Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
41 burniniyam artib olmagan jinqarchalar... sovet tuzumi rahbarlari tagini kovlaydi. Bu jo‘jalar Botir firqani mazkur qiliqlarini bilib qolsa... olamga doston qiladi! Mayna qilib kuladi. Barmoqlarini chakkalariga nuqib-nuqib kuladi. Anavi... ana shunaqa, deya kuladi. El-yurt ichida yuruvsiz kuladi. Yo‘q, do‘xtirga borib bo‘lmaydi. Birovga-da aytib bo‘lmaydi. Ammo kampiriga aytsa bo‘ladi. Kampiri davosini topadi. Botir firqa tortina-qimtina dardini aytdi. Keyin, kampiriga ko‘z ostidan qarab-qarab oldi. Ko‘zlarini pirpiratib-pirpiratib qarab oldi. Kampiri pinak buzmadi. O’zini sokin tutdi. — Bilaman, bilaman... — deya ming‘illadi. — Nimani bilasan, nimani bilasan? — deya bidilladi Botir firqa. — S privetom... anaqaroq bo‘lib qolganingizni. — He, enangni... — deya o‘dag‘ayladi Botir firqa. Kampiri hovliga yugurgilab chiqdi. Hovli o‘rtasida kaftini og‘ziga qo‘yib kuldi. Ko‘zlarini artib-artib kuldi. — Rais bova, nima, umr bo‘yi qirchillama yigit bo‘lib o‘taman, deb edingizmi? — dedi. — Qarilik qariligini qiladi-da. Starost — ne radost, deydilar. Hammasi yoshdan, rais bova, umrdan... Kampiri deraza oynasidan ko‘rib turdi: Botir firqa bolishga yonboshladi. Ana shundan keyin ichkariladi. Yana qochib chiqish qulay bo‘lsin uchun... eshik oldirog‘idan joy oldi. Tizzalariga yig‘ilib qolmish etaklarini tortib-tortib tekisladi. — Siz, o‘zi... kim ekanligingizni bilasizmi, rais bova? — dedi. Botir firqa teskari o‘girilib yotib oldi. Zarda bilan yotib oldi. — Bilmayman! — deya to‘ng‘illadi. — Siz, respublika yaratgan odamsiz, rais bova, siz respublika qurgan odamsiz! Siz bo‘lmaganingizda... bunday respublika qaerda edi, bunday kunlar qaerda edi? — Qanday respublika? — tag‘in to‘ng‘illadi. — Qanaqa respublika? — Qanaqa respublika bo‘lardi — mustaqil O’zbekiston Respublikasi! Botir firqa o‘ngiga ag‘darildi. Kampiriga qarab yotdi. — O’zbekiston-a? — dedi. — Mustaqil O’zbekiston-a? — Albatta-da, rais bova. Siz bo‘lmaganingizda... bu imoratlar qaerda edi, bu yurtlar qaerda edi? Botir firqaga... jon kirdi! Qimir-qimir to‘lg‘ondi. Ohista-ohista turdi. Kampiriga qarab o‘tirdi. — Ko‘p gapirma-da, achchiq choy damlab kel, — dedi. Kampiri darrov turdi. Kalishlarini oyokdariga ila-ila yugurgiladi. Choy damlab keldi. Dasturxon yozdi. Botir firqa chordana qurib o‘tirdi. Chap qo‘lini tizzasiga tiradi. Baqaloq shishirdi. Tomoq qirdi. Qi-roat bilan yo‘taldi. Saltanat bilan yo‘taldi. Amaldorona-amaldorona choy ho‘pladi. Mansabdorona-mansabdorona choy ho‘pladi. O’ziga-o‘zi haykal qo‘ydi: — Erkak... xudoni yerdagi payg‘ambari! — dedi. Kampiri dasturxon bir burchida mung‘ayib-mung‘ayib qarab o‘tirdi. Cholini og‘ziga qaradi. Cholini peshonasiga qaradi. Cholini piyolasiga qaradi. Kampiri amaldordan pensiya so‘rab kelgan mushtipar misoli... mo‘ltirab-mo‘ltirab qarab o‘tirdi. Botir firqa ko‘rsatkich barmog‘ini kampiri tarafga nish etdi. — Mana, sen! — dedi. — Tiling bor-a? — Til? Til, bor, ha, til bor! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling