Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
43 etaklarini yig‘ib, skameykaga o‘tirdi. Yelkasidan nafas oldi. Suvga tikildi. Suvda o‘z aksini ko‘rdi. O’z aksiga qarab o‘tirdi. Boshlari uzra xazon yog‘di. Ust-boshi uzra xazon yog‘di. Suv yuzini xazon yopdi. Suv yuzida xazon qalqdi. Suv bo‘yida bir kaptar bo‘qoq shishirib... g‘animiga yag‘rin berdi. Havodan kuz hidi anqidi. Havodan xazon hidi anqidi. Qishdan... chopar keldi! Dunyo kuz bo‘ldi. Dunyo xazon bo‘ldi. Botir firqani ko‘ngli... kuzdan-da kuz bo‘ldi. Botir firqani ko‘ngli... xazondan-da xazon bo‘ldi. Kinoteatrga tikildi: ana, o‘sha... qo‘sh tavaqali, zalvorli darvoza! Ana, o‘sha... naqshinkor eshik! Ana, o‘sha... jimjimador deraza! Kinoteatrdan bir to‘da yosh-yosh... muslim yigitchalar chiqib keldi. Muslim yigitchalar boshida oppoq-oppoq takya bo‘ldi. Yelkalarida oppoq-oppoq jelaklar bo‘ldi. Muslim yigitchalar yerga qarab odimladi. Qiroat bilan odimladi. Shariat peshvolaricha odimladi. Muslimona-muslimona odimladi. Muslim-muslim yigitchalar... demokratlarcha odimladi. Qayta quruvchilarcha odimladi. Botir firqa tag‘in suvga tikilib qoldi. Hadeb o‘tirishi joniga tegdi. Joyidan ohista qo‘zg‘oldi. Bu vaqt... quyoshdan nur ketdi. Yorug‘dan quvvat ketdi. Oqlikdan rang ketdi. Oppoq olam dog‘landi-dog‘landi... Oqshom degich rang kirib keldi. Botir firqa namozxonlarga xalaqit bermaslik uchun — kinoteatr orqa tarafidan keldi. Kinoteatr devorlariga bosh-adoq qaradi. Sinchiklab-sinchiklab qaradi. Kinoteatr burchagiga borib turdi. Devorga o‘ng kaftini qo‘ydi. Devorni silab-silab oldi. Go‘dak peshonasini silamishday... devor betini siladi. Devordan kaft olmay — kinoteatr yoqalab yurdi. Kaftlari devordan mayda kesaklarni umatib tushirdi. Xaslarni uchirib tushirdi. Qumlarni ko‘chirib tushirdi. Devor kaftlariga g‘adir-budur botdi. Devor kaftlarini tirnaladi. Devor kaftlarini qitiqladi. Ayni vaqtda kaftlari... devordan huzur oldi. Devordan zavq oldi. Devordan rohat oldi. Kaftlari ushbu zavq-shavqni... ko‘ngliga uzatdi. Kaftlari ushbu huzur-halovatni... ko‘ngliga takdim etdi. Botir firqa entikdi. Botir firqa orziqdi. Botir firqa misoli... kaptar bo‘lib uchdi! Kaptar misol... devor boshida oyoq ildi. Devordan kaftini oldi. Kaftini kaftiga urib qoqdi. Puflab-puflab qoqdi. Botir firqa kaftlariga qarab-qarab... kulimsidi. Devorga qarab-qarab... kulimsidi. — Ana, bizni kinoteatrimiz, ana! — dedi. Botir firqa kinoteatr sin-simbatiga nazar solib... kulimsidi. — Har bir makonda.. bizni qadamimiz bor! — dedi. — Har bir imoratda... bizni qo‘limiz bor! O’zi g‘isht qo‘ygan joyni o‘yladi. Shu joy qaerda edi, deya odimladi. Devor yoqalab odimladi. Xomcho‘tlab-xomcho‘tlab odimladi. — Mana shu yerda edi, mana... — dedi. Ana shu joyga egildi. Ana shu joy devorini siypadi. Ana shu joy poydevorini siladi. Yo‘ldosh Oxunboboev birinchi g‘ishtni qo‘yib edi. Men esa... ikkinchi g‘ishtni qo‘yib edim! — dedi. Shu vaqt ikkita yosh-yosh muslim kinoteatrga keldi. Oldinma-ketin o‘tdi. Devor tagida egilib turmish odamni ko‘rdi. — Anavi mo‘min banda kim bo‘ldi? — dedi bir muslim. — Oti nima edi. Qizil, Qizil! — dedi ikkinchi muslim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling