Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
49 Odam odamga qaramadi. Odamlar ko‘zi oyog‘i ostida bo‘ldi. Bilagidagi soatda bo‘ldi. Bekatda bo‘ldi. Botir firqa tevarakka sokin boqdi. Xotirjam nafas olib boqdi. Lenin haykali qoshiga keldi. Boshidan poxol shlyapasini oldi. Leninga qarab... ta’zim bajo etdi. — Salomatmisiz, o‘rtoq Lenin! — dedi. Shlyapasini boshiga qo‘ndirdi. Yo‘lida davom etdi. Ko‘m-ko‘k o‘tlar yoqalab yurdi. Turli-tuman atirgullar oldidan yurdi. Atirgullar... atriyot anqitdi. U gullarga qarab... dimog‘ini to‘ldirib-to‘ldirib nafas oldi. — Oh-oh-oh! — dedi. Botir firqa miriqdi! Sayr etib yura-yura — xiyobon chetidan chiqib qoldi. Tag‘in iziga qaytar bo‘ldi. Ammo oyoqlari toliqqanday bo‘ldi. Anig‘i, picha o‘tirgisi keldi. Shu yaqinda turmish uzun skameykadan joy oldi. Skameyka suyanchiqlariga qulochlarini yoydi. Oyoqlarini kerib-kerib uzatdi. Oyoqlari shunday rohat oldi, shunday rohat oldi! U hayotdan zavq-shavq oldi. U to‘yib-to‘yib xo‘rsindi. U hayotdan... shukur etdi. Shunda, shu yaqindan shitir-shitir tovush eshitildi. Misoli, daraxt yaproqlari shitirlab uchib tushmish bo‘ldi. Misoli, yellar xazonlarni shitirlatib uchirmish bo‘ldi. Misoli, chumchuqlar xazonlar oralab yurmish bo‘ldi. Botir firqa e’tibor bermadi. Diqqat etmadi. Shitir-shitir muntazam bo‘ldi. Tez-tez bo‘ldi. Tobora yaqindan bo‘ldi. Ana shunda Botir firqa alangladi. Bosh-adoq nazar soldi. Skameyka ketida yoyilib yotmish ko‘kalamzorda ikkita oppoq... Oppoqdan-oppoq narsa turdi. Eng hayratli joyi — oppoq narsalar... mayda-mayda bo‘ldi. Do‘mboq-do‘mboq bo‘ldi! Oppoq-oppoq do‘mboqchalar... besh-olti yoshlik... qizaloqlar bo‘ldi! Oppoq ko‘ylak-lozim kiyguvchi qizaloqlar bo‘ldi. Oppoq ro‘mol o‘raguvchi qizaloqlar bo‘ldi. Qayta quruvchi shariatpeshvolar tili bilan aytsak... muslimalar bo‘ldi! «Yo tavba! — dedi Botir firqa. — Tushimmi yo o‘ngimmi? Nima balo, qayta quruvchilar meni esimni kiritib qo‘yish uchun shunday tashkil etyaptimikin? Qayta quruvchilardan keladi. Juvonmarg bo‘lgur qayta quruvchilardan har balo keladi». Botir firqa alang-jalang bo‘ldi. Sinchkov-sinchkov alangladi. Diqqat-e’tibor bilan alangladi. Yo‘q, bu yaqinda qayta quruvchi suvratlar yo‘q. Yo‘q, bu yaqinda shariatpeshvo siymolar yo‘q. Botir firqa xotirjam bo‘ldi. Ung tirsagini skameyka ustiga tiradi. Yuzini o‘ng kaftiga qo‘ydi. Do‘mboq muslimalarga o‘ychan tikilib qoldi. Ma’yus tikilib qoldi. «Shularni yoshi, bo‘lsa, besh-oltilarda. Kechagina tug‘ilgan qizaloqlar, — dedi Botir firqa. — Aftidan, bular hali maktabniyam ko‘rmagan. Bular hali burniniyam artib olmagan. Nega endi, aynan shu bugun... shular ko‘zimga ko‘rinyapti?» Botir firqa o‘ylab qoldi. Go‘yo, tush ko‘rdi. Go‘yo, dunyoni endi ko‘rdi. Go‘yo... bir baloga yo‘liqtsi! Qomatini xiyol rostladi. Tomog‘ini qirdi. Boshini uyoq-buyoqqa qimirlatdi. O’ta jiddiy bo‘ldi. Endi, partiyaviy o‘yladi. Partiyaviy fikrladi: «Menimcha, bunday jajji muslimalarni ko‘p ko‘rgan bo‘lishim kerak. Ammo-lekin rahbarlik fe’lim qo‘zib... mayda-mayda odamchalarga e’tibor bermagan bo‘lishim kerak. Rahbarlik dimog‘im qo‘ymay... oyoq ostida o‘ralashib yurgan muslimachalarga qayrilib qaramagan bo‘lishim kerak. Yana-tag‘in, keksalik... bemalolxo‘jaligim ham qo‘shilib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling