Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
44 — Astag‘furullo, Kizil bunday tabarruk dargohda nima kilib yuribdi, taqsir? — Kim biladi, balkim namoz o‘qimoqni ixtiyor etgandir? — Astag‘furullo, Kizil namoz o‘qiydimi? Qizil kofirdan battar-ku? O’z oti o‘zi bilan Qizil- ku? Qaydam, dargohga... uchirmoqchidir. — Unchalik emasdir, taqsir. — Kizillardan keladi, taqsir. Qizillardan har balo keladi. Ulardan xonaqoh devoriga... churillatish keladi! Borib, haydab yuboringiz! — Yoshi ulug‘ odam, yaxshi emas. Ichkari kirib, mo‘ysafidlarga aytamiz, mo‘ysafidlar gaplashib qo‘yadi. Qani, kirsinlar, taqsir! Vaqt shom yedi. Botir firqani ko‘ngli... shomdan-da shom bo‘ldi. Botir firqani ko‘ngli... shomdan-da ma’yus bo‘ldi, shomdan-da mungli bo‘ldi. — Juvonmarg bo‘lgur muslimlar! — dedi Botir firqa. — Ha, biz Qizilmiz, Qizil! Ammo- lekin biz Qizil bo‘lib, yaratdik! Biz Qizil bo‘lib, qurdik! Bu muslimlar oppoq qayta quruvchi bo‘lib... nimani yaratdi? Bu muslimlar oppoq demokrat bo‘lib... nimani qurdi? Ha, biz Qizil Bayroq ostida mehnat qildik. Ammo-lekin mehnat qildik! Bu muslimlarni qo‘lidan besh vaqti namoz o‘qishdan boshqa ish kelmaydi. Bu muslimlar besh vaqgi namozdan boshqa nimani bilmaydi. Mayli, menga desa,.. oq bo‘l, ko‘k bo‘l. Lekin yarat, qur! Mayli, menga desa, qora bo‘l, sariq bo‘l, pistoqi bo‘l. Lekin yarat, qur! Mayli, shu muslimlarchalik ham boraylik. Mana, mana shu imorat. Shu imoratni biz qurib edik. Xo‘sh, shu imoratni qaysi joyi Sovet? Qaysi joyi Qizil? Shu imoratni qaysi joyi kommunistik? Bir so‘z bilan aytsak, imoratni qaysi joyi ziyon-zahmat? He, senday qayta quruvchi muslimlarni... Botir firqa katta yo‘lga qarab yurdi. Yurdi-yurdi — ketiga burilib qaradi. Kinoteatrga bosh-adoq razm soldi. — Birinchi g‘ishtini Yo‘ldosh Oxunboboev qo‘yib edi, — dedi. — Ikkinchi g‘ishtini... men qo‘yib edim, men! 42 O’zbek xotin-qizlarini... xotin-qizlar majlisiga olib kelish azob edi! O’zbek xotin-qizlarini bir joyga to‘plash qiyin edi. O’zbek xotin-qizlarini uyidan ko‘chaga chiqarishni o‘zi... katta gap edi! Birov — kasal der edi. Birov — qozon-tobog‘ini vaj etar edi. Birov — erkagim javob bermaydi, der edi. Shunda, erkaklarni chaqirib javob so‘ralar edi. Shunda-da javob bermagichlar bo‘lar edi. Ana shunda, Botir firqa erkaklarni majlislarda muhokamaga qo‘yar edi. — Sen feodalsan, feodal! — der edi. — Sen sovet xotin-qizlariga boylarcha munosabatda bo‘lasan! Botir firqa xotin-qizlarni... xotin-qizlar yig‘ilishiga olib_ kelmay, maktabdan o‘quvchi qizlarni chaqirar edi. O’quvchi qizlarni qator o‘tirg‘izib qo‘yib, tumandan kelmish vakilaga tavsiya etar edi: — Mana, faol xotin-qizlarimiz! — der edi. Bugun — qayta qurish davrida... Botir firqa 8 mart bayramini ko‘p ko‘rib edi. 8 mart marosimlarini o‘zi tashkil etib edi. Ammo... bugungiday 8 mart bayramini ko‘rmab edi! Bu nima — xalq saylimi? Xotin-qizlar gap-gashtagimi? Xotin-qizlar qurultoyimi? Barchasi desa-da bo‘ladi! «Ana buni demokratiya desa bo‘ladi! — deya o‘yladi Botir firqa. — Ana, qayta qurish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling