gunohni... bekor etdi! Sovet tuzumini to‘rtinchi karomati — sovet tuzumi o‘zbek xotin-qizlarini... nikohdan o‘tkazdi! Chin, eskida ham nikoh bor edi. Ammo-lekin eski nikoh... Eski nikoh xotin- qizlar haq-huquqi bilan hisoblashmadi. Sovet tuzumi o‘zbek xotin-qizlarini... ZAGSdan o‘tkazdi! Sovet tuzumini beshinchi karomatini... tan olish lozim! Sovet tuzumi ana shu beshinchi karomatda... qosh qo‘yaman, deb, ko‘z chiqarib qo‘ydi! Chin, sovet tuzumini maqsadi — o‘zbek xotin-qizlarini erkaklar bilan teng huquqli etish edi. Chin, teng huquqli etdi. Ayollar bilan erkaklarni tengma-teng ko‘rdi. Ammo-lekin ayol bilan erkakni bir qolipga soldi. Ayol kim, erkak kim — bilib bo‘lmay qoldi. O’zbek xotin-qizlariga... buldozer haydattirdi, traktor haydattirdi!» 45 Botir firqa oyoqyoydi uchun tashqariladi. Xiyobonga yo‘l oldi. Xiyobonda odam kam bo‘ldi. Barcha ishga shoshildi. Birov pitir-pitir shoshildi. Birov bir nimalar yeb-eb shoshildi. Birov chopqillab-chopqillab shoshildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling