Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
partiyaviy yondashish kerak, o‘rtoq Esonov, partiyaviy!»
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
partiyaviy yondashish kerak, o‘rtoq Esonov, partiyaviy!» Botir firqa ana shunday mulohazaga borgani uchun... o‘zini-o‘zi aybladi. «Padarla’nat, megajin! — deya so‘kindi Botir firqa. — O’zi, bular nima qilmoqchi? Uzbek xotin-qizlari yigirmanchi asr... boshiga qaytmoqchimi? Feodalizmga... feodalizmga qaytmoqchimi? Qaysi maqsad bilan feodalizmga qaytmoqchi? Musulmonchilikkami? Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 47 Eskicha urf-odatgami? Iffatgami? O’zbek xotin-qizlari... feodalizmda shunchalar musulmon edimi? O’zbek xotin-qizlari feodalizmda shunchalar... iffatli muslima edimi? O’zbek xotin-qizlari feodalizmda shunchalar... hur-erkin edimi?» Botir firqa... g‘oyasiz xayollarga bormaslik uchun tokchadan «KPSS programmasi»ni oldi. Yoniga qo‘ydi. KPSS programmasiga qarab-qarab ovqat yedi. KPSS programmasiga qarab-qarab choy ichdi. Kampiri Botir firqani bu qilig‘idan hayron bo‘lmadi. Aksincha, Botir firqani qo‘nglini olish yo‘lini qildi: KPSS programmasini silab-silab qo‘ydi. — Xo‘p binoyi qilasiz, rais bova, — dedi kampiri. — Qayta mutolaa ilmni onasi, ilmginani onasi! Botir firqa ma’qullab bosh irg‘adi. Baribir, oppoq narsalar xayolidan ketmadi. «Agar feodalizm zamonida bo‘lsa edi, Dilyaday ayollar... biror boyni yo o‘ninchi, yo o‘n beshinchi xotini bo‘lar edi, — dedi Botir firqa. — Dilyalar feodalizmda qaerda ishlar edi? Bu holi bilan... hech qaerga sig‘mas edi! Qaysi bir boyni kir-chirini yuvib kun ko‘rar edi. Oyog‘i buzuqlar... feodalizmga-da sig‘maydi! Bundaylar qaysi bir... fohishaxonalarda jon saqlar edi». — G’animat g‘arniki, deydilar, — dedi Botir firqa. — Labbay? — G’ar qarisa otin bo‘ladi! — KPSS programmasi ustida unday demang, rais bova. Botir" firqa xiyol bo‘lsa-da, o‘zini tiydi. KPSS programmasiga qarab-qarab bosh irg‘adi: — Chin aytasan, kampir, partiyaviy fikrlash kerak, partiyaviy, — dedi. Botir firqa kampiriga 8 mart yig‘ilishini aytib berdi. Oppoq-oppoq narsalarni aytib berdi. — Koshki, odamlar ularni kimligini bilmasa, — dedi Botir firqa. — Kaysi yuz bilan toat- ibodat qiladi? Odamda bet bo‘lsa! Or-nomus bo‘lsa! G’ar qarisa otin bo‘lib... Qur’ondan saboq berib o‘tiribdi. Olatlaringizni yuving, deydi! He, olating boshingdan qolsin! Olatingga... kuydirgi chiqsin! Botir firqa oppoq narsalarni... chaparastalab so‘kmokchi bo‘ldi. Yana-tag‘in... KPSS programmasini yuz-xotir etdi! 44 Lik etib qo‘zg‘oldi. Hovli aylandi: daraxtlarni ushlab-ushlab aylandi. Daraxt uchlariga qarab-qarab aylandi. Yer tupurib-er tupurib aylandi. «Namoz o‘qish uchun torgina burchak kerak. Xilvatgina burchak kerak, — dedi Botir firqa. — Namoz bir metrcha joyda o‘qiladi. Ha, yiqilib-turish uchun bir metrgina yer kerak. Besh-olti minutgina vaqg kerak. Axir, sovet davridayam tor burchaklar bor edi- ku? Sovet davridayam besh-olti minutlik vaqt bor edi-ku? Nega bular sovet davrida namoz o‘qimadi? Chin, kommunistik partiya namozga qarshi edi. Ammo-lekin KPSS shu namoz o‘qimasin deya... derazangdan mo‘ralab turmagan edi-ku? KPSS shu yotib- turmasin deya... oyoq-qo‘lingni ushlab turmagan edi-ku? KPSS shu namoz vaqtini bilolmay qolsin deya... bilagingdagi soatingni olib qo‘ymagan edi-ku? Namoz o‘qish uchun... tahorat olish lozim bo‘ladi. Axir, KPSS tahoratxonang tirqishidan mo‘ralab turmagan edi-ku, shu tahorat olmasin, deya? Tahorat — yuvinib-chayinish demak, halollanib-poklanish, demak. Axir KPSS tahoratxonangga kirib kelib... pok-halol bo‘lma, deya, zug‘um etib turmagan edi-ku? Chin, sovet tuzumini qusurlari ko‘p edi. Chin, sovet tuzumi ko‘p narsalarga qarshi edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling