Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
42 — Tiling bo‘lsa, ayt: anovi Hamza kinoteatrini kim qurgan? Tiling bo‘lsa, ayt! — Hamza kinoteatrinimi? Davlat qurgan, nima edi? Botir firqa o‘ng kaftini kampiriga peshladi. Achchiq ham xunibiyron bobilladi: — Qanaqa davlat?! Qanday davlat?! — Siz qurgansiz, rais bova, siz qurgansiz! — bid-bid etdi kampiri. — Davlat degani siz, siz degani davlat, rais bova! — Shunday de! Davlat, davlat, deysan! — deya tinchlandi. — Ana shu kinoteatrni... machit qilibdilar! Ana, bo‘lmasa! Kampiri bu gapni allaqachon eshitgan bo‘lsa-da — o‘zini endi eshitganga oldi. Mazkur kinoteatr allaqachon machit bo‘lganini bilsa-da — o‘zini endi bilganga oldi. Yoqalarini kampirona-kampirona ushlab-ushlab... ajablandi. — Yo tavba, kinoteatrni-ya? — dedi. — O’sha Hamza kinoteatrini-ya? Yo tavba, shunday bir madaniyat dargohini machitga aylantiribdilarmi-a? Bu tentaklik qaysi ahmoqtsan chiqibdi-a? — Qaysi ahmoqdan bo‘lardi, anavi ko‘cha-ko‘yda akillab yurgan... muslim va muslimalardan chiqadi-da. — Endi nima bo‘ladi, rais bova? — Nima bo‘lardi, endi... kechayu kunduz namoz o‘kiydilar-da, qayta qurish qo‘lidan kelmagach... namoz o‘qiydilar-da. El-yurt uchun biror narsa yaratolmagach... besh vaqti namoz o‘qiydilar-da. — Esizgina kinoteatr-a? Yaxshi-yaxshy kinolar qo‘yib berardi. Kontsertlar bo‘lardi. — Endi kinoni tushingda ko‘rasan. Ma, choyingdan bosib-bosib quy. Achchiq-achchiq choy hovurini bosdi. O’pkasini bosdi. Vujudini vazmin-vazmin etdi. Ammo ko‘ngil xijilligi bosilmadi. Ko‘ngil g‘ashligi bosilmadi. Lik etib turdi. Ust-boshini tuzatdi. Tashqari yo‘l oldi. Izidan kampiri ergashib keldi. — Ha, yo‘l bo‘lsin, rais bova? — dedi. — Uyoq-buyoqni aylanib, oyog‘imni yoyib kelay. — Binoyi qilasiz, rais bova, binoyi qilasiz. Ko‘ngilni chigili yoziladi-da. Kampiri shunday deya-deya, ichkarilamoqchi bo‘ldi. Yana-tag‘in o‘ylab qoldi. Aytaymi- aytmaymi, demishday, og‘zini ushlab o‘yladi, choli ketidan qarab o‘yladi. Oxiri choli ketidan aytdi: — Ay, rais bova, yo‘l-yuzda birov bilan mayda-chuyda gap qilib yurmang? — Gap? — deya ketiga qaradi Botir firqa. — Gap-ku, gap... Shu qayta quruvchi demokratlarga... o‘ngirim tegib ketsin, shu o‘ngirimni qirqib-qirqib tashlayman! — Binoyi qilasiz, rais bova, binoyi qilasiz. 41 U daraxt taglaridan yurdi. Qo‘llarini orqasiga qo‘yib yurdi. Xiyobon aylandi: skameykalarda dam olib-dam olib aylandi. Kuz yaprokdarini shitir-shitir bosib aylandi. Yaproqlar ust-boshlariga to‘kilib-to‘kilib aylandi. Daraxtlarda gurr-gurr etmish chumchuqlar galasini tomosha etib-etib aylandi. Ariqda tip-tiniq kuz suvlarini kuzatib-kuzatib aylandi. Kuz suvlarini yoqalab yurdi-yurdi — o‘sha Hamza kinoteatri oldidan chiqdi. Bir kelgan yo‘liga qaradi, bir suvga qaradi, bir kinoteatrga qaradi. Cho‘ntagidan qo‘lro‘molini oldi. Skameyka ustini artdi. Qo‘lro‘molini qoqib, joyiga soldi. Plashi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling